Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grunt suvlari quyidagi ko’rinish bilan xarakterlanadi
Grunt suvlari – grunt suvlari uchun asosiy elementlardan biri, uning
ostida suv o’tkazmaydigan qatlamning yotishidir. Grunt suvlari yer qatlamining birinchi suvli gorizontini hosil qiladi. Grunt suvlari atmosfera va yer usti suvlari bilan bog’langan bo’ladi. Grunt suvlarining yuzasi grunt suvlari sathi deb ataladi (15.4-rasm). 15.4 – rasm. Grunt suvi. 1-grunt suvining satshi (g.s.s); 2-shu joydagi suvli qatlam qalinligi (H); 3-suv o’tkazmaydigan qatlam 15.5 – rasm. Mahalliy bosimning vujudga kelish sxemasi.: 1-grunt suvi; 2- gil qatlamchasi; 3 - grunt suvining yuzasi; 4- mahalliy bosimning balandligi Grunt suvlari yer osti havzalari va oqimlarini hosil qiladi. Ular yuzasi gorizontal bo’lishi mumkin. Odatda grunt tarkibidagi suv o’z og’irligi buyicha pastlik tomon harakat qiladi. Agarda suvli grunt daryo, jarlik, ko’l yoki yerning pastki qismlari tomonidan chiqib ochilib qolmasa, suvning sathi doimiy turaveradi. Daryo yoki oqar ko’llarga yaqin yerlarda grunt suvlarining sathi tekis 130 pasayadi bu yer depressiya yuzasi deb ataladi. Bunday hodisa grunt suvlari sathi daryo suvi sathidan yuqori bo’lganda ruy beradi, buning natijasida grunt suvi daryoga quyiladi. Shuningdek yer yuzida yerning rel’yefiga qarab, grunt suvlari past bosimli buloq suvi shaklida chiqishi mumkin. Agarda daryo yoki ko’ldagi suv sathi yuqori bo’lsa, ular grunt suvlari sathini ko’taradi. Bu ayniqsa suv atrofida qurilgan xududlarda sezilarlidir. Grunt suvlari quyidagi ko’rinish bilan xarakterlanadi: 1.Grunt suvlari asosan atmosfera suvlari va yer yuzidagi suv havzalari va daryolardan ta’minlanib turadi. Ularning ta’minlashi sohasi odatda, tarqalish sohasiga yaqin joyda bo’ladi; 2.Grunt suvlari bosimsiz bo’lganligi uchun ularning sathi qazilgan quduq og’ziga yetmaydi; 3.Grunt suvlari yer yuzidagi suvlar bilan gidravlik bog’liqdir; 4.Grunt suvlarining sathi va rejimi - daryoga yaqin yerlarda, daryo o’zanidagi suv sathiga bog’liq ravishda o’zgarib boradi. Daryo va ko’l suvlaridan uzoqlashganda, grunt suvlarining sathi 1...1,5 m gacha o’zgaradi. Grunt suvlarining joylanish chuqurligi 1...2 metrdan 20...50 metrgacha o’zgaradi. Grunt suvlarining qalinligi suvli qatlam qalinligi bilan o’lchanadi. Grunt suvlari turli yo’llar bilan hosil bo’lgan bo’sh jinslar (allyuvial, delyuvial, ellyuvial va boshqa jinslar) g’ovaklarida bo’ladi. Odatda, uvalangan tog’ jinslarining g’ovaklariga va tub tog’ jinslaridagi yoriqlarni infil’tratsiya suvlari to’ldirib turadi. Amalda grunt suvlari qurilishda ko’proq uchraydi, ular handaqlarni, yer to’lalarni to’ldirib qo’yadi, bino va inshootlardan foydalanishnii qiyinlashtirib qo’yadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling