Muhandislik geologik tadqiqotlar
Sanoat inshootlari qurilishi uchun muhandislik - geologik izlanishlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich izlanishlar
33.2.Sanoat inshootlari qurilishi uchun muhandislik - geologik izlanishlar.
Sanoat inshootlarini loyihalash ko’pincha ikki bosqichda bajariladi. Avvaliga loyiha topshirig’i ishlab chiqiladi, uning asosida esa texnik loyiha va 242 ishchi chizmalar tayyorlanadi. Murakkab ob’ektlar bo’yicha avval bajarilgan izlanishlarni aniqlashtirish va to’ldirish uchun qo’shimcha izlanishlar o’tkazilish mumkin. Ba’zan alohida murakkab bo’lmagan ob’yektlar bo’yicha tadqiqotlar loyiha topshirig’i uchun ham ishchi chizmalar ham barobar olib borilishi mumkin. Loyihalashni har bir bosqichidan oldin o’zining muhandislik - geologik izlanishlari o’tkaziladi: loyiha topshirig’i uchun - avvalgi, ishchi chizmalar uchun mufassal. Sanoat korxonasi xar xil bino va inshootlarni murakkab kompleksidir. Shuning uchun izlanishlar va asosiy inshootni loyihalash bilan parallel aloqa tarmoqlari, EUT, magistral truboprovod, kirib kelish va ichki avtomobil, temir yo’llari, arqonli yo’llar, suv ta’minoti inshootlari, kanalizatsiya va x.k. lar bo’yicha o’xshash ishlar bajariladi. Boshlang’ich izlanishlar. Zarur bo’lgan xollarda avval muhandislik- geologik ishlar texnik - iqtisodiy doklad (TID) darajasida bajariladi. Asosiy maqsad qurilish maydonchasini tanlash. Keyin tanlangan maydonchani o’rganish bo’yicha ishlar o’tkaziladi. Maydoncha tanlangan bo’lsa, muxandis-geologik tadqiqotlar shu maydonchada boshlanadi. Bu bosqichda tanlangan maydonchani umumiy muhandis-geologik baholash maqsadida ishlar amalga oshiriladi. Tadqiqotlar tarkibiga quyidagilar kiradi: - muhandis-geologik s’yomka; - razvedka laxmlarini o’tish va geofizik ishlar; - gruntlar va yer osti suvlari bo’yicha dala tajriba ishlari; - laboratoriya tadqiqotlari va kameral ishlar muhandislik - geologik hisobot tuzish bilan birga. Ko’p hollarda maydonchalar murakkab o’ziga xos sharoitlarga ega bo’ladi. Bu qo’shimcha ishlar o’tkazishni talab etadi, ularni tarkibi va mazmuni maydoncha sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Bunday sharoitlarga seysmik, botqoqlik, karstli, ko’chinli rayonlar, xamda doimiy muzlikli, lessli cho’kuvchan yotqiziqli maydonchalar va to’kiluvchi, yuviluvchi gruntli uchastkalar kiradi. 243 Ishlarni xamma materiallari umumlashtiriladi va muhandislik - geologik hisobot ko’rinishida ko’rsatiladi. Unda qurilish rayonini 1:25000-1:100000 masshtabli sharxli xaritasi, muhandis - geologik xarita va kesimlar, razvedla laxmlarini kalonkasi, jinslar va yer osti suvlari ko’rsatkichlari jadvallari, kuzatuvlar grafigi, tabiiy sharoitlarni fotografiyalari keltiriladi. Hisobot maydonchani umumiy muhandislik - geologik bahosini loyihaviy bino va inshootlarni xususiyatlarini xisobga olgan xolda beradi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling