Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva
Download 1.96 Mb.
|
JAHON-AXBOROTRESURSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limda jahon axborot resurslari
OA publikatsiyalar yo‘lida qanday to‘siqlar mavjud? Bu savolga turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha quyidagicha javob berishdi: so‘ralganlarning 39%i asosiy sabab nashrlardan olinadigan past darajadagi moliyaviy foydada, oliygohlar, ITI va boshqa tashkilotlarninig OAdagi nashrlar uchun yetarli darajada mablag‘ ajratmasliklarida deb hisoblaydilar. Respondentlarning 30%i OA jurnallari odatda pulga beriladigan nufuzli jurnallar kabi obro‘ga ega emas, deya hisoblaydilar. So‘ralganlarning 8%i ularning maqolalari OAda chop etilishiga ishonmaydilar, ularda bunday tajriba yo‘q yoki ularning sohalari bo‘yicha OA jurnallari mavjud emas, deydilar. 7% respondentning OA oynomalari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmaganligi tufayli OAda nashr qilish qiyin, deya fikrlaydilar. Respondentlarning 4%i maqolalalarini bir xil oynomalarda chop ettirishlarini va bu, odatga aylanganini hamda bu holning o‘zgarishini istamasliklarini ta’kidlab o‘tdilar. 2% so‘ralganlar kelgusida o‘z maqolalalrini OAda e’lon qilishlarini bildirishdi, 10%i esa boshqa sabablarni keltirishdi.
Ochiq nashrlar uchun moliyalash manbalari ham muhim ko‘rsatkichlardan biri. 28% respondentlarning ta’kidlashicha, ularning tadqiqot xarajatlariga (grantlar, maxsus subsidiyalar, xo‘jalik shartnomalari va h.k.) bunday maqolalar qo‘shib smetaga kiritilgan. 31% respondentlar ajratilgan xarajatlarning bir qismini OAda chop etish uchun maxsus mo‘ljallanmagan tadqiqotlarga sarf etganliklarini e’tirof etganlar. So‘ralganlarning 24%i nashrlari uchun xarajatlarni institutlari to‘laganligini aytganlar. 12% respondentlarning ta’kidlashicha, ularning OAdagi nashr – ularining tashabbusi va shaxsiy harajatlari hisobidandir. 5% respondentlar boshqa sabablarni ko‘rsatishgan. Tahlildan yana shu ham ma’lum bo‘ldiki, hozircha barcha nashrlardan faqat 8 - 10%igina OA jurnallaridagi ilmiy jurnallarda e’lon qilinar ekan xolos. Ta’limda jahon axborot resurslari Ta’lim tizimi – O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O‘zbekistonda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish istiqbollaridan biri - ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish, jahon axborot resurslaridan foydalanish sifatini yanada oshirishdir. Jahon ta’lim sohasida ko‘plab islohatlar olib borilmoqda. Turli xil masofaviy ta’lim tizimlarining joriy qilinishi, elektron ta’lim resurslari, shu jumladan, ochiq elektron ta’limiy resurslarning taqdim etilishi, shubhasiz, jahon ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. 2001-yil jahon miqyosida ochiq ta’limiy resurslar Massachusetc texnologik institutining (MIT) Open Source Ware1 loyihasi orqali yoyildi. Buning natijasida «ochiq kontent», «ochiq ta’limiy kontent», «ochiq ta’limiy resurslar», «ochiq ta’lim texnologiyalari» kabi bir qator tushunchalar adabiyotlarda, virtual va real bahslarda uchray boshladi. Biroq, bugungi kunda keng tarqalgan «ochiq ta’limiy resurslar» atamasi, 2002-yil YUNESKO tomonidan tashkil etilgan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ochiq ta’lim tizimlari Xalqaro Forumida qo‘llanildi. Bu Forumning maqsadi foydalanuvchilarga ochiq resurslardan qanday foydalanishni targ‘ib etishdan iborat edi. 2010-yildan boshlab ochiq resurslar ingliz tilida so‘zlashmaydigan boshqa mamlakatlar orasida ham keng targ‘ib etila boshlandi. Ochiq ta’limiy resurslar – bu erkin foydalanish uchun ochiq yoki litsenziyalangan, lekin erkin foydalanish, qayta ishlash ruxsat etilgan o‘quv yoki ilmiy resurslardir2. Ochiq resurslar o‘zida turli xildagi ma’lumotlarni mujassamlashtirgan bo‘ladi. Ochiq elektron resurslar tashkil etilgan tizimda undan qanday foydalanish, qidirish, resurslarni qanday olish mumkinligi batafsil yoritilgan bo‘lishi lozim. Quyida axborot resurslarining bozor ko‘rsatkichlarini keltirib o‘tamiz. Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim resurslarining ahamiyati tobora oshib bormoqda (5-rasm). Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling