5-rasm. Axborot resurslari bozori statistikasi.
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda ochiq elektron resurslar mavjud. Ular ta’lim tizimi va boshqa sohalar rivojida ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Ochiq elektron resurslar taqdim etuvchi quyidagi tizimlarni keltirib o‘tamiz:
OPEN (Open Access Publishing in European Networks) - bu tizim turli fan sohalari bo‘yicha, ya’ni, sotsiologiya, gumanitar fanlar, iqtisod, moliya, menejment, matematika, til, geografiya va boshqa sohalar bo‘yicha 1600 dan ortiq elektron kitoblarning PDF formatlarini taqdim etadi. Ma’lumotlarni faqat ingliz tilida olish mumkin.
6-rasm. OPEN sayti interfeysi.
DOAB (Directory of open access books) - ochiq foydalanishga taqdim etilgan to‘liq matnli kitoblar katalogi. Bugungi kunda DOABga 50 dan ortiq nashriyotlar o‘zlarining 1410 dan ziyod kitoblarini joylashtirganlar. Ma’lumotlar ingliz tilida taqdim etilgan.
7-rasm. DOAB sayti interfeysi.
DOAJ (Directory of Open Access Journals) - bu litsenziyali jurnallarni ochiq taqdim etuvchi va ularni indekslovchi onlayn platforma hisoblanadi. DOAJ orqali jahondagi ko‘pgina ilmiy jurnallardan foydalanish imkoniyatiga egamiz. DOAJ tarkibiga bugungi kunda 134 mamlakatdan 10000ga yaqin jurnallar va 2 mln.ga yaqin maqolalar kiritilgan.
8-rasm. DOAJ sayti interfeysi.
KiberLeninka - ilmiy elektron kutubxona. Unda asosan ilmiy jurnallar, maqolalar joylashtirilgan. Bu ochiq tizim mualliflar huquqini Creative Commons Attribution (CC-BY) litsenziyasi asosida himoya qiladi. KiberLeninkada 173 ta ilmiy jurnal, 97 ta OAK tasdig‘idan o‘tgan jurnallar, 82000 dan ortiq maqolalar mavjud.
9-rasm. KiberLeninka sayti interfeysi.
ROAD – 2013-yil dekabr oyidan ishlay boshlagan ochiq ilmiy resurslar katalogi. ROAD o‘zida jurnallar, konferensiya materiallari, monografiyalarni mujassamlashtirgan. Resurslarning ko‘p qismini ilmiy tadqiqot ishlari tashkil etgani uchun ROADdan asosan taqiqotchilar, olimlar foydalanadilar.
DSpace@MIT - Massachusets texnologiya instituti ochiq resurslari. Unda 60000 dan ortiq maqolalar, dissertatsiyalar va boshqa sohalar bo‘yicha resurslar ochiq foydalanishga qo‘yilgan. Ma’lumot bazalarining ko‘p qismi matematika, fizika va kompyuter texnologiyalariga oiddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |