Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   192
Bog'liq
-qullanma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


160 
21. JINS VA JOYLARNING MUXANDISLIK-GEOLOGIK TA’RIFI 
Muhandislik-geologik ma’lumotlarni aniqlash uchun juda ko’p va amalda 
qo’llaniladigan tadqiqot usullari mavjud. Muhandislik inshootlarini qurishda va 
ularda foydalanishda, muhandislik-geologik sharoitlarni ta’sir etishiga baho 
berishda mavjud usullar doimiy ravishda takomillashtirib kelingan. Ularni 
sharoitlari, xususiyatlari va belgilarini aniqlash uchun yangi usullar ishlab 
chiqilmoqda.
Tadqiqotlar majmuasini tanlash muhandislik inshootlar turi va muhandis-
geologik ishlarni bosqichlariga bog’liqdir. Turli bosqichlarda turli usullar 
qo’llanilishi mumkin. Muhandis-geologik ma’lumotlarni bir qismi joyni, yer 
yuziga chiqib turgan tog’ jinslarini, burg’ilash quduqlaridan olingan namunalarni
o’rganish va tasvirlash (yozish) yordamida amalga oshiriladi.
Muhandis-geologik va gidrogeologik xaritalash (s’yomka) jarayonida 
marshrutlarni tashkil qilish uslublari va joylarni tasvirlash (yozish) deyarli bir 
biridan farq qilmaydi. Gidrogeologik izlanishlar uchun bu ishlarni nisbatan batafsil 
keyinroq ko’rib chiqamiz. Hozir esa muhandis-geologik maqsadda joylarni 
tasvirlash (yozish) uchun: geomorfologik sharoitlarga, tog’ jinslarining yotish 
sharoitlariga, kuzatiladigan fizik - geologik ko’rinishlarga, gidrogeologik sharoit 
va suvlarni namoyon bo’lishlariga (manbai, joylarni botqoqliligi v b.) tavsif 
(xarakteristika) berish kerak. Tabiy sharoitdagi va kon lahmlaridagi tog’ 
jinslarining tavsifi muhandis - geologik tadqiqotlarning yakuniy maqsadini 
aniqlovchi o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Muhandis-geologik tavsifni bajarishda tog’ jinslari tavsiflari asosida 
geologik kesmalarni tuzish kerak bo’ladi. Muhandis-geologik maqsadlar uchun 
tuzilgan bunday kesmalarning aniqlik darajasi nafaqat qabul qilingan masshtabiga 
bog’liq, balki inshoatning turiga va muhandis-geologik tadqiqotlarning 
bosqichlariga ham bog’liq bo’ladi. Muhandis-geologik tadqiqotlardagi kesmani 
qo’shimcha elementlarini hisobga olishda (boshqa maqsadlarda tuziladigan 
geologik profillarda e’tiborga olinmasa ham) quyidagilar zarur: 


161 
1) tog’ jinslari kesimini batafsil tavsiflab berish, keyinchalik inshoatning 
ta’sirida yuzaga keladigan gruntdagi (u yoki bu inshoatning tabiiy asosini tashkil 
qiluvchi gruntdagi) kuchlanishni xarakterini inobatga olib geologik elementlarning 
har birining rolini aniqlash. Shu bilan birga albatta gidrogeologik ma’lumotlar
ham aks ettirilishi kerak 
2) bir xil tarkibli jinslarni ularning genezisi, mineralogik tarkibi, teksturasi, 
strukturasi, fizotexnik xususiyatlarini hisobga olib muhandis-geologik turlarga 
o’tkazish;
3) tog’ jinslarining muhandis-geologik elementlarini ajratish uchun 
muhandis-geologik turlardagi jinslarning fizik-texnik xususiyatlarini o’rganish; 
Gruntlarning tarkibini yozish (tasvirlash) s’emka (xaritalash) jarayonida, 
burg’ilash va tajriba, ajratib olingan monolitlarni o’rganishdan so’ng bajariladi. 
Jinslarni yozish (tasvirlash) birlamchi va kontrol yozishlarga ajratilinadi. Birlamchi 
yozishni (tasvirlashni) tog’ lahimlarini o’tish vaqtida amalga oshiriladi: asos 
(fundament) jinslarni ochish uchun qazilgan 0,5 m qalinlikgacha qazilgan o’rasifat 
tog’ lahimlarda (bunday yozishlar izlov va qidiruv ishlarining har bir bosqichida 
olib boriladi), kanavalarda, shurflarda, 1 - 1,5 metr o’tilgan shaxtalarda. Burg’ilash 
jarayonida quduqdan har bir chiqarib olingan jins yoziladi. 
Gruntlarning tarkibini yozish (tasvirlash) s’emka (xaritalash) jarayonida, 
burg’ilash va tajriba, ajratib olingan monolitlarni o’rganishdan so’ng bajariladi. 
Jinslarni yozish (tasvirlash) birlamchi va kontrol yozishlarga ajratilinadi. Birlamchi 
yozishni (tasvirlashni) tog’ lahimlarini o’tish vaqtida amalga oshiriladi: asos 
(fundament) jinslarni ochish uchun qazilgan 0,5 m qalinlikgacha qazilgan o’rasifat 
tog’ lahimlarda (bunday yozishlar izlov va qidiruv ishlarining har bir bosqichida 
olib boriladi), kanavalarda, shurflarda, 1 - 1,5 metr o’tilgan shaxtalarda. Burg’ilash 
jarayonida quduqdan har bir chiqarib olingan jins yoziladi. 
Kesmalarni o’rganish va yupqa qatlamchalarni ajratish jinsning shtamplarni 
bosishiga qarshiligini - penetratsiyani aniqlashga yordam beradi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling