Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
236 32. TABIIY QURILISH MATERIALLARI KONLARI Qurilish uchun muhandislik - geologik tadqiqotlar kompleksiga tabiiy qurilish materiallarini qidirish va razvedka qilish kiradi, ular ko’p hollarda ob’yekt qurilishi uchun lozim. Qurilish rayonida qurilish materiallarini mavjudligi inshootini turi va konstruktsiyasini tanlashda xal qiluvchi ahamiyatga ega. Yer qobig’ida ma’lum tog’ jinslarini (yoki minerallarni) to’plami (ularni qazib olish amaliy ahamiyatga ega bo’lganda, jumladan qurilish uchun) kon deyiladi. Konlarni tarkibiga tabiiy qurilish materiali yoki ular uchun xomashyo bo’ladigan tog’ jinslari kiradi. Bu jinslarni hammasi noma’lum foydali qazilmalar deb ataladi. Tabiiy qurilish materiallariga qurilish amaliyotida tabiiy ko’rinishda ishlatilishi mumkin bo’lgan tog’ jinslari (granitlar, ohaktoshlar, galechniklar va b.) kiradi. Qurilish toshlari, qum, gil, sheben va x.k.lar olinadi. Ko’p hollarda tog’ jinslari sun’iy qurilish materiallarini tayyorlashuchun xom ashyodir. Masalan, mergellar sement olish uchun gil va suglinkalar - g’isht uchun xizmat qiladi va x.k. Noma’dan foydali qazilmalarni ko’p hollarda ochiq tog’ laxmlaridan olinadi. Bunday maqsadlarga mo’ljallangan laxmlar to’plami kar’er deyiladi. Muhandislik - geologik tadqiqotlarni vazifasiga noma’dan foydali qazil- malar konlarini qidirish va razvedkalash kiradi. Qidirish qurilish hududi yaqinida zaruriy materiallarni konini (yoki kar’yer) topishga imkon beradi. Aniqlangan kon razvedkalanadi. Bunda materiallarning sifati, miqdorri va yotish sharoitlari belgilanadi. Bunday ish tanlangan hududda avvaldan ishlab chiqilgan reja bo’yicha o’tkaziladi, u avvalgi tadqiqotlar (geologik xarita va hisobotlar) materiallari asosida tuziladi. Qidiruvlar quyidagi vazifalarni yechishi kerak: Kon kar’yerasini kesimi: -tanlangan hududda zaruriy foydali qazilmani topish; -materialni avvaldan (boshlang’ich) baholash chn namna olish; 237 -kon zaxirasini taxminiy aniqlash; -keyingi razvedka ishlarini maqsadga muvofiqligini baholash. Ish tayyorgarlik va dala davrlaridan iborat. Tayyorgarlik davrida adabiyotlar, geologik xaritalar, geologik tashkilotlarni qo’lyozmalari fondlari o’rganiladi. Bu material asosida ushbu hudud uchun u yoki bu noma’lum foydali qazilmalar konlari haqida taassurot tuziladi. Shundan keyin dala sharoitida belgilangan konlarni ko’rib chiqish tashkillashtiriladi, tabiiy ochilgan joylar o’rganiladi va zarur bo’lsa razvedka lahmlari (raschistka, shurf, burg’ilash quduqlari) o’tkaziladi. Qidiruv ishlari natijasida foydali qazilmalarni aniqlangan konlari va kar’erlari ko’rsatilgan xarita – sxema tuziladi, tushuntirish yozuvi ularni joylashuvi haqida, materialni sifati va miqdoriy baholanishi, keyingi ishlar bo’yicha fikrlar yoziladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling