Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Zirh qoplamlari. Odatda yer ostiga yotqizilgan optik kabellarni tuproq bilan 
ko‘mishda hosil bo‘luvchi bosimdan muxofazalash uchun zirx qoplamlari qo‘llanadi 
Zirx qoplamlari odatda po‘lat simlardan iborat bo‘ladi ammo oxirgi paytda zirx 
qoplami uchun ingichka po‘lat sim to‘qimalaridan va aramid ip to‘qimalari yoki 
kuchlantiruvchi shisha tolalaridan iborat bo‘lgan plastmassa tasmalar qo‘llanadi. Suv 
osti kabellarining zirx qoplami ikki qavat zirx qatlami rux bilan qoplangan po‘lat 
simlardan yoki zanglamaydigan po‘lat simlardan tayyorlanadi. 
Gidrofob to‘ldirgichlar. Optik kabellarni tashqaridagi ochiq joylarda yotqizishda 
optik tolalarni ichiga suv kirib ketishidan muhofazalash uchun gidrofob to‘ldirgichlar 
qo‘llanadi. Muhofazalashning usullaridan biri jele yoki gel ko‘rinishidagi gidrofob 
to‘ldirgichlarni qo‘llashdan iborat. Odatda bunday kompaund kabel o‘zagi ichiga 
65…70°S haroratda bosim ostida kiritiladi. 
Kabel o‘zagi ichiga suv kirib ketishidan muhofazalash uchun nam tegishi bilan 
shishib ketuvchi kukunlar, tasmalar yoki iplar qo‘llanadi. Kukunni kabel o‘zagi ichiga 
kiritilsa, tasma va iplar esa optik tolalardan iborat bo‘lgan element ustiga yoki kabel 
o‘zagi ustiga o‘raladi. O‘ralgan muhofazalovchi qurilmalar nam tegishi bilan butun 
hajmi bo‘yicha shishib ketadi va optik kabelning butun bo‘shlig‘ini suv yoki namlik 
kirib bormasligi uchun to‘ldirib boradi.
6.2. Turli joylarda qo‘llanuvchi optik kabellarning tuzilishlari.
 
Optik kabelning konstruktiv tuzilishida kabellarning yotqizilishi va ekspluatasiya 
qilish sharoiti albatta e’tiborga olinadi. 
Yer osti kabellari. Hozirgi zamon optik kabellarining yotqizilishida kabel 
yotqizgichlar yordamida yoki oldindan tayyorlangan transheyalarga yotqizilib, ular 
kabelni har qanday yuklamalardan muhofazalashni talab etmaydi. Ammo ekspluatasiya 
sharoitida optik kabelni vertikal ravishda ko‘miladigan tuproq bosadi. Bundan tashqari 
agar optik kabel avtomobil harakatlanuvchi yo‘lning tagiga yotqizilgan bo‘lsa, u holda 
yotqizilgan kabelga harakatlanuvchi avtotransport bosimi ham qo‘shimcha ravishda 
bosadi. 


Optik kabelni o‘rab turuvchi muhit haroratini o‘zgarishi o‘z navbatida mexanik 
ta’sirlarga sabab bo‘ladi. Optik kabelga tuproq tomonidan turli haroratning chiziqlik 
kengayishi hisobiga tashqi kuch ta’sir etadi, bu esa kabelni o‘zida ko‘ndalang 
strukturaning bir jinsli bo‘lmaganligi hisobiga ichki kuchlanish hosil bo‘ladi. 
Optik kabelga shuningdek tuproq qa’ridagi turli xil ximiyaviy agressiv 
aralashmalar va namlik ta’sir ko‘rsatadi va u optik kabelning xizmat ko‘rsatish 
muddatini va mustahkamligini chegaralaydigan asosiy faktor bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilgan ekspluatasiya sharoitlari yer ostida yotqiziluvchi optik 
kabellarning konstruktiv tuzilishini aniqlab beradi, bular: optik tolaning bemalol 
joylanishi optik tolaning spiral oraliqlariga yoki modullarini gidrofob kompaundlar yoki 
boshqa muhofazalovchi qoplamalar va to‘qimalar yoki zirx qoplami yordamida optik 
tolalarni to‘ldirish yo‘li bilan germitizasiya qilinadi 6.4-rasmda ko‘plab ravishda 
qo‘llanuvchi yer osti optik kabelning konstruktiv tuzilishi keltirilgan. Kabelning bir 
qancha konstruktiv elementlari metal elementlarsiz bo‘lishi mumkin.
6.4-rasm. Yer osti optik kabelining ko‘ndalang kesimi yuzasi: 1-markaziy 
kuchlantiruvchi element ; 2- optik tola; 3- optik modul; 4-muhofazalovchi qobiq; 
5-gidrofob kompaund; 6-zirx qoplami; 7-tashqi qobiq. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling