Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 33.5. Yer osti inshootlarini qurish uchun muhandis - geologik izlanishlar
A=Yy + KV + S
Bunda, A – fundament chuqurligi, m; K – asosni faol zonasi chuqurligi, V – fundament ostini maksimal kengligi, m; S – doimiy kattalik, u uch qavatli binolar uchun 2 m, uch qavatdan yuqori bo’lsa – 3 m. Burg’ilash quduqlari bino atrofiga joylashtiriladi, shurflar esa binoni o’ziga xos kesimlarida – fundament yaqinida o’tiladi. Shurflarni chuqurligi fundament asosidan pastroqgacha bo’lishi kerak. Monolitlar fundament chuqurligidan va undan pastdan olinadi har 0.5 m o’tilganda va grunt qatlami o’zgarishiga bog’liq ravishda – asosni faol zonasini quyi chegarasigacha. 248 Gruntlar asos sifatida baholanganda, hisobga olish kerakki, binoni og’irligi tavsirida gruntlar bir muncha zichlangan va yuqori ko’tarish qobilyatiga ega bo’lgan bo’ladi. Gruntlar bunday xolatni qurilish tugaganidan keyin 1 yil ichida qumlar uchun, qumtuproq va loytuproqlar uchun 1,5-2 yilda, gillar uchun 2-3 yilda oladi. Gruntlar yuqori ko’tarish qobilyatiga ega bo’lganligi haqidagi xulosa fundament ostidan va bino chizig’i tashqarisidan olingan grunt namunalari xususiyatlarini solishtirish asosida olinadi. Binoni qoniqarli holati va gruntlarni zaruriy zichlanganligi mavjud fundamentni kengaytirmasdan bino ustiga qo’shimcha qurilish qilishga imkon beradi. Bu asos gruntlariga bosimni amaldagiga nisbatan 25-35 % oshirish mumkin degani, qulay sharoitlarda xatto 40-55% gacha. Bino ustiga qo’shimcha qurish uchun bajarilgan tadqiqotlarni xammasini muxandislik – geologik xulosa ko’rinishida rasmiylashtirishadi. 33.5. Yer osti inshootlarini qurish uchun muhandis - geologik izlanishlar Yer osti inshootlariga yer osti rezervuarlari, tozalash kanalizasion inshootlari, stantsiyalari, hamda har xil maxsus ob’yektlar kiritilgan. Yer osti inshootlarini asosiy xususiyati ularni katta chuqurlikdaligi. Ularni fundamenti asos gruntiga kichik bosim beradi, bu bosim kotlovan qazilganda olingan grunt og’irligi bosimidan ham kam. Shuning uchun laboratoriya tadqiqotlarida grunt mustaxkamligi masalasi asosiy emas. Kotlovlarni yonbag’ridagi gruntni turg’unligi ancha katta ahamiyatga ega, ayniqsa yer osti suvlari mavjudligida, hamda gruntlarni inshootlarga beradigan yonlama bosim inshootlar devorlari orasini va kotlovan yonbag’irlarini grunt bilan to’ldirilganda. Qurilishga mo’ljallangan uchastkalarni geologik-litologik tuzilishi, gidrogeologiyasi, muhandislik - geologik jarayonlar haqidagi hamma zaruriy ma’lumotlarni burg’ulash quduqlari beradi. Quduqlarni chuqurligi shartga binoan bo’ladi - quduq tubi yer osti inshootlarini loyihaviy asosidan 5-6 m pastroqda bo’lishi kerak. Bu chuqurliklarda turg’un bo’lmagan jinslar uchragan hollarda quduq pastda yotgan turg’un jinslargacha chuqurlashtiriladi. Quduqlardan 249 laboratoriya tadqiqotlari uchun monolitlar chiqarib olinadi, ular orasida eng katta ahamiyatlisi gruntlarni siljishga qarshiligi haqidagi ma’lumotlardir. Inshootni qkatta chuqurlikga joylashtirish ko’p hollarda yer osti suvlari bilan kontaktga to’g’ri kelib qoladi, shuning uchun yer osti suvlarini tartibi, tarkibi va agressivligi o’rganiladi. Agar yer osti suvlari ishlarini o’tkazishga xalaqit bersa, bir vaqtni o’zida suvni chiqarish masalasi va inshootni ekspluatatsiya davrida drenaj konstruktsiyasi masalasi yechiladi. Tadqiqotlar natijalari oddiy muhandis- geologik hisobot ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Gidrotexnik qurilishlar uchun (to’g’onlar, suv omborlari) muxandis- geologik izlanishlar qurilish ob’ektlari uchun izlanishlarni hamma turlari ichida eng murakkabi hisoblanadi. Muhandislik - geologik izlanishlarni tarkibi va hajmi 3 ta asosiy omildan aniqlanadi: - loyihaviy inshoot xususiyatlari; - loyihalash bosqichi; - qurilish rayonini geologik tuzilishini murakkabligi. O’z xususiyatlari bo’yicha gidrotexnik inshootlar turlicha. Gidroenergetika va suv ta’minoti maqsadidagi gidrotexnik inshootlar yirik va murakkab ob’ekt bo’lishi mumkin, to’g’onlar ko’rinishida katta daryolarni to’sishi, masalan, Chorvoq to’g’oni Chirchiq daryosida, va kichik va oddiy inshootlar baland bo’lmagan (10 m) dan kam tuproqli to’g’onlar, kichik suv omborlari bilan. Keyingilari ko’proq uchrab turadi qishloq joylarda, poselka qurilishlarida, alohida sanoat ob’ektlarini suv ta’minoti masalasini yechishda. Gidrotexnik qurilishlar uchun izlanish ishlar asosida ularni bosqichligi yotadi. Eng oddiy inshootlar uchun, masalan past tuproqli to’g’on va kichik suv ombori uchun, bir bosqichli loyihalash texno-shuchi loyiha tuzish bilan mumkin. Murakkab inshootlar uchun loyihalashni bir nechta bosqichi mo’ljallangan. Muhandis-geologik izlanishlarga geologik tuzilishni murakkabligi katta ta’sir etadi. Sharoitlar murakkab, juda murakkab va oddiy bo’lishi mumkin. Oddiy geologik sharoitlarda ob’yekt tabiiy asosga quriladi, gruntga bosim cheklanmaydi. 250 Murakkab sharoitlar grunt xususiyatlarini yaxshilashni bosimnii kamaytirishni talab etadi. Juda murakkab geologik sharoitlar tog’li va seysmik rayonlarga, karet uchastkalariga, ko’p yillik muzliklarga xos. Bunday rayonlardagi qurilish grunt holati va xususiyatlarini yaxshilash bo’yicha murakkab tadbirlar o’tkazish, maxsus konstruktiv qarorlar qabul qilish talab etiladi. Ishlarni hamma bosqichlaridagi muxandis - geologik izlanishlar kom- pleksiga muxandislik - geologik s’yomka va razvedka ishlari kiradi. Bu joyni tuzilishini umumiy geologik masalalari yechishga imkon beradi (daryo vodiysi, balka uchastkasi, jarlik va x.k.lar uchun). Izlanishlarni kechki bosqichlarida birinchi o’rinda gruntlarni tavsifi va xususiyatlarini o’rganish bo’yicha ishlar, hamda rayonni (uchastkani) gidrogeologik sharoitlarini tahlili turadi. Yirik gidrotexnik qurilishda tajriba ishlarini o’tkazish mumkin (fil’tratsiya bo’yicha, gruntlarni ko’tarish qobiliyatini aniqlash bo’yicha va x.k.) va tajriba qurilishlari qilish mumkin (to’g’onlarni tajribaviy yuvish, tajribaviy drenaj va x.k.). Gidrotexnik ob’yektlar qurilishida gidrogeologiya bo’yicha ishlar muhim ahamiyatga ega. To’g’on rayonida fil’tratsiya sharoitlari o’rganiladi. Dala ishlariga (tajribaviy suv chiqarish, bosimda kiritish, quyish va yer osti suvlarini tartibini kuzatishga alohida ahamiyat beriladi. Suv omboridan suv ketishini baholashda filtratsiyadan tashqari, yaqinda joylashgan rel’ef depressiyalari (yoriqlari), yer osti laxmlari karst bo’shliqlari, qoyali massivlarni darzliklarini hisobga olish kerak. Gruntlarni shakarlanishi va mexanik suffaziyasi imkoniyatlari aniqlanadi; bosimli suvlarni chiqishi; yonbag’irliklarda va to’g’onni qirg’oqqa taqalgan joylarida ko’chkilarni rivojlanish ehtimoli; suv omborini o’rab turgan hududda, ayniqsa aholi punktlari va sanoat ob’yektlarini suv bosish xususiyatlari o’rganiladi. Gidrotexnik inshootlarni loyihalash uchun muhandislik - geologik ishlarni hamma hollarida qurilish materiallarini qidirish va razvedkazi o’tkaziladi. Zaxiralarni hisoblashda tad\lshabdan 2-3 marta ko’p bo’lishi hisobga olinadi. Asosan to’g’onni tanasini yaratish uchun kerakli material qidiriladi. Tuproqli to’g’on va suv omborini ekspluatatsiyasi davrida to’g’on gruntini holatini (cho’kish, siljish) uzatish muhim ahamiyatga ega. 251 Belgilash lozimki, ko’p yillik muzliklar va karts rivojlangan rayonlarda to’g’on va suv omborlari qurish eng katta murakkablik yaratadi. Bunday hollarda muxandis-geologik izlanishlar bir qator o’ziga xos xususiyatlariga ega. Ko’p yillik muzliklar rayonlarida muzlik s’emkasi o’tkaziladi, gruntlarni va suv o’tkazuvchanligi maxsus o’lchanadi. Karts rayonlarini o’rganish jarayonida kartsli tuzilishlarni tarqalishi va hosil bo’lishi, rivojlanish qonuniyatlari, gruntlarni fil’tratsion oqim bilan erish sharoitlari va jarayonni tezligi belgilanadi. Chiziqli qurilish uchun muhandislik - geologik izlanishlar. Yirik sanoat inshootlarini, shaharlarni (poseliallarini) yaratish har doim chiziqli xususiyatdagi har xil ob’yektlarni qurish bilan birgalikda bo’ladi, ular yer usti (temir yo’l, avtomobil yo’llari), yer osti (neft’ - gazoprovodlar), havodagi (elaktr uzatish tarmoqlari, osma arqonli yo’llar) bo’ladi. Bundan ob’ektlarni har biri uchun o’ziga xos ma’lum xususiyatli muhandislik - geologik izlanishlar o’tkaziladi. Chiziqli qurilish uchun izlanishlarni xususiyatlardan biri ularni katta uzunlikdagi va kichik kenglikdagidir. Bundan ob’yektlar uchun izlanishlarda muhandis - geolog muhandislik - geologiyasining hamma bo’limlari bilan (umumiy geologiya, yer osti suvlari, yer yuzasini geodinamikasi va boshqa ko’p narsalar) to’qnashadi. Chiziqli ob’yektlarni har bir turi uchun muhandis - geologik izlanishlarni ma’lum mezonlar bo’yicha bajaradilar. Ular ob’yektni xususiyatlarini hisobga oladi. Chiziqli ob’yektlar bilan birgalikdagi bino va inshootlarni loyihalash sanoat- grajdan qurilishi hujjatlar asosida bajariladi. Chiziqli inshootlar uchun muhandislik - geologik izlanishlarni qanday o’tkazilishini misoli tariqasida truboprovod qurilishini ko’rsatamiz. Truboprovodlar har xil suyuqliklar va gazlarni transportirovkasi uchun mo’ljallangan. Katta uzunlik, har xil tabiiy to’siqlarda (tog’lar, daryolar, botqoqlik va x.k.) o’tish truboprovodlarni yer ostida (transheyalardan), suv ostida (suv tubidan) va yer ustida (tayanchlarda) loyihalashga majbur qiladi. Ahamiyatiga qarab truboprovodlar magistral, tarqaluvchi va bo’linuvchi turlarga bo’linadi. Truboprovodlar bo’ylab xizmat ko’rsatish ob’ktlari –nasos – 252 xona, suv-bosim minerallari, rezervuarlar, turar-joy uylari va x.k.lar joylashadi. Bu binolar va inshootlar uchun muhandislik - geologik ishlar sanoat va shahar qurilishlarniki kabi o’tkaziladi. Muhandislik - geologik izlanishlarda trubo- provodlar asos gruntlariga kichik solishtirma bosim (0,02 MPa dan kam) bilan tavsiflanadi, ammo o’q yo’nalishini surilishiga yuqori sezuvchanligi bilan farqlanadi (bunda ulangan joylar zararlanadi). Truboprovodlarni loyihalash uchun asos gruntlarini mustahkamligini, xususiyatlarini bilish lozim. Ular transheyalarni qurish (yoki to’plamalar yaratishga ishlatiladi, joyni rel’yefi, daryo vodiylari tuzilishini xususiyatlarini va ularni erazion faoliyati, gruntlarni muzlash, chuqurligi, seysmikligi, uyurma elaktr toklari, grunt suvlarini mavjudligi va ularni agressivligi, dengiz, ko’l va suv omborlari, qirg’oqlarini xususitlari, hamda tabiiy geologik hodisalar va jarayonlar, ular truboprovodlarni uyg’unligiga manfiy ta’sir etishi mumkin va ularni joylashtirish ishlarini qiyinlashtirishi mumkin (ko’chmalar, karts, cho’kmalar, jarliklar, sel, to’kilish va b.). Truboprovod trassalarini muxandislik - geologik ishlari 2 bosqichda o’tkaziladi: boshlang’ich loyiha topshirig’ini asoslash uchun va mufassal ishchi chizmalar uchun. Ba’zan murakkab ob’ektlarda boshlang’ich tadqiqotlarda rekognostsirovka ishlari qurilishni maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asoslash uchun o’tkaziladi. Boshlang’ich muhandislik - geologik ishlar truboprovod trassasi variantini tanlovini asoslash maqsadida bajariladi. Bir qator trassa variantlari belgilanadi. Har bir trassa 500 m kenglikda o’rganiladi. Noqulay uchastkalarga (ko’chki, karst va b.), korrozion faollikga, agressivlik grunt suvlarini agressivligiga, aniqlangan uyurma elektr toklariga alohida ahamiyat beriladi. Ishlarni bu bosqichida aerogeologik o’rganish va joyni aerofotos’yomkasi katta ahamiyatga ega. Muhandislik - geologik hisoboti truboprovodlarni hamma variantlarini solishtirma muhandislik - geologik tavsifi muhandislik - geologik xaritalari va 253 kesishmalari bilan birgalikda beriladi. Muhandislik - geologik jihatdan eng qulay trassa varianti tavsiya qilinadi. Mufassal muhandislik - geologik ishlar yakuniy tanlangan trassa variantida o’tkaziladi. Boshlang’ich bosqichda olingan variantlarga yangi tadqiqotlar qo’shiladi, shu jumladan gruntdarni korrozion faolligi tahlili va grunt suvlarini agressivligi xam. Razvedka lahmlari, asosan, burg’ilash quduqlari ko’rinishida bajariladi. Xar bir kilometrga o’rtacha ikkita quduq qo’yiladi. Lahmlarni chuqurligi truboprovorodlarni yotqizish chuqurligi va gruntlarni muzlash chuqurligini hisobga olgan holda belgilanadi. Ko’pincha bu 3-5 m, botqoqlarda va suv oqimlarini o’tishda esa 1-15 m. Zaruriy hollarda quduqlardan grunt namunalari va yer osti suvi namunalari olinadi. Qoyali, illi yoki torfli gruntlarni chegaralarini aniqlash uchun qo’shimcha laxmlar o’tiladi. Daryolardan, kengayayotgan jarliklardan, katta daralardan o’tish uchastkalarida xam shu ishlar qilinadi. Truboprovod trassasi murakkab muhandislik - geologik sharoitli rayonlarni kesib o’tganda odatdagi tadqiqotlarga maxsus ishlar qo’shiladi, bunda razvedka lahmlarini soni anchagina ortadi. Bunday rayonlarga ko’chkili va karstli uchastkalar, ko’p yillik muzliklar, seysmik xududlar, lessli cho’kma gruntlar rivojlangan maydonlar, botqoqliklar, sho’rlangan gruntlar, tog’ rel’efli uchastkalar va b. kiradi. Masalan lyossli cho’kma gruntlar rivojlangan rayonlarda qo’shimcha ravishda cho’kma jinslarni zonasini turi va qalinligini aniqlash kerak; botqoqli hududlarda botqoqni hosil bo’lish sharoitlari o’rganiladi, ularni turi, tuzilishi va tarkibi belgilanadi; karstli rayonlarda karstni morfologiyasi, yoshi va boshqa xususiyatlari o’rganiladi va bunda qurilishga yaroqli va yaroqli bo’lmagan uchastkalar ajratiladi, hamda maxsus tadbirlardan so’ng yaroqli bo’lganlari xam. Doimiy muzliklar rayonlarida muzlik turi (yaxlit, qatlamlashgan), muzlagan jinslar qalinligi faoliyatli qatlamni buralishga xoxishligi, muz usti mavjudligi belgilanadi. 254 Tog’li rayonlarda sel, ko’chki, to’kilish, qor ko’chkilarini hosil bo’lishiga alohida ahamiyat beriladi va ularni truboprovodga ta’siri aniqlanadi. Mufassal tadqiqotlar muhandislik - geologik hisobot ko’rinishida rasmiy- lashtiriladi, u ishchi chizmalarni ishlab chiqishga asos beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling