Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Kabellarning ichki nazorati


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
9.2. Kabellarning ichki nazorati
 
Tolali optik aloqa liniyalari qurilishi jarayonida yotqizilish uchun tayyorlanayotgan 
hamma turdagi qurilish uzunliklaridgi kabellar ichki nazoratdan o‘tkazilishi lozim yan’i 
optik kabellarning nur o‘tkazuvchi tolalari so‘nish bo‘yicha nazorat qilinadi.
qurilish uzunliklaridagi kabellarning g‘altaklari ustidagi qoplami ochilgandan 
so‘ng quyidagilar tekshiriladi: 
1) Zavod tomondan tayyorlangan pasportini bor yo‘qligi;
2) Gʻaltakda belgilangan va zavod pasportida belgilangan kabel rusumini to‘g‘ri 
kelishligi; 


3) Gʻaltakdagi kabelning tashqi ko‘rishi ko‘rilib unda ezilishlar va tashqi qobig‘i 
buzilgan joylari yo‘qligi ko‘zdan kechiriladi; 
4) Kabel pasportida kabel uzunligi va qaysi kabel ishlab chiqaruvchi firma va 
tolalarning turli to‘lqin uzunliklaridagi so‘nish koeffisiyenti ko‘rsatilishi lozim;
9.3. Kabellarni yotqizish
 
Kabellarni yotqizish paytidan muhit va ob–havo harorati minus 10 0 S dan kam 
bo‘lmasligi kerak. Hududiy tarmoqlarda optik kabellar hamma kategoriyadagi 
tuproqlarda uncha chuqur bo‘lmagan suv havzalaridan va daryolardan, telefon 
kanalizasiyalarda, maxsus yotqizilgan quvurlarda, shaxtalarda hamda kolletorlarda 
yotqizilishi mumkin. 
To‘g‘ridan–to‘g‘ri yerga yotqiziladigan kabellar tayyor kavlangan transheyalarda 
(ariqlarda) qo‘l bilan yoki transheyasiz usulda pichoqli kabelyotqizgichlar yordamida 
yotqizilishi mumkin. Suv havzfalari yoki daryolar orqali yotqiziladigan kabellar maxsus 
loyiha yechimlari asosida olib boriladi. 
Optik kabellarini yotqizish joyi va yotqizish usulari bo‘yicha quyidagi ishlar 
bajarilishi lozim. 
 aloqa trassasi bo‘linishi kerak; 
 kabellar yotqiziladigan joyga g‘altakda o‘ralgan kabellarni yotqizish va 
bo‘shagan g‘altaklarni trassadan olib chiqib ketish kerak; 
 avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar bilan kesishgan yerlarda quvurlar 
yotqizilishi kerak
 tayyor transheyaga kabellarni g‘altakdan bo‘shatib shundan so‘ng ularni 
yotqizish kerak
 kabelyotqizgich yordamida kabellarni yerga yotqizish kerak; 
 temir yo‘llar va avtomobil yo‘llar bilan kesishgan yerlarda, quvurlarda 
kabellar yotqizilishi kerak; 
 kabellarni telefon kanalizasiyaga yotqizilishi uchun uskunalarni tayyorlab 
kabellar yotadigan kanallarni tayyorlash kerak; 
 kabellarni telefon kanalizasiyaga yotqizish kerak; 
 kabellar yotqiziladigan trassani belgilab ishchi chizmalarda o‘zgartirish 
kiritilgan yerlarni belgilash kerak. 
Kabellarni oldindan kavlangan tayyor transheyaga yotqizishdan avval uni kabel 
g‘altagidan mexanizmlar yordamida bo‘shatilib yotqizilishi lozim. 
Agar trassada bir qancha to‘siqlar bo‘lib mexanizmlar ishlatib bo‘lmaydigan 
bo‘lsa, u holda kabelni g‘altakdan bo‘shatishda qo‘l kuchidan foydalaniladi.


Agar trassada sharoit bo‘lsa, u holda kabelni g‘altakdan bo‘shatishda maxsus kabel 
tashuvchi aravacha yoki maxsus avtomashina kuzovida o‘rnatilgan uskunadan 
foydalangan holda transheya bo‘ylab harakatlanib kabel yotqiziladi. Bunday holatda 
kabel to‘g‘ridan–to‘g‘ri transheya qa’riga yoki transheya yoniga bo‘shatilib yotqizilib 
ketiladi. Avtomashinani harakatlanish tezligi 1km/soat dan oshmasligi kerak. 
Avtomashina yoki maxsus kabel tashuvchi aravachaning g‘ildiragidan transheya 
chetigacha bo‘lgan masofa transheya chuqurligidan 1.25 martadan oshmasligi kerak. 
Agar trassadagi joy relyefi va yo‘l sharoiti bo‘yicha texnikadan foydalana 
olmaydigan bo‘lsak u holda g‘altakdagi kabel transheya chetiga butun uzunlik bo‘yicha 
yoyilib chiqiladi va undan so‘ng sekin–astalik bilan kabel transheyaga tushiriladi. 
Bunday holatda g‘altakdagi kabel maxsus uskunada kabel yotqiziladigan joy boshida 
o‘rnatiladi. Kabel yotqizilishi jarayonida ishchilar qo‘lidagi kabellar orasidagi masofa 
iloji boricha kabel cho‘zilmaydigan va yerga ishqalanmaydigan masofa bo‘lmog‘i 
lozim. 
Kabelni g‘altakdan bo‘shatish chog‘ida kabel g‘altagining aylanish tezligi sekin–
asta bo‘lib kabelni trassa bo‘yicha yotqiziladigan tezlikda bo‘lishi va ishchilar kabelni 
g‘altakdan bo‘shatishda kuch bilan zo‘rlab siltamasliklari kerak. 
Aloqa kabellarini transheyasiz usul bilan yotqizishda kabelyotqizgichlardan 
foydalaniladi. Kabel yotqizgichning ishchi organi kabelni yotqizish jarayonida uni 
shikastlamaydi va kabel kassetadan chiqish jarayonida talab etiladigan egilish radiusi 
holatida yotqiziladi. Optik kabelni tekis bo‘lmagan joylarda yotqizish paytida kabel 
optik nazorat ostida bo‘lishi kerak, bunday paytda kabelning tolalari bir–biri bilan 
shleyf qilib bitta tola ko‘rinishida ulanish kerak va tolaning optik nazorati kabelning 
«A» tomonidan olib borilishi kerak. Kabeldagi hisob bo‘yicha birinchi tolasiga optik 
generator ulansa, oxirgi tolaga esa quvvatni yutuvchi o‘lchov asbobi ulanadi.
Kabel yotqizgich kassetasining ichki qismi kabelning tashqi qobig‘ini 
shikastlamasligi uchun payvandlangan chokli joylar va boshqa o‘tkir joylardan 
tozalangan bo‘lishi kerak. Boshqa turdagi yotqizilgan kabellar qo‘llangan kabel 
kassetasini optik kabellarni yotqizish uchun qo‘llash mumkin emas. Kabellarni 
yotqizish jarayonida har 5–6 km masofada kassetaning ichki tarafi tekshirilib iloji bo‘lsa 
tozalab turish kerak. Kabelni yotqizsh paytidagi tezlik kabel g‘altagining aylanish 
tezligiga teng bo‘lib, kabel yotqizgich ustida xizmat ko‘rsatuvchi ishchi o‘z joyida ya’ni 
kabelyotqizgich ustida bo‘lib kabelni kasseta orqali to‘g‘ri o‘tishini va kabel 
siltalanmaydigan holatda bo‘lishini qattiq nazorat qilishi kerak.
Bitta qurilish uzunligi yotqizilib bo‘lgan va ikkichi qurilish uzunligi ulanadigan 
joyda 3000 2000 12000 mm o‘lchamda kotlavan (o‘ra) kavlanadi. Yotqizilib bo‘lgan 
kabelning ohiri uchidan 8 metr uzunlikda kabel qoldiriladi. Kotlovan (o‘ra)ning ikkinchi 


tomonidan esa 8 metr uzunlikda ikkinchi qurilish uzunlikdagi kabel uchi kabel 
yotqizgich kassetasi orqali o‘tkazilib yotqiziladi. Kotlovanda 8 metrdan uzunlikda 
qoldirilgan kabel uchlari polietelen qopqoqlar bilan muhofazalanadi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling