Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho’kish hodisasi
19.2 -jadval
Т/r Gillarning turlari Jinslarning turi Plastiklik soni 1 1 - turdagi Gillar yuqori plastikli jinslar 17 2 2 – turdagi Qumoq tuproq (suglinok) plastikli jins 17 - 7 3 3 – turdagi Qumloq tuproq (supes) kam plastikli 7 4 4 - turdagi Qumlar (noplastik jinslar) 0 Gilli jinslarni bo’kishi, (shishishi) deb, o’z g’ovaklariga suvni shimib olishi natijasida hajmini qattalashishiga aytiladi. Hajmini oshib borishi, ko’pchish bosimini yuzaga keltirib chiqaradi. Gruntlarning bo’kish darajasi, grunt 153 tarkibidagi gilli va changsimon zarralar miqdoriga, ularning ximiyaviy va mineralogik tarkibiga bog’liq bo’ladi. Bentonitli gillar, masalan; o’z hajmini - 80% gacha, kaolinitli gillar esa – 25 % gacha oshiradi. Bo’kish koeffitsienti, odatda, tajriba yo’li bilan, suv bilan to’yinish jarayonida, hajmini ortib borishiga qarab aniqlanadi: К=100(V – V i ) (19.11) bunda, V - suvga to’yingan jinsning hajmi; V i - jinsning quritilgan holatidagi hajmi; Gruntlarning bo’kishi tufayli hajmini o’zgartirishi qurilishda muhim ahamiyatga ega. Gillarni bo’kish hodisasi, qurilishda chuqurliklarga transheyalarga, suvning to’planishi va suv omborlari, to’g’onlar qurilishida ro’y berib, bu hodisa sababi, qurilish rayonining gidrogeologik sharoitini o’zgarishidir. Cho’kish hodisasi deb jinslarning qurishi natijasida, uning o’lchamlarini qisqarishi tushuniladi. Gilli jinslarning tarkibida mayda zarralar qanchalik ko’p bo’lsa, plastikligi qanchalik katta bo’lsa, uning qurib cho’kish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Bizning Respublikamiz hududlari quruq issiq iqlimli sharoit hisoblanib, bu sharoitlarda qurib cho’kish, namli sharoitli hududlarga qaraganda ko’proq bo’ladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling