Muhayyo hakimova semasiologiy a


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 185 Kb.
bet9/12
Sana10.01.2023
Hajmi185 Kb.
#1087187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Semasiologiya lotin

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. To’g’ri ma'no deb qanday ma'noga aytiladi? Misollar keltiring.
2. Ko’chma ma'no deb qanday ma'noga aytiladi? Misollar keltiring.
3. Nominativ ma'no qanday ma'no?
4. Figural ma'no qanday ma'no?
5. Semantik motivlashish nuqtai nazaridan leksik ma'nolar qanday turlarga bo’linadi?
6. Bosh ma'no va uning o’ziga hos hususiyatlari nimalardan iborat?
7. Hosila ma'noning o’ziga hos hususiyatlari nimalardan iborat?
8. Qanday ma'nolarga zrkin ma'no deyiladi?
9. Qanday ma'nolarga bog’liq ma'no deyiladi?
10. Frazeologik bog’langan ma'no deb qanday ma'noga aytiladi?
11. Sintaktik jihatdan chegaralangan ma'no deb qanday ma'noga aytiladi?
12. Konstruktiv shartlangan ma'no deb qanday ma'noga aytiladi?


POLISEMIYa
10. Polisemiya hodisasining umumiy tavsifi
Leksemaning bittadan ortiq ma'no anglatish hodisasiga ko’p ma'nollik yoki polisemiya deyiladi. Bittadan ortiq ma'no anglatidigan leksema zsa ko’p ma'noli, polisemem, polisemantik leksema sanaladi.
Polisemiya universal asosiy semantik hodisalardan biridir. Tildagi iqtisod (tejamkorlik) qonuni va umumiylik printsipini polisemiya vujudga keltiruvchi asosiy sabablardan deb sanaladi.
Ma'lumki, so’zlar yangi yaratilgan davrida bir ma'noli bo’ladi. Olamning o’zlashtirilishi va inson bilimining oshib borishi natijasida leksemaning ma'nolari ko’payib boraveradi. Masalan, o’zbek tilidagi quloq leksemasi avval tirik mavjudotlarning tashqi zshitish organini nomlagan bo’lsa, ushlagichli qozon yaratilgan so’ng uning ushlagichini (qozonning qulog’i), keyinchalik radio va televizorning buragichini ham nomlay boshlagan (radioning qulog’i). Yoki, bosh leksemasi avval tananning bo’yindan yuqorigi, oldingi qismini nomlagan bo’lsa, keyinchalik zsa u yana 18 ta narsa va belgi kabilarni ham nomlay boshladi. Bizni qurshab turgan olam va u haqidagi bilimlarimiz cheksiz bo’lib, ushbularning nomlovchi til imkoniyatlarimiz zsa cheklangandir. Masalan, o’zbek tilidagi mavjud tovush va ularning turli kombinatsiyalari bilan butun olamni va u haqidagi tasavvurlarimizni nomlash mumkinmi?! Albatta, bu o’rinda polisemiya tabiiy hodisa sifatida vujudga keladi. Ya'ni, bitta belgi bilan turlig'tuman lekin o’zaro bog’liq hodisalar nomlanadi.
Polisemiya hodisasida, asosan, bir narsaning nomi bilan yangi anglangan, o’zlashtirilgan, hali nomga zga bo’lmagan 2g'narsa (predmet, belgi, harakat) nomlanadi. Masalan, lab leksemasim avval og’iz bo’shlig’ining kirish qismini chegaralab turadigan teri burmasini (Lab1. Labini burdi) nomlagan bo’lsa, keyinchalik idishning, idish og’zining aylana chetini (Lab2. Piyolaning labi), suvli sathning qirg’og’ini (Lab3. Daryoning labi), erdan baland yassi sathning cheti, chekkasini (Lab4: Supaning labi) nomlagan. Bu holatda 3 ta yangi ma'nolar (Lab2, Lab3, Lab4) uchun alohida so’z yaratilmasdan, muayyan umumiyliklar asosida mazkur ma'nolar lab leksemasi bilan ifodalangan. Demak, bu o’rinda 3 ta so’z (leksema) iqtisod qilingan, tejalgan.
O’zbek tilidagi sichqon leksemasi yaqin vaqtlargacha kemiruvchilarning bir turini nomlagan bo’lsa, hozirgi paytda kompyuter boshqaruvining bir qismini ham ataydi. Ya'ni, sichqon leksemasida qo’shimcha ikkinchi ma'no hosil bo’ldi va u polisemem leksemaga aylandi. Iqtisod printsipi asosida voqe bo’lgan hosila ma'nolar konnotativ jihatdan neytral bo’ladi. Ular zmotsionalg'zkspressivlik, modallikdan holi bo’ladi.
Juda kam hollarda polisemiya iqtisod printsipi asosida zmas, aksincha, ortiqchalik printsipi asosida ham voqe bo’ladiki, bunda nomi mavjud narsalar qaytadan nomlanadi. Masalan, latta leksemasi bo’sh yoki noshud leksemasi ifodalagan ma'noni, tulki leksemasi ayyor leksemasi ifodalagan ma'noni qaytadan nomlagan. Ortiqchalik printsipi asosida qayta nomlashdan maqsad kuchli konnotatsiya, zmotsionalg'zkspressivlik hosil qilishdir. Taqqoslang: ayyor odam – tulki odam, bo’sh yigit – latta yigit.
Polisemiyaning yana asosiy sabablaridan biri umumlashtirishdir. Umumlashtirish dunyoni anglashda va o’zlashtirishdagi inson tafakkurining zng harakterli hususiyatlaridan biri bo’lib, voqelikdagi turli narsalar muayyan umumiyliklar asosida birlashtiriladi. Polisemiya ham umumlashtirish asosida hosil bo’ladi. Bir narsaning nomi ikkinchi narsaga ham nom qilib berilar zkan, albatta ular o’rtasida umumiylik bo’lishi lozim. Boshqacha aytganda, bitta leksema bilan ifodalanadigan barcha ma'nolar muayyan umumiyliklar asosida o’zaro bog’liq bo’ladi. Masalan, o’zbek tilidagi ko’z leksemasi polisemem bo’lib, uning O’TIL lug’atida to’rtta ma'nosi qayd ztilgan:
Ko’z1 g' tirik mavjudotning ko’rish a'zosi. Ko’z oqi, ko’z qorachig’i.
Ko’z2 – nazar, nigoh, qarash. Ko’zi o’ynagan, ko’zdan uzoq.
Ko’z3 – ko’rish qobiliyati. Ko’zi hira, ko’zi o’tkir.
Ko’z4 – ba'zi narsalarning biror belgi bilan ajralib, ko’zga o’hshab ketadigan qismi, bo’lagi. Derazaning ko’zi, buloqning ko’zi, yog’ochning ko’zi.
Ma'nolararo umumiylikka diqqat qilamiz:
Ko’z1 va Ko’z2 sememasining bog’liqligi, umumiyligi quyidagichadir: ko’rish a'zosi – ko’rish a'zosi bajaradigan vazifa (metonimiya);
Ko’z1 va Ko’z3 sememasining umumiyligi: ko’rish a'zosi – ko’rish a'zosi bajargan vazifaning sifati;
Ko’z1 va Ko’z4 sememasi o’rtasidagi umumiylik o’hshashlikka asoslanadi: odamning ko’zi – yog’ochning ko’zi (shakliy o’hshashlik), odamning ko’zi – buloqning ko’zi (yosh va suvning, ya'ni suyuqlikning oqishi)…
Umumlashtirish va iqtisod qonuni asosida ma'nolar umumlashtiriladi va ihcham ko’rinish kasb ztadi. Demak, polisemiya olam haqidagi ma'lumotlarni tilda saqlashning zng ihcham va qulay usulidir(qiz, 197g'b)
Polisemiyaga sof lisoniy nuqtai nazardan yondoshsak, ushbu hodisaning mohiyati shakl va mazmun nomutanosibligi bilan belgilanishining guvohi bo’lamiz .
Muayyan bir belgi (shakl) o’zining ma'nosidan boshqa ma'nolarni ifodalashga harakat qilsa, ma'no zsa aksincha o’zining shaklidan boshqa vositalar bilan ifodalanishga harakat qiladi. Bir ma'noning bir necha shakllar bilan ifodalanishi bilan sinonimiya hodisasi voqe bo’ladi. «O’ziga ortiq darajada baho beruvchi kishi» ma'nosi kekkaygan, gerdaygan, kerilgan, dimog’dor, kalondimog’, kerik, manman, takabbur shakllarida ifodalanadi.
Bir shaklga birdan ortiq ma'noning to’g’ri kelishi natijasida zsa polisemiya (ba'zan omonimiya) hosil bo’ladi:
Kuz shakl
Yoz bilan qish umrning ohirgi damlari ma'no
o’rtasidagi sovuq fasl
Polisemiyada bitta shakl g' nomema bilan birdan ortiq ma'no semema ifodalanadi.
Ayrim tilshunoslar zsa umuman polisemiya hodisasini tan olmaydilar, ularning fikricha, «so’z ma'nosidagi kichik o’zgarish ham uni boshqa so’zga aylantiradi»
Ba'zi tilshunoslar zsa polisemiyani shakl va mazmun nomutanosibligi asosida izohlamaydilar. Ularning fikricha, semema «zmik» birliklar sirasining a'zolaridan biri bo’lib, u muayyan umumiylik sifatida turlicha ko’rinishlarda yuzaga chiqadi. Bunday tajallilar, ya'ni hususiyliklar sememaning variantlaridir. Soddaroq qilib aytganda, polisemem leksema tarkibida bitta umumiy invariant leksik ma'no g' semema mavjud. U asosan bosh ma'noga teng bo’ladi. Mazkur semema asosida shakllanadigan barcha (ikkilamchi) hosila, ko’chma ma'nolar ushbu invariant sememaning turli ko’rinishlari – variantlaridir. Bunday hususiy ko’rinishlar, variantlar «allosemlar»lar (hosila ma'nolar) deb ataladi. Allosemlarning har biri o’z mustaqil semem strukturasiga zga zmas. Ular leksemaning yagona sememasidagi muayyan semalarning konsituativ saralangan yig’indisidir. Masalan, o’zbek tilida yonmoq leksemasining 10 ta ma'nosi bo’lib, bosh ma'nosi «o’t olmoq, o’tda kuymoq»dir. Qolgan to’qqizta allosemlar, variantlar (hosila ma'nolar) uchun u umumiydir, yoki allosemlar (hosila ma'nolar) uning ko’rinishi, variantidir. «Yonmoq» leksemasining yagona invariant sememasi tarkibidagi semalarning o’rni va maqomining o’zgarishi natijasida allosemlar hosil bo’ladi.
Ko’p ma'noli leksemalar ma'nolari o’rtasidagi bog’liqning mavjudligi, barcha ma'nolar o’rtasida umumiylikning borligi ushbu nazariyada jon borligini isbotlaydi. Aslida, mazkur qarash va an'anaviy tarzdagi ko’p ma'noli leksemaning barcha uzual hosila ma'nolarini semema deb yuritilishi bir hodisaga turli nuqtai nazarlardan qarashdan kelib chiqadi.
Leksemaning har bir uzual hosila ma'nosini semema deb hisoblanishining asosiy sababalaridan biri har bir hosila ma'no bosh ma'nodan farqli, o’ziga hos paradigmatik va sintagmatik munosabatlar hosil qila oladi. Masalan, Lekin bunda shakl va mazmun nomutanosibligi (bir nomemaga birdan ortiq sememaning mos kelishi) kuzatiladi. Bu zsa tilda mavjud hodisa, uni boshqa lisoniy hodisalarda ham kuzatish mumkin.
Polisemem leksema va uning ma'nolariga invariantg'variant nuqtai nazaridan yondashilganda zsa, shakl va mazmun mutanosibligi saqlanadi. Semantik strukturadagi ma'nolararo (variantlararo) munosabatlarga alohida z'tibor qaratiladi. Lekin bunda har variantning o’ziga hos paradigma va kontekst hosil qilishi nazarda tutilishi lozim. Agar invariant sememaning har bir ko’rinishi (uzual va nutqiy) uning varianti deb olinsa, bu holda uning uzual va nutqiy ma'nolarini farqlash qiyin kechadi, ko’p ma'nolilik hodisasining mohiyati ham o’zgaradi.
Polisemem leksema ifodalayotgan uzual hosila ma'nolarning paradigmatik va sintagmatik munosabatlarga kirisha olish imkoniyatining birg'biridan farqli zkanligi ularni alohida semema sifatida o’rganishni taqozo qiladi va biz quyida semema termini bilan ish ko’ramiz.
Hozirgi kunda polisemem leksema anglatayotgan ma'nolarni (semema, semantik variant) lisoniy yoki nutqiy zkanligining imkoni boricha to’g’ri va aniq ajratilishi muhimdir. Uzual va nutqiy ma'nolarning ajratishning aniq omillari hususida bir hillika kelishish lozim. Zero, turli lug’at, tilshunoslikka oid adabiyotlarda ayni bir leksemaning ma'nolari turlicha berilishi kuzatilmoqda.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Polisemiya qanday hodisa?
2. Polisemiyani vujudga keltiruvchi asosiy omillar nimalardan iborat?
3. Tildagi tejamkorlik printsipi va uning polisemiyaga ta'siri haqida gapiring.
4. Polisemiyadagi shakl va mazmun nomutanosibligini tushuntiring.
11g'&. Polisemem leksemada ma'nolararo munosabatlar
Polisemem leksemaning semantik strukturasi u ifodalagan ma'nolar va ularning munosabatidan iborat bo’ladi. Har bir ma'no o’zining mustaqil semantik strukturasiga zga bo’lishi bilan birga, leksema tarkibidagi boshqa sememalar bilan ham muayyan munosabatlar hosil qiladi.
Polisemem leksemalar tarkibidagi ma'nolararo munosabatlar tipik, qaytariluvchi, birg'biriga o’hshash bo’ladi. Masalan,
bahor1: qishdan keyin yozdan oldin keluvchi fasl – bahor2: umrning yashnagan davri;
yoz1: yilning bahor va kuz o’rtasidagi issiq fasli – yoz2: umrning zng yahshi davri;
kuz1: yoz va qish orasidagi hazonrez fasl – kuz2: umrning ohirgi kunlari.
Yoki:
Bel1: gavdaning ko’krak qafasi bilan bo’ksa o’rtasidagi zng kichik hipcha qismi – bel2: biror narsaning o’rta qismi;
Bosh1: tananing bo’yindan yuqorigi, oldingi qismi – bosh2: narsa va hodisalarning boshlanish qismi.
Polisemem leksemada ma'nolar munosabati tipik, qaytariluvchi bo’lganligi sababli ularni guruhlash mumkin. Polisemem leksema strukturasidagi ma'nolar bog’lanishining 2 ta asosiy turi mavjud: o’hshashlikka ko’ra va aloqadorlikka ko’ra.
O’hshashlikning turiga qarab har bir tilda o’ziga hos bir qancha bog’lanish qoliplari mavjud. O’zbek tilida o’hshashlikka asoslangan bog’lanishlarni metafora va vazifadoshlik asosidagi ko’chirishlar tashkil qiladi. Biror predmet, narsa, harakat nomi boshqa predmet, belgi, harakatga o’hshashlik asosida nom qilib ko’chirilishi metoforik ko’chirilish deyiladi va ma'nolar shu asosda bog’lanadi. Masalan, o’zbek tilida metaforik o’hshashlikka asoslangan bog’lanish qoliplarining ayrimlari quyidagilardir:
• ma'nolarni shakliy o’hshashligi asosidagi bog’lanishi: burun (odamning
burni) – burun (choynakning burni);
• joylashgan o’rnidagi o’hshashlik asosida bog’lanish: bosh (odamning boshi) g' bosh (tik narsalarning tepa qismi)
• belgilarning o’hshashligi asosida bog’lanish: tez (tez yurmoq) – tez (tez odam), nordon (nordon olcha) – nordon (nordon gaplar).
Vazifadoshlik asosida ko’chirilishda bir predmetning nomi boshqasiga bajaradigan vazifasidagi o’hshashlik asosida ko’chiriladi va shu tariqa ma'nolar o’zaro bog’lanadi. Masalan, o’q (nayzaning o’qi) – o’q (miltiqning o’qi), siyoh (yozish uchun ishlatiladigan qora rangli suyuqlik) – siyoh (rangidan qat'i nazar yozish uchun ishlatiladigan suyuqlik).
Ba'zan ko’chirish ham tashqi, ham vazifadagi o’hshashalikka asoslanadi: tish (odamning tishi) – tish (arraning tishi), qanot (qushning qanoti) – samolyotning qanoti), oyoq (odamning oyog’i) – oyoq (stolning oyog’i).
Polisemem leksema tarkibidagi ma'nolarning o’zaro aloqadorlik asosidagi bog’lanishi metonimiya va sinekdoha asosida voqe bo’ladi. Bir predmetning nomini boshqa predmetga o’zaro aloqadorlik asosida ko’chirilishi metonimiya deyiladi. O’zbek tilida metonimiya asosidagi ma'nolararo bog’lanish qoliplarining ayrimlari quyidagichadir:
• Predmet va shu predmetdagi boshqa bir predmet: bosh (kishi organizmining bo’yindan yuqori qismi) – bosh (miya, bosh og’rimoq);
• Predmet va shu predmetdan hosil bo’ladigan predmet: choy (o’simlikning turi) – choy (shu o’simdik bargidan tayyorlanadigan ichimlik), qahva (o’simlik turi) – qahva (shu o’simlik mevasidan tayyorlanadigan ichimlik), til (nutq a'zosi) – til (nutq).
• Belgi va shu belgi mavjud predmet: ko’k (rang) – ko’k (ko’kat), kir («iflos») – kir (ifloslangan yoki yuvilgan kiyimg'kechak).
• Predmet va shu predmet asosidagi o’lchov birligi: kun (quyosh) – kun (kunning yorug’ qismi), oy (osmon jismi) – oy (yilning o’n ikkidan bir qismi). Ushbu misollarimizda ma'no taraqqiyoti polisemiyadan omonimiyaga qadar etib borgan.
Bir predmetning nomini boshqasiga qism bilan butun munosabati asosida ko’chirilishi sinekdoha deyiladi. Bunda ikki hil ma'noviy bog’lanish kuzatiladi:
Butun va butun tarkibidagi qism munosabati: qo’l (butun) – qo’l (qism g' «barmoq»: Besh qo’l barobar zmas.), panja (butun) – panja (qismg'«barmoqlar»: Beshta panjasini og’ziga tiqadi)
Qism va u shakllantiradigan butun munosabati: tirnoq (qism) – tirnoq (butung'«bola»: u tirnoqqa zor zdi, tuyoq (qism) – tuyoq (butung'«uy hayvoni»: tuyoqlar soni ko’payib bormoqda), zshik (qism) – zshik (butung'«hovli»: zshigimda juda ko’p odamlar ishlagan).
Yuqoridagi ma'nolararo munosabatlar tishunoslikda nom ko’chishi, ma'no ko’chishi, leksik ma'noning ko’chish usullari, polisemiyaning lisoniy motivlashishga ko’ra turlari deb ham tadqiq qilinadi. Diqqat qilinsa, ma'nolararo munosabatlar asosida bir narsaning nomini o’zaro bog’liqlik asosida ikkinchi bir narsaga ko’chishi yotganligini sezish qiyin zmas. Ma'nolararo munosabatlar yoki ko’chirishlar polisemiyaning turi zmas, balki polisemiyaning turli ko’rinishlarini vujudga keltiruvchi asosiy sabab va omillardandir.
12g'&.Polisemiyaning turlari
Polisemiya 2 belgi bo’yicha guruhlanadi:
1) hosila ma'nolarning bosh ma'no bilan munosabatiga ko’ra;
2) ma'nolarning oppozitsiyasiga ko’ra.
Hosila ma'nolarning bosh ma'no bilan munosabatiga ko’ra tilshunoslikda polisemiyaning 3 ta turi ajratiladi: radial, zanjirsimon, radialg'zanjirsimoi.
Radial polisemiyada barcha hosila ma'nolar bosh ma'no bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Uning shemasi aylana radiusiga o’hshashligi uchun radial polisemiya deb yuritiladi. M.Mirtojiev zsa bu hildagi bog’lanishni elpig’ichsimon bog’lanish deb yuritadi. Zanjirsimon polisemiyada hosila ma'nolar biring'ketinlik bilan bog’lanish hosil qiladi va bog’lanishning shemasi zanjirga o’hshaydi. Bunda bosh ma'nodan keyingi hosila ma'no bosh ma'no bilan bevosita, qolganlari zsa bilvosita bog’lanadi. Polisemiyaning mazkur turida to’ng’ich bosh ma'no, nisbiy ma'no kabilarni ajratish mumkin bo’ladi.
Radialg'zanjirsimon polisemiyada zsa bitta polisemem leksema ma'nolari o’zaro ham radial, ham zanjirsimon bog’lanadi. Ya'ni bir leksema ma'nolari o’rtasida yuqoridagi har ikkala bog’lanish usuli ham aralash holda amalda bo’ladi.
2. Polisemantik leksema ma'nolarining oppozitsiyasiga ko’ra polisemiyaning quyidagi turlari ajratiladi: assotsiativ va assotsiativg'mazmuniy polisemiya.
Assotsiativ polisemiyada ma'nolarning semantik strukturasi, tarkibi birg'biridan farqli va ancha uzoq bo’ladi. Ushbu ma'nolar faqat assotsiativ munosabatlar asosidagina bog’lana oladi. Masalan, nozik1 (nozik odam) va nozik2 (nozik did), ko’z1 (odamning ko’zi) va ko’z2 (yog’ochning ko’zi), tirnamoq (tahtani tirnamoq) va tirnamoq (yuragini tirnamoq), lab (odamning labi) va lab («chet»: supaning labi). Assotsiativ polisemiya tilimizda ko’p uchradi. Demak, bunda bir leksema bilan birg'biridan uzoq bo’lgan ma'nolar ifodalanadi.
Assotsiativ polisemiyada ma'nolar o’zaro dizyunktiv oppozitsiyada bo’ladi va hosila ma'noning realashishi uchun qo’shimcha kontekst kerak bo’ladi. Masalan, ko’z leksemasi tahtaning ko’zga o’hshash o’yiq joyini ham ifodalar zkan, ushbu ma'noning realashishi uchun ko’z leksemasi oldidan tahta leksemasi qo’llanishi lozim bo’ladi: tahtaning ko’zi.
Assotsiativg'mazmuniy polisemiyada ko’p ma'noli leksema anglatayotgan ma'nolar va ularning semantik tarkibi birg'biriga yaqin bo’ladi. Masalan, engmoq leksemasi bosh ma'noda dushmanni bartaraf qilmoq ma'nosini ifodalasa, 1g'hosila ma'nosi «qiyinchilikni bartaraf ztmoq, 2g'hosila ma'nosi zsa «dardni bartaraf ztmoq» kabilarni ifodalaydi. Bu turdagi polisemiyada ma'nolar nafaqat assotsiativ bog’lanadi, balki mazmunan ham birg'biriga yaqin bo’lib, ular o’zaro yaqin narsalarni nomlaydi. Va o’zg'o’zidan ularning semantik strukturasi o’hshash bo’ladi. Ya'ni, bir leksema tarkibidagi sememalarda umumiy, bir hil semalar mavjud bo’ladi va ular semantik tarkibda salmoqli o’ringa zga bo’ladi.

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling