Muhayyo hakimova semasiologiy a
Ma'noni komponent tahlil qilish usuli
Download 185 Kb.
|
Semasiologiya lotin
12. Ma'noni komponent tahlil qilish usuli
So’nggi yillarda tilshunoslikning semasiologiya sohasida ma'noni, jumladan, leksik ma'noni ma'no bo’laklariga, ma'no komponentlariga bo’lib o’rganish avj oldi. Hozirgi kunda jahon va o’zbek ma'noshunosligida komponent yoki semik tahlilning nazariy va amaliy jihatlari borasida ancha tajriba to’plandi, metodning atamalari ishlab chiqildi, semantik hodisalarning mohiyati ushbu usul orqali ochilmoqda. Komponent yoki semik tahlil ma'noni ma'no bo’laklariga, semalarga ajratib o’rganish usulidir. Bunda o’rganilayotgan semema semalarga ajratiladi va Ushbu semalar orqali sememaning ma'nosi aniqlanadi. Semik tahlilining asosiy maqsadi: 1. Til lug’at tarkibini sanoqli zlementar semantik birliklar (sema) yig’indisi zkanligini isbotlash va lug’aviy tarkibni miqdoran ko’p bo’lmagan, chegaralangan semalar orqali o’rganish. 2. Har bir leksemani zlementar komponentlarga ajratish. Leksik ma'no tarkibida ajratilayotgan birliklarning atamasi hususida tilshunoslikda har hilliklar mavjud. Ushbu birlik «differentsial belgi», «ma'noning differentsial belgisi», «ma'no figurasi», «semantik ko’paytiruvchi», «semantik marker» kabi terminlar bilan ataladi. So’nggi yillarda rus va o’zbek tilshunosligida «sema» termini qo’llanib kelmoqda. Demak, tahlilda ajratilayotgan ma'no bo’lagi sema deytladi. Semalar ajratilayotganda, avvalo, umumiy semalar ajratiladi va hususiyga tomon boriladi. Semalar iloji boricha oz miqdorda ajratilishi lozim. Semalarning yig’indisi zsa mazkur leksema ifodalayotgan ma'noni berishi kerak. Masalan, kun1: sutka qismi, yorug’. Ma'nosi: sutkaning yorug’ qismi. Nazorat uchun savol va topshiriqlar: 1. Metod deb nima? 2. Ilmiy metodlar qanday tasnif qilinadi? 3. Aanliz va sintez haqida ma'lumot Bering 4. Induktiv va deduktiv metodlar haqida ma'lumot Bering 5. Tavsifiy metodning semasiologik tadqiqotlardagi o’rni qanday? 6. Tarihiy va qiyosiy metod haqida ma'lumot Bering 7. Leksik ma'noni komponentlab tahlil qilish metodining asosiy maqsadi nima? Download 185 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling