Muhandislik geologik tadqiqotlar


Qurilish loyihasi uchun tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Qurilish loyihasi uchun tadqiqotlar. Mavjud shahar hududida qurilish 
loyihasi aloxida turar joy uylari (mikrorayonlar), kvartallar, ko’cha va 
maydonlar qurilishini ko’zda tutadi. Loyihalash ikki bosqichda - loyiha topshirig’i
va ishchi chizmalar olib boriladi. Har bir bosqichdan avval muhandis - geologik 
ishlar bajariladi. 
Loyiha topshirig’i uchun izlanishlar o’rganilayotgan maydonning 
hammasini geologik va gidrogeologik sharoitlarini yoritadi, gruntlarni muxandis-
geologik xususiyatlarini tavsiflaydi. Agar planirovka loyihasi yoki mufassal 
planirovka loyihasi uchun ushbu maydoncha uchun izlanishlar avval o’tkazilgan 
bo’lsa, unda qurilishni loyiha topshirig’i bosqichida bu materiallar yetarli bo’ladi, 
yangilarini o’tkazmaslik mumkin. Biror bir muhandis-geologik tadqiqotlar 
o’tkazilmagan bo’lsa, planirovka loyihasi va mufassal planirovka loyihasi uchun 
izlanishlar yuqorida ko’rsatilgan tarkib va hajmda o’tkaziladi. 
Ishchi chizmalar bosqichida muhandislik - geologik materiallar bitta 
hisobotda rasmiylashtirilishi mumkin. 
Ishchi chizmalarni tuzishda qo’shimcha tadqiqotlar belgilash xollari ham 
bo’ladi. Bu asosan binolarni joylashuvida o’zgarishlar bo’lganda yoki mavjud
geologik materiallarni tekshirish kerak bo’lganda amalga oshiriladi. 


246 
33.4.Alohida binolar uchun muxandislik-geologik izlanishlar 
Alohida binolar qurilishi uchun muhandislik - geologik ishlar, odatda, 
loyiha topshirig’i va ishchi chizmalar bilan bir vaqtda, ya’ni bir bosqichda olib 
boriladi. Bunda cheklangan maydoncha o’rganiladi. Unda o’tkaziladigan ishlar
hajmi muxandislik - geologik sharoitlarni murakkabligiga bog’liq, ular uch
toifaga bo’linadi: 
I toifa – geologiyasi oddiy uchastkalar: qatlamlar gorizontal yotadi; 
gruntlarni ko’tarish qobilyati yetarlicha; fundament ostidagi grunt suvlari faol
zonadan pastda yotadi; to’kma gruntlar qalinligi 2 m dan oshmaydi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling