Muhandislik geologik tadqiqotlar
GRUNTLARNING MUHANDIS – GEOLOGIK KLASSIFIKATSIYASI
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
18. GRUNTLARNING MUHANDIS – GEOLOGIK KLASSIFIKATSIYASI
VA FIZIK - MEXANIKAVIY XOSSALARI Muhandis - geologik jarayonlar va hodisalar ro’y berayotgan muhitni gruntlar deb atash mumkin. Muhandislik - qurilish maqsadlarida birinchi navbatda tog’ jinslarini inshootlardan tushayotgan yuklamalarga bo’lgan qarshiligi qiziqtiradi. Tashqi kuchlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati tog’ jinsi zarrachalari orasidagi bog’lanish xarakteriga bog’liqdir. Tog’ jinslari zarralari orasidagi 4 xil bog’lanishlarni belgilash mumkin: 1. Qattiq mustahkamli bo’lib, jinsni suvda ivitilganda – o’zgarmaydi; 2. Qattiq mustahkam bo’lib, jinsni suvda ivitganda – bo’shashib ketadi; 3. Suvli harakatchanli bo’lib, jins quritilganda yoki suvda ivitilganda o’z mustahkamligini o’zgartiradi; 4. Bog’lanish bo’lmagan hol – bunda o’zaro bir - biriga nisbatan harakatlariga, ular orasidagi ishqalanish kuchi qarshilik ko’rsatadi. Shularga asosan hamma tog’ jinslarini qoyatosh va qoyatosh bo’lmagan sinflarga ajratish mumkin. Qoyatosh jinslarga - zarralari qattiq bog’langan tog’ jinslariga aytiladi. Bu bog’lanishlar, kristalli, sementli bo’lib, ana shu sababli qoyatosh gruntlarga magmatik, metamorfik va sementlashgan cho’kindi tog’ jinslari kiradi. Cho’kindi tog’ jinslaridan ba’zi qoyatosh jinslardagi kristall bog’lanishlar suvda ivitilganda bo’shashib, suv kolloidli bog’lanishga o’tadi. Bu guruhdagi jinslar yarim qoyatosh jinslar deb ataladi. Qoyatoshli bo’lmagan tog’ jinslari zarralari orasidagi bog’lanishlar siljuvchan, suvli kolloidli bo’lsa, ularga bog’langan gruntlar, qoyatoshli bo’lmagan va zarralari orasidagi bog’lanishlar bo’lmasa, bog’lanmagan yoki ayrim – donali deb ataladi. Qoyatosh va yarim qoyatosh jinslarning muhandis – geologik xossalari turlichadir. Gruntlarning to’la xarakteristikalari uchun – ularning hosil bo’lishi, mineral tarkibi, strukturasi va teksturasi yetarlicha deb bo’lmaydi, shu sababli fizikaviy va mexanikaviy xarakteristikalar sistemasi ishlab chiqilgandir. 147 Ushbu sistemadagi xarakteristikalar: masalan zichlik, g’ovaklik, maydaligi va boshqa xossalar turli kategoriyali tog’ jinslari uchun ham taalluqlidir. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling