Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


 Liniya regeneratorlarini joylashtirish


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
8. Liniya regeneratorlarini joylashtirish
 
 
Kattadan katta uzunlikdagi liniya tarmoqlari uchun terminal multipleksorlar – TM 
orasidagi masofa tolali optik kabellarning ruxsat etiladigan maksimal so‘nish nuqtai 
nazaridan tavsiya etiladigan masofadan ortiq bo‘lishi mumkin. Bunday holatda liniya 
traktidagi multipleksorlar orasida so‘nib boruvchi optik signalni qayta tiklash uchun 
(regenerasiya uchun) regeneratorlar joylashtiriladi.
Kattadan katta masofalardagi SDH tarmog‘ini bir qancha seksiyalar ketma ket 
ravishda ulangan ko‘rinishda bo‘lib, u ITU-T G.957 va G.958 tavsiyalariga javob 
beradi. 
Uchta turdagi standartlashtirilgan uchastka (seksiya) mavjud: 
- optik seksiya – elektro-optik o‘zgartirish nuqtasidan opto-
elektron o‘zgartirish nuqtasigacha bo‘lgan seksiya; 
- multipleksorlashtirish uchastka; 
- regenerasiya seksiya (8.1-rasm). 
8.1-rasm. Katta masofadagi SDH tarmog‘i va uning segmentlari. 


Optik seksiya uzunliklar bo‘yicha normallashtiriladi va unda uchta kategoriya 
ajratiladi. 
I(inside) – stansiya ichidagi seksiya, uzunligi 2 km gacha; 
S(short) – kichik stansiyalararo seksiya, uzunligi 15 km; 
L(long) – uzun stansiyalararo seksiya, uzunligi 40 km (1330 nm to‘lqin uzunlikda) 
va uzunligi 80 km (1550 nm to‘lqin uzunlikda). 
Marshrut va multipleksorlashtirish seksiya odatda transport tugunlari 
(multipleksorlar orasi) orasidagi trakt uchastkasi bo‘lib, u avtomatik ravishda tarmoq 
boshqaruvi yordamida boshqariladi. 
Regenerasiya seksiyasi odatda ikkita regneratorlar orasidagi yoki regenertor va 
tarmoqning boshqa elementi (multipleksor, kommutator) orasidagi trakt uchastkasi. 
Regenerasiya uchastkasining maksimal uzunligi deganda optik signalni qayta 
tiklamasdan uzatiluvchi masofa bo‘lib, unda ruxsat etilgan hatolar ehtimolligi va ruxsat 
etiladigan signal/shovqin nisbatiga erishiladi.
Loyixalashtiriluvchi magistralda bo‘lgan regeneratorlar sonini aniqlash uchun 
quyidagi formuladan foydalaniladi:
𝑁
рег
=
𝐿
у
𝐿
ру
− 1ҳ =
269км
85
− 1 ≈ 2 (8.1) 
bu yerda;
Lu- loyixalashtiriluvchi magistral uzunligi, km 
Lru- tanlangan apparatura uchun loyixalashtiriluvchi regenerasiya uchastk a 
uzunligi, km
Demak xisoblashlar asosida shuni tushunish mumkinki Buxoro va Samarqand 
shaharlari orasida (269km) SDH texnologiyasi asosida optik transport tarmog‘i 
qurilganda optik liniya trassasida 2 ta regenerator qurilmasi qo‘llaniladi. 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling