Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yadro (o’zak)
- 2.3. Yerning issiqlik rejimi
Bazal’t qatlami. Bazal’t qatlamining quruqlikdagi qalinligi 30-35 km,
okeanda esa 5 - 6 km ga teng. Uning zichligi 2,7 - 2,9 g/sm 3 gacha ortib boradi. Tarkibida qumtuproq kamroq bo’ladi. Bazal’t, gabbro kabi tog’ jinslari shu turkumlaridandir. Yer qobig’i, litosferaning o’rtacha zichligi 2,7 g/sm 3 . Uni tashkil etuvchi elementlardan asosiylari: kislorod, kremniy, al’yuminiy, temir, kaliy, natriy, kal’tsiy, va magniydir. Yer ichiga kirib borgan sari kislorod, kremniy, al’yuminiy ishqorli metallar kamayib boradi, temir, magniy va og’ir metallar: jumladan, nikel’ miqdori oshib boradi. Mantiya qismining jinslari tarkibida temir, magniy, xrom kobal’tlari bo’ladi. Mantiya moddalarining tarkibi o’ta asosligi bilan ajralib turadi: dunit, peridodit, ichliklari 3 - 3,3 dan g/sm 3 (yuqori mantiya) 5,9 g/sm 3 gacha (quyi mantiya). Mantiya qismida yuqori bosim va harorat bo’lib, uni holati qattiq moddaga yaqindir. Yadro (o’zak) - 3500 km radiusda joylashgan. U ichki va tashqi sferalarga bo’linadi. Zichligi 9 - 11 g/sm 3 ga yaqin. Hozirda uning tarkibi to’g’risida aniq fikr aytilmagan. Ba’zi bir taxminlarga ko’ra, yadro zich joylashgan temir, nikel va boshqa og’ir metallardan tashkil topgandir. Uning harorati 2000 - 2550 0 C, bosimi esa 3,5 mln atmosferaga yaqin deb taxmin qilinmoqda. 2.3. Yerning issiqlik rejimi Yer ikkita issiqlik manbaiga ega: Quyosh radiasiyasining energiyasi (90,5%) va radioaktiv elementlarning yer qa’rida parchalanishdan hosil bo’ladigan energiya. Yer qobig’ining yuqori qismida 3 temperaturali zona hosil bo’ladi: I- Mavsumiy o’zgarishlardan hosil bo’lgan zona; II - Doimiy temperaturalar zonasi; III - Oshib boradigan temperaturalar zonasi (2.2 - rasm). 19 I - zonadagi haroratlar o’zgarishi hududlardagi klimatik sharoitlarga bog’liq bo’ladi. O’rta kenglik mintaqalarda joylashgan hududlar uchun Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling