Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva
Ochiq foydalanishning asosiy afzalliklari nimada?
Download 1.96 Mb.
|
JAHON-AXBOROTRESURSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- National Institutes of Health ( NIH)
Ochiq foydalanishning asosiy afzalliklari nimada?
1.Ilmiy tadqiqotlar haqida xabardorlik 10 va 100 martagacha oshadi. Ochiq kirishda maqolalar qancha ko‘p bo‘lsa, demak shunchalik ko‘p olimlar repozitariy yoki ochiq jurnallardan foydalanadi. Demak, publikatsiyalar, ulardan sitatalar keltirish va ularning barchasi orasidagi interval qisqaradi. Bu esa ulardan xabardorlik darajasini oshiradi. 2.Tadqiqotlarning takrorlanishidan qochishga yordam beradi. Tadqiqotchilar yoki ularning ish beruvchilari izlanishlarning foydasizligini payqab qolishsa, tadqiqotlar yo‘nalishini o‘z vaqtida o‘zgartirishlari mumkin. 3.Ilmiy kooperatsiya oshadi. Fanlararo tadqiqotlar uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Oxirgi paytlarda ochiq kirishda va kommunikatsiya vositalari tufayli xalqaro ko‘lamli qo‘shma loyihalar soni keskin oshib ketdi. Maqolalar mualliflari faol ilmiy va axborot almashinuvida ishtirok etib, o‘z nashrlaridan foyda oladilar. Tanlangan fan va unga yaqin sohalar bo‘yicha katta hajmdagi bilimlar taqqoslanishi hisobiga tadqiqotlarning sifati oshadi. Yanada kengroq kontekstda ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi. 4.Ta’lim yanada sifatliroq bo‘ladi. Ochiq resurslarga kirish bilimlar chegarasini kengaytiradi, yangi bilimlar anchayin qisqa vaqt ichida egallanadi. Shu bois, bundan rivojlanayotgan mamlakatlarning olimlari, tadqiqotchilari, o‘qituvchi va talabalari alohida foyda ko‘radilar. Zero ular G‘arb mamlakatlarining qimmatli ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatiga ega emaslar. Ochiq resurslarga kirishning turli shakllari mavjud. Masalan, ochiq litsenziyalar, jumladan, Creative Commons Attribution litsenziyasi tekin ochiq kirish va nashrga imkon beradi. Bu «Gold Open Access» strategiyasi sifatida barchaga ma’lum. Ayrimlar nashr mualliflaridan o‘z ishlari uchun to‘lov talab qilishadi. Qolganlar faqat ko‘ngillilar faoliyatiga suyanishadi. Ayrim jurnallar OD jurnallari jumlasiga kirmasada, lekin ular maqola mualliflariga chop ettirayotgan maqolalarining nusxalarini institut arxivida saqlashga ruxsat beradilar. Bu strategiya «Green Open Access» deb ataladi. Bunday tipdagi jurnallar mualliflarga o‘z ishlarini Ijtimoiy ilmiy tadqiqot tarmog‘i (http://www.ssrn.com), O‘z-o‘zini arxivatsiyalash bo‘yicha mualliflik huquqi siyosati jurnali, Sherpa RoMEO (http://www.sherpa.ac.uk/romeo/) kabi ijtimoiy ixtisoslashtirilgan arxivlarda saqlash huquqini beradi. Ko‘pgina jurnallar mualliflarga hali chop etilmagan maqolalarini erkin foydalanish arxivlarida saqlash huquqini beradi. AQSHdagi eng katta U.S. National Institutes of Health (NIH) fondining bu boradagi yechimlari diqqatga sazovor bo‘lib, uning yillik budjeti 28.9 milliard amerika dollarini tashkil qiladi. NIH tomonidan moliyalashtiriluvchi tadqiqotlar haqidagi maqolalar chop etilgandan keyin 12 oydan kechiktirilmay ODga hamda taqriz beruvchi jurnallarga joylashtirilishi kerak. Garvard universitetining Arts and Sciences fakultetida ochiq nashrlarga nisbatan alohida talablar qo‘yilgan: xodimlar jurnalga bergan maqolalaridan nusxasini institutsional repozitariyga depozit qilishlari zarur. mazur maqolalarga Internet orqali ochiq kirish huquqi avtomatik ravishda universitetga o‘tkaziladi va universitet litsenziyasi beriladi. Xodimlarning o‘zlari ham tadqiqot natijalari zudlik bilan tarqalishini istaydilar. Xitoyda ochiq jurnallar www.oaj.cas.cn repozitoriysi Fanlar Akademiyasi va Milliy ilmiy kutubxona tomonidan homiylikka olingan. U 105 ta jurnal, 426000 dan ortiq maqolaga ega va aholini ilmiy yagiliklar, anjumanlar, islohotlar va boshqa yangilik hamda ma’lumotlar bilan ta’minlab turadi. Milliy ilmiy kutubxona shuningdek http://www.open-access.net.cn/ ochiq foydalanish portalini qo‘llab-quvvatlab turadi. Ochiq foydalanish Jurnallar Direktoriysi (http://www.doaj.org) 6000 ga yaqin ilmiy va ma’rifiy to‘la matnli jurnallarni o‘z ichiga oladi. Boshqa ommabop ilmiy-marifiy resurslarga quyidagi saytlar orqali kirish mumkin: http://www.opendoar.org/ http://www.base-search.net/ http://cnx.org/ http://ocw.mit.edu/index.htm https://www.khanacademy.org/ https://p2pu.org/en/ http://www.jorum.ac.uk/ http://www.merlot.org/merlot/index.htm http://www.ndlr.ie/ http://www.ocwconsortium.org/ http://www.oercommons.org/ http://www.open.edu/openlearn/ http://videolectures.net/ Uch dastur - HINARI (Health InterNetwork Access to Research Initiative – sog‘liqni saqlash sohasi uchun), AGORA (Access to Global Online Research in Agriculture – qishloq xo‘jaligi sohasida) va OARE (Online Access to Research in the Environment - atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha) 100 dan ortiq rivojlanayotgan mamalakatlar uchun sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni himoya qilish sohalarining elektron ilmiy-marifiy resurslarga ochiq kirish imkoniyatini ta’minlaydi. Har uchala dastur ham 2015-yilgacha o‘z xizmatlarini ko‘rsatish majburiyatni olganlar. HEALTH INTERNETWORK ACCESS TO RESEARCH INITIATIVE [http://www.who.int/hinari] Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (World Health Organization (WHO) tomonidan Yale universiteti kutubxonasining texnik ko‘magi yordamida rivojlanayotgan mamlakatlarga biotibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi adabiyotlarning ulkan kolleksiyalariga kirish imkoniyatini ta’minlab berish maqsadida tashkil etildi. U asosan 107 ta rivojlanayotgan mamlakat tibbiyot xodimlari uchun nodir materallar sifatida xizmat qiladigan 3750 dan ortiq jurnallar nomlaridan iborat. AGORA (ACCESS TO GLOBAL ONLINE RESEARCH IN AGRICULTURE) [http://www.aginternetwork.org] BMTning Ovqatlanish va Qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan Cornell universiteti va Mann kutubxonasi hamda yirik nashriyotchilar hamkorlikda 2003-yili 107 ta rivojlanayotgan mamlakatni ovqatlanish, qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit, ijtimoiy fanlar bo‘yicha adabiyotlar (958 jurnal nomlari) bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi. OARE (ONLINE ACCESS TO RESEARCH IN THE ENVIRONMENT) [http://www.oaresciences.org], 2006-yilda ta’sis etilgan xalqaro konsorsium BMTning (UNEP) atrof-muhit bo‘yicha dasturi, u Yale universiteti kutubxonasi va Forestry and Environmental Studies maktabi hamda ilmiy va texnik adabiyotlarning yetakchi nashriyotchilari bilan birgalikda tuzildi. Dastur 2006-yildan buyon 70 mamlakat uchun 1300 ilmiy jurnallardan foydalanish imkonini beradi. 2008-yildan yana 37 mamlakat uning obunasiga qo‘shildi. http://Arxiv.Org/ portali fizika, matematika, kompyuter fanlari, miqdoriy biologiya va statistika kabi sohalar bo‘yicha 490000 maqolaga ochiq kirish imkoniyatnini ta’minlaydi. Barchaga ma’lum Astrophysical Journal oynomasidagi 72% maqola ochiq arxivlarda chop etilgan (asosan Arxivda). Shunisi qiziqki, ana shu 72% maqolalar qolgan 28% iga qaraganda, o‘rta hisobda ikki baravar ko‘proq havolalar keltirilar ekan. Ularning to‘liq matnli versiyalari ochiq kirish imkoniyatiga ega emas. Arxivda ochiq kirishda turgan yadro fizikasi sohasidagi 32% maqolalardan havola keltirishlar 78% ni tashkil qiladi. SOAP (Study of Open Access Publishing) loyihasi bo‘yicha Yevrokomissiyaning Yettinchi Ramkali Dasturi 2009-yildan 2011-yilning fevraligacha ilmiy-ma’rifiy resurslarga ochiq kirishning foydasi va muammolari haqida tadqiqotlar olib bordi. Bunda 40000 yaqin tadqiqotchilar (ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, aspirantlar va h.k.) so‘rovdan o‘tkazildi. So‘rovnoma 23 masala bo‘yicha maxsus Survey Monkey tools dasturi orqali onlayn amalga oshirildi. Ochiq foydalanish (Open Access - OA)ning qaysi ko‘rsatkichidan ko‘proq foyda bo‘ladi degan savolga, 36% respondent ilmiy kooperatsiya, xalqaro ma’lumotlar almashinuvidan deb javob berishdi. Shulardan 20%i moliyaviy yechimlar, OAning arzonligidan, qimmatli ilmiy-ma’rifiy axborotni tekin olish imkoniyatidan ko‘proq foyda bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi. 18% respondent OAning muhim belgilaridan biri – bu OAdan «ijtimoiy ne’matlar» (общественные блага)ni taqdim etish, ya’ni mamlakatlar va ijtimoiy qatlamlarning resurslarga teng huquqli kirish imkoniyatini bera olishi deb e’tirof etdilar. So‘ralganlarning 10%, ya’ni individumlar, tadqiqotchilar OAda o‘z materiallarini e’lon qilishdan foyda ko‘radiganlar bo‘lib, ularning ishlari ommabop bo‘lgani bois, ulardan tez-tez sitatalar keltirishadi, turli loyihalarda ishtirok etganliklari uchun ma’lum bonuslarga ega bo‘lishadi. 9% respondent fikricha, OAga har qanday joyda, agar u onlayn bo‘lsa, kerakli ochiq axborotga maxsus ruxsatlarsiz yoki ma’lumotlarni olish uchun maxsus muassasalarga bormasdan ega bo‘lish mumkin va aynan shunda OAdan ko‘proq foyda bo‘ladi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling