127
Sul’fatli suv, beton tarkibiga kirib uning tarkibidagi ohakli birikmalar
bilan
reaktsiyaga kirishib, beton tarkibida (CaSO
4
.2H
2
O) gips kristallarini hosil
qiladi. Bu kristallarning hajmi ortib beton devorchalarini yemiradi. Sul’fatli suv
tarkibida SO
4
2
- ioni 2500 mg/l gacha bo’lsa,
bunday suv oddiy sementni
yemirmaydi. Sulfatga turg’un sementlar, ushbu ko’rsatgichning 400 mg/l dan
ko’p bo’lmagan miqdorida yemirilmaydi.
Magnezial agressivlik - suv tarkibida magniy miqdori 2500 mg /
l dan
ko’p bo’lgan miqdordagina ro’y beradi. Magnezial yemirilishda ham beton
g’ovakchalari devorlarida zo’riqishlar hosil bo’lib, uni buzilishga olib keladi.
15.3. Yer osti suvlarining yotish sharoiti buyicha turlari
Yer osti suvlarini yer qobig’ida joylashishi buyicha klassifikatsiyasi
gidrogeologiyada muhim o’rin tutadi. Yotish sharoiti bo’yicha
yer osti suvlari
quyidagi turlarga bo’linadi: yuzaki suvlar,
grunt suvlari, qatlamlararo suvlar.
(15.2-rasm).
15.2 – rasm. Yer osti suvlarining joylanishiga qarab klassifikatsiyasi