Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   192
Bog'liq
-qullanma

33.1.Umumiy holatlar. 
Muhandislik - geologik izlanishlar har qanday ob’ekt qurilishining boshlan-
g’ich bosqichidir va ob’yekt turiga (sanoat korxonasi, turar joy, avtomobil yo’li va 
x.k.) to’liq bog’liq. Shuning uchun ob’yektni har bir turi uchun izlanishlar o’z 
xususiyatlariga ega, ammo hamma izlanishlarni umumiy tomonlari standarti bor. 
Muhandislik - geologik tadqiqotlarni natijalari hisobot ko’rinishida qurilish 
loyiha tashkilotiga kelib tushadi. Hisobotlar muhandis-loyihachi uchun muxandis-
geologik izlanishlarni natijalarini yettita asosiy holati bo’yicha materiallarga ga 
bo’lishi kerak: 
- ushbu ob’ektni qurilishi uchun maydonchani yaroqliligi bahosi;
- asos va fundament bo’yicha hamma masalalarni yechishga imkon 
beradigan geologik material; 
- gruntli asosni ob’ektdan hosil bo’lishi mumkin bo’lgan dinamik 
ta’sirlarga chidamlilik bahosi; 
- geologik jarayonlarni mavjudligi va ularni bo’lajak ob’ektni turg’unligiga 
ta’siri; 
- yer osti suvlari bo’yicha to’liq ma’lumotlar; 
- gruntlar bo’yicha hamma ma’lumotlar, tayanch asosni tanlash uchun ham, 
yer ishlarini o’tkazish uchun ham. 
- bo’lajak ob’ektni tabiiy muhitga ta’siri bo’yicha. 
Yirik ob’ektlarni loyihalash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
texnik-iqtisodiy asoslash (TIA), texnik loyiha va ishchi chizmalar. 
Muhandislik - geologik tadqiqotlarni bosqichlari jami loyihaviy ishlar 
bosqichlariga mos keladi, bundan TIA mustasno, chunki unda geologik ishlar 
rekognosirovka muhandislik - geologik izlanishlari deb nom olgan. Belgilash 
lozimki, qurilish amaliyotida loyihalash bosqichlarini ketma-ketligiga hamma vaqt 
ham amal qilinmaydi. Yirik ob’yektlarni loyihalash ikki bosqichda o’tkazilishi 


241 
mumkin, turar-joy binosini loyihasi bir bosqichda. Shu bosqichlarga mos ravishda 
muhandislik - geologik tadqiqotlar o’tkaziladi. 
Loyihalashni boshlang’ich bosqichlarida muhandislik - geologik izlanishlar 
keng maydonlarni egallaydi, juda ham aniq bo’lmagan, ammo nisbatan oddiy va 
iqtisodiy arzon texnik vositalar qo’llaniladi. Keyingi bosqichlarga o’tgan sari 
izlanishlar maydoni torayib boradi va geologik ishlarni murakkab va aniq usullari 
qo’llaniladi. 
Qurilishga ajratilgan maydonchada har bir bosqichda muhandislik-geologik 
izlanishlar ma’lum ketma-ketlikda bajariladi: 
- hudud bo’yicha umumiy ma’lumotlar adabiyotlardan va izlanish 
tashkilotlarini arxivlaridan yig’iladi; iqlim, rel’yef, aholi, daryolar to’ri va x.k. lar 
haqida; 
- muhandis – loyihachilar muhandis - geolog bilan birgalikda qurilish 
maydoni ko’rib chiqadilar; uning qurilish darajasini aniqlaydilar, avval qurilgan 
binolar (inshootlar), yo’l turi, rel’yef, o’simliklar va x.k. larni ko’rib chiqadilar, 
uchastkani qurilishi uchun umuman yaroqliligini aniqlaydilar va izlanishlar uchun 
texnik topshiriq ishlab chiqadilar; 
- muhandislik - geologik izlanishlar bajariladi; dala sharoitida maydoncha-
ning geologik tuzilishi, gidrogeologiyasi, geologik jarayonlar o’rganiladi, zarurat 
bo’lsa gruntlarda tajriba ishlari qo’yiladi;
- olingan grunt va yer osti suvlari namunalari laboratoriyada o’rganiladi; 
- dala va laboratoriya ishlari tugatilgan so’ng kameral davrda muhandislik- 
geologik hisobot tuziladi, uni loyiha tashkilotida himoya qilinadi, shundan so’ng
u xujjat bo’ladi va ob’yektni loyihalashda ishlatiladi. 
Quyida xar xil qurilish ob’yektlari uchun bajariladigan muhandislik -
geologik izlanishlarni qisqa mazmuni keltirilgan. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling