Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva
Download 1.96 Mb.
|
JAHON-AXBOROTRESURSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. O‘ZBEKISTONNING JAHONDA TAN OLINGAN ILMIY–TA’LIMIY RESURSLARI
Nazorat savollari:
«Ochiq resurslar» tushunchasiga ta’rif bering. Ochiq nashrlarning qanday imtiyozlari mavjud? «Erkin foydalanish» harakatining maqsadi nima? Ochiq resurslarning qaysi manbalarini bilasiz? Ochiq jurnallarda maqolalarni chop etish jarayonida hisobga olish lozim bo‘lgan muhim faktorlarni sanab o‘ting. Open Access nashrlaridagi to‘siqlar qanday? Nima uchun ilmiy ishlarni ochiq foydalanishga taqdim etilganda ilmiy hamkorlik va ilmiy tadqiqotlar sifati oshadi? Ochiq jurnallardagi ilmiy maqolalarni taqrizlash jarayoni qanday amalga oshiriladi? Ilmiy-ta’limiy resurslardan erkin foydalanish imkonini beradigan qanday jahon manbalarini bilasiz? Ochiq nashrlarning kamchiligi va afzalligi nimada? O‘zbekistonning qanday ochiq va ilmiy-ta’limiy resurslarini bilasiz? 6. O‘ZBEKISTONNING JAHONDA TAN OLINGAN ILMIY–TA’LIMIY RESURSLARI Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llash uchun tahliliy axborot tizimi Quyida O‘zbekistonning axborot-kutubxona, o‘quv va ilmiy muassasalarda yaratilayotgan ayrim eng muhim ilmiy-ma’rifiy ma’lumotlar manbalarining xarakteristikalari keltirilgan. Ular O‘rta Osiyoning tarixiy merosini o‘rganishda zarur bo‘lgan noyob nashrlar hamda o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlarda foydalaniladigan zamonaviy manbalarni o‘z ichiga olgan. Mazkur elektron ilmiy-ma’rifiy resurslar faqat respublikada ishlatilmaydi, ular dunyo miqyosida ham katta ahamiyatga ega. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondidagi noyob nashrlar orasida dunyoda yagona bo‘lgan 54 tomdan iborat «Umuman O‘rta Osiyo va xususan Turkiston o‘lkasiga taalluqli asarlar va maqolalar to‘plami» «Туркестанский сборник сочинений и статей, относящихся к Средней Азии вообще и Туркестанскому краю в особенности» deb ataluvchi bosma materiallar to‘plami saqlanadi. To‘plam Turkiston o‘lkasi general gubernatori Kaufman buyrug‘i bilan Turkiston xalq kutubxonasida 1870-yildan tuzila boshlangan (hozirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida). To‘plam kitoblar, jurnal va gazetalardan qirqib olingan bo‘laklar, xaritalar, rasmlar, diagrammalar, rejalar va chizmalar ko‘rinishidagi 10710 nomlanishdan iborat nashrlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi paytda to‘plam kutubxona kitobxonlari ochiq foydalana olishlari uchun raqamlashtirilgan. Mazkur material muhim xalqaro ahamiyatga ega, chunki u XIX asr oxiri va XX boshlaridagi O‘rta Osiyo, Rossiya, Qozog‘iston, G‘arbiy Xitoy, Hindiston, Eron, Afg‘oniston mamlakatlari taraqqiyoti haqida bebaho ma’lumotlar olish imkonini beradi. Hujjatlar o‘sha davr ilm-fani, iqtisodi va ta’limi haqidagi kamyob ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. To‘plam etnografiya bo‘yicha yaxshi saqlanib qolgan XIX asr fotosur`atlari bilan to‘ldirilgan hujjatlarning nodir fondiga ega. Fotosur`atlarda shu o‘lkada yashagan turli millatga mansub kishilarning qiyofalari, kiyimlari, turmush tarzi aks ettirilgan. Me’morchilik obidalari, binolar, inshootlar tasvirlangan fotosuratlar ham bor. Ular o‘sha davrning mayishiy hayoti, me’morchilik tarixini o‘rganishda ham muhim ahamiyatga kasb etadi. To‘plam o‘lka hayotini batafsil, barcha ikir-chikirlarigacha, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot holati bilan ishlab chiqarish kuchlari, boy resurslaridan tortib, o‘lkada istiqomat qiluvchi xalqlarning tarixiy o‘tmishi, turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari harbiy voqealar, istilolar va xaloskorlik urushlarigacha o‘rganish hamda mashhur geograflar, etnograflar, tarixchilarning, jumladan N.M. Prjevalskiy, I.V. Mushketov, N.A. Seversov. N.A. Maev, V.F. Oshanin, A.P. Fedchenko va boshqalarning tadqiqotlari va ilmiy ekspeditsiyalarining yozma materiallari bilan tanishish imkonini beradi. To‘plamni o‘rganish XIX asr oxiri va XX boshlaridagi Sharq taraqqiyotining muhim bosqichlari va tamoyillarini tushunishga yordam beradi. To‘plamda keltirlgan ma’lumotlar O‘rta Osiyo va unga qo‘shni mamlakatlarni o‘rganishdagi noma’lum jihatlarni to‘ldirishi mumkin. Hozirgi paytda O‘zbekiston Milliy Kutubxonasida respublikada himoya qilingan dissertatsion tadqiqotlar va mustaqillik yillarida nashr etilgan oynoma, gazetalar va h.k.ning turli ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda. Manba: www.natlib.uz. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling