Muhandislik geologik tadqiqotlar
Bu yerda: ск - grunt skeletining hajmiy massasi; - gruntning zichligi; с
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
Bu yerda:
ск - grunt skeletining hajmiy massasi; - gruntning zichligi; с - suvning zichligi. Tabiatda gilli gruntlarni namlik miqdoriga qarab, qattiq, plastik va oquvchan holatlarda bo’ladi. Gruntlarning bir holatdan, ikkinchi holatga o’tishdagi namligi - xarakterli namligi deb ataladi. Gruntning plastikligi deb, tashqi kuch ta’sirida har-xil shaklga kira olishi va kuch ta’siri yuqolgandan keyin ushbu shaklni saqlab qolish xususiyati tushuniladi. Plastiklik, tarkibida gil zarrachalari ko’p bo’lgan, gillarga xos bo’lgan xususiyatdir. Tashqi kuch ta’sirida, gilli jinslarning deformatsiyalanishi, ularning namlik darajasidagi holatiga bog’liq bo’ladi. Gillarning plastikligini ifodalash uchun, plastiklik soni degan tushuncha kiritilgan. Plastiklikning quyi va yuqori chegaralari bo’ladi. Ular o’rtasidagi farq - plastiklik sonini bildiradi. 152 Gruntning plastik holatidan, oquvchan holatga o’tishidagi namligi, plastiklikning yuqori chegarasi (Wt) deb yuritiladi. Gillar plastikligi yuqori chegarasidagi (oqish chegarasidagi) namlik darajasini aniqlash uchun, chinni kosachaga gilni suyuq hamir holiga keltirib solib, uning yuzida chuqur iz qoldiriladi, shundan so’ng, kosacha qo’l kafti bilan 3 marta yengil silkitilganda iz yuqolib, yuzaga qo’shilib ketishi lozim. Gruntning yumshoq holatidan qattiq holatidagi o’tishidagi namligi plastiklikni quyi chegarasi deb ataladi. Plastiklikni quyi chegarasidagi namlikni aniqlash uchun, gilli jinsni distillangan suvda qorib, xamir tayyorlaymiz va undan 3 mm qalinlikdagi tayoqchalar tayyorlab, uni barmoq bilan yerda yurg’izib aylantiramiz. Agar xamirdan tayyorlangan tayoqcha ezib aylantirilganda, uvalanib, mayda bo’lakchalarga bo’linib ketsa, gilning shu holatidagi namligi, plastiklikni quyi chegarasidagi namligi deb qabul qilinadi. Plastiklikni yuqori chegarasi (Wt) bilan, quyi chegarasi (Wp) orasidagi ayirma - plastiklik soni deb ataladi va uni Ip bilan belgilanadi. I p =kW t -Wp (19.10) Quyidagi jadvalda turli jinslar uchun plastiklik soni keltirilgan Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling