Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
Penetratsiya – plastik gruntlarni konsistentsiyasini (o’z shaklini saqlab
qolish xususiyatini) aniqlash uchun ma’lum yuk osilgan kuch bilan standart ninani 162 namunaga bosib qancha ichiga kirganligini aniqlash. Jinsni har bir turini shtamplarni bosishiga qarshiligini sinash kerak. Jins massivlarini sindiruvchi darzliklarni yig’indisi tog’ jinslarining darzliligi deyiladi. Darzlilik darajasi boshqa tektonik buzilmalar bilan birgalikda jins massivi strukturasini, qattiqligi va chidamliligini (deformatsiyaga bardoshligi, suv o’tkazuvchangligi, namligi, seysmik mustahkamligi va b.) xarakterlaydi. Darzliklarni ochiqlik (bir biri bilan bog’langanlik) darajasi imkon bo’lganda jinsni sindirish orqali aniqlanadi. Darzliklar yopiq (gohida zo’rg’a ko’rinadigan) va ochiq turlarga bo’linadi: a) kappilyar, eniga 0,25 mm.dan ko’p bo’lmagan; b) nokappilyar, eniga 0,25 mm.dan ko’p bo’lgan. Agar darzlikni ichi qandaydir material bilan to’lmagan bo’lsa uni chuqurligini o’lchash mumkin. Ochiq darzlikning chuqurligini o’lchash mumkin, masalan unga yupqa lenta tushirish orqali. Darzliklarni yozishda (tasvirlashda) uni shakli, devorlarini yuzasi (silliqligi, g’adir budirligi,yaltiroqligi va b.), darzlik yuzasida qoplamalarni (temirli-zangli, ohakli va b.) mavjudligi, qoplamalarga bog’liqligi, darzlikni to’ldiruvchi va uni chuqurlik sari shaklini xarakterli tomonlariga baho beriladi. 11-chizmada (rasmda) yirik darzliklar (yoriqlar) tizimi bilan bloklarga bo’lingan ohaktosh massivi ko’rsatilgan. Darzlilik rivojlangan uchastkalar, nisbatan yirik darzliklar rasmga olinadi yoki eskizi chiziladi. Yer yuzida ochiq joylashgan tog’ jinslaridagi, kesmalardagi va boshqa bunday darzlik bor joylar nomerlanadi va jurnalga tarqalgan joyi yozib qo’yiladi. Darzliklarni uchrash chastotasi soni o’rganilayotgan maydon o’lchamiga qarab boholanadi. Odatda, darzliklar rivojlangan 5 - 10 ta uchastkalar tanlanib masshtabga amal qilgan holda eskizlari chiziladi. Bir vaqtning o’zida darzliklarni soni va eni o’lchanadi, tog’ jinsi darzliklarini ko’rsatkichlari hisoblanadi va bunda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: 1) darzlik (yoriq) modulidan, 1939 yilda A.I.Silin-Bekchurin tomonidan taqdim etilgan, ya’ni tog’ jinsining 1 p.m ga to’g’ri keladigan darzliklar (yoriqlar) soni; 163 2) solishtirma cho’zilishdan, 1951 yilda A.V.Korolev tomonidan taklif qilingan, ya’ni ochiq darzliklar hajmini tog’ jinsi hajmiga nisbati bilan foizlarda ifodalanadi; 3) darzliklar zichligidan: tog’ jinslarini darzliligining intensivligini eng ob’ektiv - hajmli kriteriyasidan. U jinsni ma’lum bir hajmini kesib o’tuvchi barcha darzliklar devori maydoni (yuzasi) miqdorini yarmini uning o’lchamiga nisbati bilan belgilanadi (aniqlanadi).Zichlik yuzasi sm/sm2 da o’lchanadi; 4) darzliklarni quyyuqligidan (zichligi,ko’pligi) – bu darzli jinsni l bo’limida joylashgan barcha darzliklarni to’liq uzunligini S bo’limni ikki baravar ko’paygan maydoniga nisbatidir: G=l/2S Darzlikning zichligi jinsni tarkibiga, zichlanish darajasiga, qalinligiga, metamorfizmga, strukturaviy sharoitiga, o’z ichiga olgan muhitning tarkibi va xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. 5) quyidagi formula bilan darzliklarni solishtirma zichligi aniqlanadi: Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling