Muhandislik geologik tadqiqotlar
Atrof - muhitni muhofaza qilish vazifalari
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
34.2. Atrof - muhitni muhofaza qilish vazifalari
Neft’ va gaz konlarini ishlatishda atrof - muhitni muhofaza qilishga jiddiy e’tibor berish kerak. 259 Neft’ va gaz konlarini ishlatish kon atrofi hududidagi tabiiy resurslarning holati bilan mustahkam bog’liq. Konni ishlatishda qishloq xo’jaligi va o’rmonzorlarga qarashli o’nlab, yuzlab, ba’zida minglab kvadrat kilometrdan iborat bulgan katta maydonlar ajratib beriladi. Konni ishlatish ehgiyojlari uchun xar yili tabiiy suv havzalari (asosan daryolar)ning million, ba’zida yuzlab million kubometr suvlaridan foydalaniladi. Kon to’la qurib bitkazilmagan sharoitda, ayniqsa uni o’zlashtirish bosqichida, havoga chiqarilgan gazni va yo’lakay (neft’) gazni masha’la qilib yoqqanda atmosferaning zararli gazlar bilan bulg’anishi hollari ruy beradi. Ko’pincha yer yuzasi (va tabiiy suv havzalari) quduq va boshqa kon inshootlari atrofi qatlam (oqava) suvlari va neft’ bilan kuchli ifloslanishi mumkin. Neft’ konlarining ishlatilishi natijasida yer yuzasini cho’kishi ham kuzatiladi (Kaliforniya, Grozniy). Shunday qilib, neft’ va gaz konlarini ishlatishda tabiatni muhofaza qilish buyicha quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur: 1) kon inshootlari uchun ajratiladigan yer maydonlari hajmini iloji boricha kamaytirish; 2) atmosferani, yer yuzasini, tabiiy suv havzalarini gaz, neft’, qatlam suvi va boshqa ishlab chiqarish chiqindilari bilan bulg’anishiga qarshi tadbirlar belgilash; 3) tabiiy suv havzalaridagi suvlardan foydalanishni kamaytirish; 4) kondan foydalanishda yer yuzasining cho’kish jarayonini nazorat qilish va bu jarayonlarni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar belgilash. Bu vazifalarni amalda hal qilish uchun quyidagilar zarur: 1) kon ob’yektlari, neft’ va gazni yig’ishning bir quvurli sistemasini va blokli avtomatlashtirilgan uskunalarni qurishning yangi industrlashgan blokli metodlarining tez joriy etilishini ta’minlash; 2) hamma joyda kon ob’ektlarini bopqarishning avtomatlashtirilgan sistemalarini, neft’ va gazni yig’ish va jo’natishni, suvni nasos yordamida haydashning germetiklashtirilgan sistemalarini joriy etish; 260 3) qatlamga suv bostirishda qatlam suvidan va kon kesimidagi boshqa suvli intervallarning suvidan to’la foydalanish; 4) neft’ bilan yo’l - yo’lakay qazib olinadigan gaz va boshqalardan to’la foydalanishni ta’minlash. Jumladan, O’zbekistan neft’ konlarida kon qurilishining yangi metod- laridan foydalanish sanoat qurilishi uchun ajratiladigan yer maydonlarini so’nggi besh yilda ikki baravardan ziyod kamaytirish imkonini berdi. Yerning unumdor qatlamini tiklash bo’yicha bajarilgan ishlar natijasida faqat oxirgi o’n yilda 200 km 2 yerni qishloq ho’jaligiga qaytarildi. Suvni tozalaydigan inshootlar qurish, suv bostirishda qatlam suvidan to’la foydalanish, kompressor stantsiyalari va boshqa texnologik ob’ektlarni havo bilan sovitishga o’tkazish suv sarfini yiliga qariyb 180 mln. m 3 ga kamaytirilishini ta’minladi. Neft’ va gazni yig’ish, jo’natish, saqlash, tozalash va topshirishning germetizatsiyalashgan sistemasini joriy etish neftning yiliga mutlaq yo’qolishini 2,4 baravar yoki 0,6 mln. tonnaga kamaytirish va gazdan foydalanishni 92% ga yetkazish imkonini berdi. Shu yo’l bilan atrof - muhitning neft’, gaz, oqava suvlar bilan ifloslanishining qariyb butkul oldini olish uchun sharoit yaratilmoqda. Yuqorida qarab chiqadigan omillar shundan dalolat beradiki, atrof - muhitni muhofaza qilish tabiiy resurslardan omilkorlik bilan foydalanishning umumiy muammosida yer qa’rini muhofaza qilish bilan bevosita bog’liqdir. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling