Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva
Download 1.96 Mb.
|
JAHON-AXBOROTRESURSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonda ochiq resruslardan foydalanish
14-rasm. SpringerOpen interfeysi.
Shu o‘rinda EIFL konsorsiumining Open Access dasturida ish olib borayotgan ijrochilarining ham ochiq elektron resurslarni yaratish va foydalanish uchun taqdim etishdagi olib borayotgan ishlari e’tiborga molik. Bu global tadbir SPARC tomonidan 2008-yilda tashkil etilgan. EIFL ochiq imkoniyat dasturi kutubxonalarni EIFL tizimidagi ochiq imkoniyat haftaligi tadbirida qatnashishga chorlaydi. Bu global miqyosdagi tadbirga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi. Har yili butun dunyo bo‘ylab kutubxonalar ushbu haftalikda ishtirok etadilar. Ochiq imkoniyat bu tezkor onlayn rejimdagi bepul va cheklanmagan dastur bo‘lib, u tadqiqotchilarning rivojlanishidagi to‘siqlarning aniq yechimidir, bu rivojlanayotgan mamlakatlardagi kishilar hayotini yaxshilash imkoniyatini yaratadi. Yuqorida ochiq ta’limiy resurslar imkon qadar tahlil etilib, ularning ma’lum bir fan yoki tarmoq bo‘yicha mustaqil bilim olish, o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati, imkoniyatlari yoritildi. Ochiq ta’limiy resurslardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lish, xalqaro darajada ta’lim olish imkoniyatlarining o‘sishiga, ta’lim sifatini oshishiga, bu orqali sohalar rivoji, mamlakat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Bugungi kunda mutaxassislar oldida turgan dolzarb vazifalardan biri – mazkur jahon ta’limiy resurslarini imkon qadar keng yoritish, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini targ‘ib etishdan iboratdir. Shunungdek, axborot kutubxona katalogi va fondi moduli doirasida qo‘llashni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda ochiq resruslardan foydalanish O‘zbekistonda ochiq foydalanish harakati 2000-yillarning boshlarida boshlangan. Ilmiy, ta’lim muassasalari va kutubxonalarning veb-saytlari va portallarini yaratish Internetda turli sohalardagi yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni berib borish uchun muhim turtki bo‘ldi. Davlat ochiq depozitoriylar, ilmiy-ma’rifiy portallarni rivojlantirishga har tomonlama yordam bermoqda. Bu borada www.ziyonet.uz portali diqqatga sazovor. Uning maqsadi – aholini ham Internet, ham Intranet tarmog‘i orqali ochiq foydalanish uchun ilmiy va ma’rifiy resurslar bilan ta’minlashdan iborat. Bugungi kunga kelib ularning ma’lumotlar bazasi ma’ruzalar matni, avtoreferatlar, metodik va o‘quv qo‘llanmalar, laboratoriya ishlari, dissertatsiyalar, referatlar va darsliklar ko‘rinishidagi 20 mingdan ortiq hujjatlarni o‘z ichiga olgan. Portaldagi adabiyotlar nafaqat talaba, abiturient va o‘qituvchilar, balki axborot resurslariga ehtiyoji bo‘lgan boshqa fuqarolar uchun ham foydali qo‘llanmalar sifatida xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari, vazirliklar, jumladan Xalq Ta’limi vazirligining o‘quv va o‘quv-metodik muassasalari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining universitetlari, kollejlari portalning asosiy axboot manbalari hisoblanadi. Resursni kiritish yoki yuklab olish uchun www.ziyonet.uz. portalida avtorizatsiyadan o‘tish talab etiladi. Respublikaning o‘quv muassasalari muntazam ravishda portalga o‘z materiallarini kiritadilar. O‘z ma’lumotlarini kiritishdan avval hujjatlar maxsus ekspertizadan o‘tkaziladi va muassasaning Ilmiy kengashida tasdiqlanadi va shu qatorda material mazmuni uchun ma’sul hisoblanadilar. ZiyoNetdan tashqari respublikada erkin foydalanish uchun o‘z nashrlarini berib borish imkoniyatiga ega yana boshqa ko‘pgina tashkilotlar, kutubxonalar va ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalari mavjud. O‘zbekiston milliy kutubxonasining www.natlib.uz sayti axborot va kutubxona mavzulari bo‘yicha eng qiziqarli maqolalarni yig‘adi va chop etib boradi. Hozirgi paytda Hukumat tomonidan qabul qilingan dasturlar va direktivalar respublika axborot-kutubxona tarmog‘ining rivojlanishini sezilarli darajada kuchaytirmoqda. Axborot-kutubxona muassasalarining integratsiyasi bevosita yangi repozitoriylar va ma’lumotlar bazasini yaratishga olib keladi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling