Muhandislik geologik tadqiqotlar


 GRUNTLARNING MUHANDIS – GEOLOGIK KLASSIFIKATSIYASI


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192
Bog'liq
-qullanma

18. GRUNTLARNING MUHANDIS – GEOLOGIK KLASSIFIKATSIYASI 
VA FIZIK - MEXANIKAVIY XOSSALARI 
Muhandis - geologik jarayonlar va hodisalar ro’y berayotgan muhitni
gruntlar deb atash mumkin. 
Muhandislik - qurilish maqsadlarida birinchi navbatda tog’ jinslarini 
inshootlardan tushayotgan yuklamalarga bo’lgan qarshiligi qiziqtiradi. Tashqi 
kuchlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati tog’ jinsi zarrachalari orasidagi 
bog’lanish xarakteriga bog’liqdir.
Tog’ jinslari zarralari orasidagi 4 xil bog’lanishlarni belgilash mumkin:
1. Qattiq mustahkamli bo’lib, jinsni suvda ivitilganda – o’zgarmaydi; 
2. Qattiq mustahkam bo’lib, jinsni suvda ivitganda – bo’shashib ketadi; 
3. Suvli harakatchanli bo’lib, jins quritilganda yoki suvda ivitilganda o’z 
mustahkamligini o’zgartiradi; 
4. Bog’lanish bo’lmagan hol – bunda o’zaro bir - biriga nisbatan 
harakatlariga, ular orasidagi ishqalanish kuchi qarshilik ko’rsatadi.
Shularga asosan hamma tog’ jinslarini qoyatosh va qoyatosh bo’lmagan 
sinflarga ajratish mumkin.
Qoyatosh jinslarga - zarralari qattiq bog’langan tog’ jinslariga aytiladi. Bu 
bog’lanishlar, kristalli, sementli bo’lib, ana shu sababli qoyatosh gruntlarga 
magmatik, metamorfik va sementlashgan cho’kindi tog’ jinslari kiradi.
Cho’kindi tog’ jinslaridan ba’zi qoyatosh jinslardagi kristall bog’lanishlar 
suvda ivitilganda bo’shashib, suv kolloidli bog’lanishga o’tadi. Bu guruhdagi 
jinslar yarim qoyatosh jinslar deb ataladi. Qoyatoshli bo’lmagan tog’ jinslari 
zarralari orasidagi bog’lanishlar siljuvchan, suvli kolloidli bo’lsa, ularga 
bog’langan gruntlar, qoyatoshli bo’lmagan va zarralari orasidagi bog’lanishlar 
bo’lmasa, bog’lanmagan yoki ayrim – donali deb ataladi.
Qoyatosh va yarim qoyatosh jinslarning muhandis – geologik xossalari 
turlichadir. Gruntlarning to’la xarakteristikalari uchun – ularning hosil bo’lishi, 
mineral tarkibi, strukturasi va teksturasi yetarlicha deb bo’lmaydi, shu sababli
fizikaviy va mexanikaviy xarakteristikalar sistemasi ishlab chiqilgandir. 


147 
Ushbu sistemadagi xarakteristikalar: masalan zichlik, g’ovaklik, 
maydaligi va boshqa xossalar turli kategoriyali tog’ jinslari uchun ham 
taalluqlidir.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling