“Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji
Download 1.38 Mb.
|
Ilmiy amaliyot (stajirovka)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XISOBOT
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI MAGISTRATURA BO‘LIMI 70730401 - “Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)” mutaxassisligi M3-21MKT guruhi magistranti Xolmatov Ixtiyor XISOBOT Ilmiy amaliyot (stajirovka) Bajardi: Xolmatov I. Kafedra mudiri: dots. Mamatisayev G‘.I. Korxonadagi rahbari: ___________________ Ilmiy amaliyot (stajirovka) rahbari: ___________________ FARG‘ONA-2023 Ilmiy amaliyot (stajirovka): Oqava suvlarni avtonom kanalizatsiya yordamida tozalashning samaradorligini oshirish. Reja: Kirish. Asosiy qism. Texnika xafsizligi qoidalari bilan tanishish. Dissertatsiya ishi bo‘yicha adabiyotlar tahlilini qilish. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha oqava suvlarni avtonom kanalizatsiya yordamida tozalashning o‘rganish. Oqava suvlar tarkibini o‘rganish, kichik suv tozalash inshootlarining turlari va ulardan foydalanish tartibining nazariy asoslari. Quvasoy shahrida joylashgan joylashgan kichik suv tozalash inshootini (septik) ishlashini samaradorligini oshirishni istiqbollik loyihasini ishlab chiqish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Kirish. Atrof-muhitni antropogen ta’sirlardan himoya qilishga bugungi kunda dunyo miqyosida katta e’tibor berilmoqda. Sanoatning, shu jumladan, kimyo sanoatining jadal rivojlanishi, xomashyo qazib olishning ko‘payishi, transportdan foydalanishning oshib borishi atrof-muhitga juda ko‘plab chiqindilar tashlanishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda va chet davlatlarda atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish bilan oldini olish maqsadida tegishli qonunlar ishlab chiqilmoqda, turli exnologik, sanitar-texnik, texnik, tashkiliy boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo‘jaligining sanoat asosiga o‘tkazilishi, shaharlarning o‘sishi, odamlarning ko‘payishi suv iste’molining ortishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda sanoat korxonalarida tarkibi turlicha bo‘lgan oqova suvlar hosil bo‘lmoqda. Tabiiyki ularni tozalash uchun zamonaviy tozalash inshootlari va texnologiyalarini yaratish hamda joriy etish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, sanoat korxonalarida suvning yopiq zanjirli tizimini hosil qilish hisobiga toza suv iste’molining kamaytirish ham asosiy muammolardan biridir. Buning uchun shu sohada ishlovchi mutaxassislarda yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lishi talab etiladi. Oqova suvlarni tabiiy yo‘l bilan tozalashda birinchi navbatda ularning zararlilik darajasini undagi ifloslantiruvchi moddalarning xususiyati va tarkibiga bog‘liq. Og‘ir metallarning tuzlari, sianidlar, fenollar, vodorod sulfid, kanserogen moddalar va boshqa shu kabi moddalar oqova suvning yuqori darajada zaharlanishiga va hidi o‘zgarishiga olib keladi. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida Respublika bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 0,9 % ni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Qashqadaryo viloyatida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 2,3 % ini tashkil etdi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 2,2 %, Jizzax viloyatida 2,0 % va Andijon 1,9 % investitsiyalar Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi. Yurtimizda oilalar va mahallalar soni muntazam ko‘payib, yuzlab yangi turar joy mavzelari, aholi punktlari barpo etilayotgani va shaharlarning kengayib borayotgani ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini tubdan yaxshilash borasida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bu chora-tadbirlar energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida suv chiqarish va kanalizatsiya-tozalash inshootlari, suv o‘tkazgichlar, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilishi lozim. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling