Erishganlaringizni ko‘rgazmaga qo‘yishdan tortinmang
Yutuq yutuqning omilidir. Konsorsiumning yaratilguniga qadar qandaydir yutuqlar yoki afzalliklarni ko‘rsatishga harakat qiling. Bu esa siyosiy yoki moliyaviy ko‘mak olishga yordam beradi;
Intiluvchan bo‘ling va moliyalashtirish boshlanishini kutmasdan keng qamrovli yangi xizmat ko‘rsatish turlarini oldindan boshlash uchun harakat qiling;
Juda ham kam miqdordagi resurslarga ega bo‘lganingizda ham foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun uncha katta bo‘lmasa ham yangi imkoniyatlar topishga harakat qiling, bunga konsorsium tomonidan eng past bahoga erishilgan bo‘lsa ham, misol uchun, a’zolik badallari hisobiga konsorsium foydalanuvchilarini ma’lumotlar bazasidan foydalanishga o‘qitishni ta’minlash mumkin. Bu kabi ixtiyoriy yangi xizmat ko‘rsatish konsorsium tomonidan o‘qitiladi, uning nomi va emblemasi bo‘lib qoladi.
Yangi mablag‘ ajratishlari uchun murojaat qiling
Qo‘shimcha mablag‘lar olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqing. Konsorsium uchun mablag‘larni muvaffaqiyatli qidirishdagi yondashuvlar vositalar yig‘ishning boshqa ixtiyoriy ko‘rinishlaridan farq qilmaydi. Faqatgina kimga murojaat qilish kerak, qanday maqsadlarda va qancha mablag‘ so‘rashni aniqlab oling. Tor doirada qamalib qolmang: Kutubxonalar Konsorsiumining xalqaro koalitsiyasi (ICOLC) bilan birlashing.
Kutubxonalar Konsorsiumining xalqaro koalitsiyasi barcha qit’alarning 200 dan ortiq konsorsiumlaridan tashkil topgan bo‘lib, jahonning o‘n minglab kutubxonalarining manfaatlarini ifodalaydi. Bu rasmiy tashkilot a’zosi bo‘lish uchun ko‘p mablag‘ talab etilmaydi, lekin lokal konsorsiumlarga xalqaro tajriba va axborotlardan foydalanishdan foyda chiqarib olish imkonini beradi.
(ICOLC) litsenziyalash tartiblarining eskiz loyihasini, statistika yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa tavsiyalarni ishlab chiqdi. Bu tavsiyalar kutubxonachilar va nashriyotlar orasida e’tibor bilan foydalanildi.
Turli mamlakatlarning konsorsiumlari ICOLC da ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Buning uchun OhioLink ijrochi direktori Tom Sanvillga tom&ohiolink.edu elektron pochta orqali o‘z konsorsiumingiz nomi va URL (agar u bo‘lsa)ni elektron pochtangiz manzili va muloqot nomlari bilan jo‘nating. Shundan so‘ng sizning konsorsiumingiz ICOLC ro`yxatiga kiritiladi va WEB sahifada qayd etmasdan elektron pochta orqali ma’lumot olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |