Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   192
Bog'liq
-qullanma

II toifa – o’rtacha murakkablikdagi geologik uchastkalar: qatlam 3-4 ta
litologik har xil qatlamchalardan iborat; grunt suvlari faol zonada yotadi; to’kma 
gruntlar qalinligi - 3 - 4 mni tashkil qiladi. 
III toifa – geologiyasi murakkab uchastkalar: rel’yef o’zgaruvchan 
yerlarda joylashgan 4 mdan ko’p qatlamli kesim; qatlamlarni yotishi burmalangan; 
buzilgan; grunt suvlari fundament ostidan yuqorida yotadi; faol zona il, torf 
turidagi gruntlarga ega; to’kma gruntlar qalinligi 4 m dan ortiq; uchastkada 
tabiiy geologik xodisalar rivojlangan. 
Muhandislik - geologik ishlar odatdagi tartibda bajariladi. Ishlarni farqi 
bo’lajak baland binolar (9 qavatdan yuqori) maydonida gruntlar tajribaviy bosimlar 
bilan o’rganiladi. Xulosa yozishda qo’shni bo’lgan o’xshash geologik sharoitli 
uchastkalarda binolar qurilishi, ekspluatatsiyasi tajribalarini umumlashtirishga ham 
katta ahamiyat beriladi. 
Binolarni ustiga qurish, qayta qurish, binoni etajlarini o’zgartirishda 
muhandislik - geologik ishlar binoni qisman yoki to’liq qayta qurish loyihasini 
ishlab chiqish uchun o’tkaziladi. Bunday ishlar ko’pincha shaharlarni eski 
rayonlarini binolarini qavatini oshirish uchun bajariladi. 
Hamma ishlar bir bosqichda o’tkaziladi, ular loyiha topshirig’i va ishchi
chizmalar bosqichlariga bo’linmaydi. Quruvchilar qo’shimcha qavatlar qurish 
mumkinligini aniqlash maqsadida bino instruktsiyasini o’rganadilar, muhandis-
geologlar esa asos gruntlarini o’rganish bilan shug’ullanadilar. 


247 
Agar binoni loyihasi va avvalgi muhandis-geologik izlanishlarni 
materiallari saqlanib qolgan bo’lsa, unda ishlar xajmli minimal bo’ladi. Bunda 
laboratoriya analizlari uchun monolitlar olish va bino holatini tekshirish yetarli 
bo’ladi. Agar bu materiallar saqlanmagan bo’lsa, unda muhandislik - geologik 
ishlarni to’liq hajmi bajarilishi kerak. 
Muhandislik - geologik tadqiqotlarni to’liq hajmi tarkibiga ushbu hudud 
yoki qo’shni uchastkalar bo’yicha geologik va gidrogeologik materiallarni 
o’rganish, maydonni geologik buzilishini, grunt suvlarini, muhandis-geologik 
jarayonlarni va tabiiy geologik xodisalarni chuqurligi va holati, podvallar 
(yerto’lalar) devorlari, gidroizolyatsiya, drenaj konstruktsiyalari va x.k. aniqlanadi. 
Hamma geologik masalalarini yechish uchun razvedka lahmlari ishlatiladi. 
Lahmlar soni va ularni chuqurligi binolar o’lchami, hamda uchastkani geologik 
tuzilishini murakkabligiga bog’liq ravishda belgilanadi. Bino o’lchami seksiyalar 
soni bo’yicha baholanadi (seksiya – binoni 30 m dan ortiq bo’lmagan uzunlikdagi 
qismi). 1-2 ta seksiya bo’lganda 4 ta quduq qaziladi, 3-4 ta seksiyada 4-6 ta quduq, 
4 tadan ko’p seksiyada 8 ta quduq. Shurflar soni ham seksiya sonidan belgilanadi: 
1 seksiya - 3 ta shurf, 2 seksiya -5 ta shurf, 3-4 seksiyaga - 7 ta, 4 tadan ko’p 
seksiya - 10 ta shurf. Lahmlarni ko’rsatilgan soni oddiy geologik tuzilishli 
uchastkalar uchun kamaytirilishi mumkin. Quduqlarni chuqurligi quyidagi formula 
bo’yicha aniqlanadi: 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling