267
Ishlatilgan burg’ilash eritmasi – bu quduqni burg’ilashni
texnologik
jarayonida kerak bo’lmaydigan, kimyoviy qayta ishlashni talab qiladigan va shlam
uchun qazilgan omborlarda kumilishi kerak bo’lgan eritmadir.
Burg’ilash shlami - har xil moslamalar yordamida sirkulyatsion sistema-
dan
chiqarilgan, burg’ilangan tog’ jinslari va burg’ilash eritmasidan iborat
chiqindi. Bu kimyoviy qayta ishlanishi va shlam
uchun qazilgan omborlarda
ko’milishi kerak.
Tuproq resurslarini himoya qilish uchun ko’rsatmalar:
1. Vaqtinchalik foydalanishga olingan yer maydonida quduqni ko’rish va
qazish
jarayonida, yerning ustki mahsuldor qismini bo’zilishi
va ifloslanishini
oldini olish kerak. Transportlar harakati faqatgina transportlar uchun mo’ljallangan
yo’llardan harakatlanishi kerak.
2.Burg’ilash chiqindilari burg’ilash maydonchasiga va tabiat o’simlik-
lariga ta’sir qilmasligi uchun ularni omborlarga chiqarish va ko’mib tashlash
kerak.
3.Yer omborlari va kotlovanlarning devorlari yaxshi ko’tarilgan bo’lishi
kerak (sababi ichidagi chiqindilar oqib chiqib ketmasligi uchun).
4.Eritmaga kaustik soda qo’shish jarayonida, kaustik sodaning yerga
to’kilishini oldini olish, agar to’kilgan bo’lsa suv bilan yuvib chiqindi omborlariga
tushirish kerak.
5. Burg’ilash maydonlaridan oqib chiqadigan iflos suvlarni dizel’ yoqilg’isi
va boshqa yonuvchi - moylovchi materiallar bilan yanada ifloslanishini oldini olish
kerak. Yonuvchi - moylovchi materiallar saqlanuvchi
idishlar shunday moslash-
tirilgan bo’lishi kerakki, idishlar to’ldirilganda ichidagi suyuqlik yerga
to’kilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: