Muhandislik geologik tadqiqotlar
Yerning ostki qismini va hayvonot olamini himoya qilish
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35.7. Rekul’tivatsiya
35.6. Yerning ostki qismini va hayvonot olamini himoya qilish
Burg’ilash jarayonida yerning ostki qismi ifloslanishiga asosan quduqni sifatsiz sementlash va sement qorishmasining himoya tizmasi ortidan quduq ustki qismigacha to’liq chiqmasligi sabab bo’ladi. 268 Uzaytirilgan yo’llanma sifatsiz sementlangan bo’lsa, burg’ilashning suyuq chiqindilari suvli gorizontlarni ifloslantirishi mumkin. Geologik muhitni ifloslanishini oldini olish uchun birinchi navbatda quduq va himoya tizmasi oralig’ini sifatli sementlash kerak. Quvur ostki oralig’idagi o’tkazuvchan qatlamlarni yaxshi yopish – qatlam flyuidlarining bir gorizontdan boshqasiga o’tishini va atmosferaga chiqishini oldini oladi. Bundan tashqari tekshirilayotgan ob’ektning kollektorlik xossalari ifloslanishini oldini oladi. Faqat to’g’ri tanlangan quduq konstruktsiyasi va himoya tizmalarining sifatli sementlanganligi burg’ilash va sinab qo’rish jarayonida qatlam suvlarini ifloslanishini oldini oladi. Tuproq resurslarini ifloslanishdan saqlash uchun ishlatish tizmasi ortidan sement halqasini loyihada ko’rsatilgan oraliqgacha ko’tarish kerak. Tizmalar orasidagi oraliqdan yer osti gorizontlariga burg’ilashdan chiqqan chiqindi suvlarni yuborish qat’iyan taqiqlanadi. Cho’l va yarim cho’lning hayvonot olami har-xildir va ularni himoya qilish talab qilinadi. Geologik - qidiruv ekspeditsiyasi ishchilariga ish jarayonida brakon’erlik bilan shug’ullanish taqiqlanadi. 35.7. Rekul’tivatsiya Rekul’tivatsiya deganda - bo’zilgan halq xo’jaligi yerlarini qayta tiklash yoki yerning ustki mahsuldor qatlamini qayta tiklash ishlari tushuniladi. Vaqtinchalik foydalanishga olingan yer maydonida burg’ilash ishlari boshlanmasidan oldin, yerning ustki mahsuldor qismi 0,2 metr qalinlikda yig’ib olinadi va sxemada ko’rsatilgan joylarda to’plab quyiladi. Yig’ilgan mahsuldor tuproq qalinligini saqlashda shunday joy tanlanishi kerakki, bu joy yoki syoki ko’tarilgan, qatlam suvlari oqib kelishi havfi bo’lmagan joylar bo’lishi kerak. Foydalanishga olingan maydonni har bir qismi toshlardan, metall bo’laklaridan tozalanadi va territoriya tekislanadi. Kimyoviy reagentlarni saqlash uchun mahsus saroylardan foydalaniladi. Quduqning ustki qismi (ust’ya) 1,5 x 1,5 metr kattalikda sementlanadi. 269 Qurilish ishlari tugagandan so’ng quduq konservatsiya qilinadi yoki tugatiladi. Burg’ilash uskunasi qismlarga ajratiladi va boshqa joyga o’rnatish uchun olib chiqib ketiladi. Quduqdagi burg’ilash eritmasi ham boshqa quduqlarda ishlatish uchun olib chiqib ketiladi. Burg’ilash uskunasi ostidagi fundament ham bo’zib olinadi va kerakli joyga ishlatish uchun olib chiqib ketiladi. Burg’ilash uskunalaridan tozalangan yer maydoni texnik va biologik rekul’tivatsiya yo’li bilan shunday holga keltiriladiki, bu yerda kelgusida ekin ekish ishlarida foydalansa bo’ladigan holga kelishi kerak. Yonuvchi-moylovchi materiallarni shimib olgan tuproq qismi yig’ib olib, kimyoviy reagentlar to’kilib ishdan chiqqan tuproq qismi ham yig’ib olinib ko’mib tashlanadi yoki ekspeditsiyaning axlat to’kadigan joylariga olib chiqib tashlanadi. Yonuvchi-moylovchi materiallarning ishga yaroqli qismini qayta ishlatish maqsadida olib chiqib ketiladi, ishga yaroqsiz qismi esa yoqib yuboriladi. Metallolom va quvur mahsulotlarining qolgan qismi bir joyga yig’iladi va olib chiqib ketiladi. Vaqtinchalik qurilmalar (saroylar, omborlar, bostirmalar) bo’zib olinadi va qayta ishlatish uchun olib chiqib ketiladi. Dizellar saroyi, nasoslar bloki va tuproq aralashtirgich ostidagi 0,1-0,15 metr qalinlikdagi tuproq yig’ib olinadi va shlam omborlarida kumib tashlanadi. Yerdan qazilgan shlam omborlari GOST 41-98.01- 74 talablariga javob bergan holda ko’mib tashlanadi. Qattiq holdagi organiq chiqindilar (yog’och materiallari, qog’oz qoplar va boshqalar) mahsus belgilangan joylarda, yong’in havfsizligiga rioya qilgan holda yoqib yuboriladi. Ish jarayonida bo’zilgan yer uchastkasi tekislanadi va oldingi holiga keltiriladi. Burg’ilash ishlarini boshlashdan oldin yig’ib, to’plab qo’yilgan tuproq qatlami o’z joyiga keltiriladi. Quduq ustiga kattaligi 1x1 metr bo’lgan beton tumba va quduq nomerini, qachon burg’ilanganini, quduqni burg’ilagan ekspeditsiyaning nomi yozilgan temir reper o’rnatiladi. Suv tarmoqlari bo’zib olinadi va olib keluvchi yo’llar rekul’tivatsiya qilinadi. Buzilgan yerlarni rekul’tivatsiya qilish jarayonida quyidagi transportlar ishlatiladi: - «Belarus’» ekskavatori; 270 - Yer ishlarini bajarishda ishlatiladigan bul’dozer, - SA-320 sementlash agregati, - Yuvuvchi transport. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling