Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Rahbarlik boshqarish va moliyalash


Download 1.96 Mb.
bet81/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Rahbarlik boshqarish va moliyalash
A’zolik. Biror-bir davlat konsorsiumining muxtor vakili bo‘lishi uchun bu davlat «o‘tish davri davlati» bo‘lishi kerak. Har bir a’zo-davlat bitta konsorsium yoki agentlik bilan qatnashadi. Har bir davlat konsorsiumi quyidagilarga javobgardir: EIFL tarmog‘i bilan aloqaga; texnik va statistik axborotlarni yig‘ishga; to‘lovlarni bajarilishiga; a’zo-kutubxonalar ehtiyojlarini birlashtirish; EIFL-tarmog‘i programmalarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish; a’zolarining o‘rganishini ta’minlash.
Boshqarish. EIFL tarmoq asosiy strategiyani aniqlovchi Bosh Assambleya tomonidan boshqariladi. Bosh Assambleya strategiya va moliyaviy masalalar uchun javobgarlikni tashkiliy maqsad va yo‘nalishlarni, siyosatni, kalendar rejalarni o‘rnatuvchi va umumiy harakat dasturi bilan ta’minlovchi saylangan boshqarmaga yuklaydi.
Bajaruvchi direktor. EIFL tarmoqning bajaruvchi direktori bu tarmoqni yuritish, uni boshqarish va rivojlantirish dastrurlari uchun mas’ul hisoblanuvchi asosiy administrator. U tashkilot tushumlarini boshqarma strategiyasiga mos holda va moliyaviy boshqarish uchun keng vakolatga ega. Bajaruvchi tarmoq shtatlari va maslahatchilar guruhini boshqaradi.
Review Strategy dasturi. Dastlab EIFL tarmoq uch yillik tarqaluvchi programma sifatida o‘rnatiladi va ikkinchi yilning yakunida programma yutuqlarining darajasini aniqlash hamda uning uzluksiz, uzoq yillar faoliyat ko‘rsatishi baholanadi.
Tushumlar. EIFL tarmoqni o‘z-o‘zini ta’minlovchi tashkilot sifatida shakllantirish uzoq yillik maqsad hisoblanadi. Boshlang‘ich uch yil davomida moliyaviy ko‘mak boshqa imkoniyati yetarli manbalardan va a’zolik to‘lovlardan qo‘shimcha moliyalash bilan birgalikda asosan Soros jamg‘armasidan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi va O‘zbekiston Kutubxonalar Assotsiatsiyasi dunyoda birinchilardan bo‘lib faol harakat qilib, 2001-yil konsorsiumga a’zo bo‘ldi. «Ustoz» jamg‘armasi, YUNESKO, Xalqaro bank, TEMPUS loyihasi, OO‘MTV, TATU va boshqa tashkilotlar ko‘magida konsorsium dasturlari respublikada mashhur bo‘lib, 84 ta Axborot-kutubxona muassasalari uning a’zosiga aylandi. 2010-yildan davlat O‘zbekiston Milliy kutubxonasining talabini qo‘llab-quvvatlab, har yillik registratsiya badallarini to‘lab kelmoqda. 2009-yildan e’tiboran O‘zbekistonda har yili dunyoning mashhur Springer, EBSCO Information Services, OUP, ProQuest kabi noshirlik kompaniyalari bilan hamkorlikda «ELEKTRON KUTUBXONA TARMOQLARIDA ILMIY-TA’LIMIY AXBOROTLAR YАRATISН VA ULARDAN FOYDALANISН TEXNOLOGIYАLARI» nomli ilmiy-metodik seminar o‘tkazilib, xalqaro EIFL konsorsiumi Bosh Assambleyasida muhokama etilgan yangi resurslar, texnologiyalar, usullar borasida taqdimotlar o‘tkaziladi.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling