Muhayyo hakimova semasiologiy a


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 185 Kb.
bet5/12
Sana10.01.2023
Hajmi185 Kb.
#1087187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Semasiologiya lotin

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Leksik ma'no qanday omillar bilan belgilanadi?
2. Leksik ma'noning nolisoniy voqelik bilan bog’liqligini tushuntiring.
3. Denotat nima?
4. Leksik ma'no tushuncha bilan qanday munosabatda bo’ladi?
5. Leksik ma'noni ifodalovchi semantik uchburchak modelining mohiyatinni tushuntiring.
6. Leksik ma'noni ifodalovchi semantik trapetsiya modelining mohiyatinni tushuntiring
5. Leksik ma'no va tushuncha
Tushuncha tafakkurning asosiy shakllaridan biri bylib, voqelikdagi narsag'hodisalarga hos bylgan tasavvur va belgilarning inson ongida umumlashgan holda in'ikos ztishidir. Tushunchaning asosini voqelikdagi narsag'hodisalar tashkil qiladi. Narsag'hodisalarning belgilari inson ongida umumlashgan holda aks ztadi. Ushbu tushuncha (umumlashma in'ikos) asosida leksik ma'no hosil bo’ladi. Leksik ma'noning shakllanishi jarayonida voqelikdagi narsag'hodisa haqidagi tushuncha ihcham, barcha til zgalariga tushunarli holga keltiriladi va nomga (belgiga) biriktiriladi. Masalan, biz umrimiz davomida darahtning yuzlab turlarini, millionlab shakldagilarini ko’rganmiz. Lekin ularning barchasini ongimizda zslab qola olmaymiz. Ko’rgan darahtlarimizning barchasi uchun umumiy bo’lgan, uni guldan, butadan farqlovchi belgilari ongimizda aks ztadi, saqlanadi. Demak, daraht haqidagi tushuncha deganda voqelikdagi barcha darahtlar uchun umumiy bo’lgan belgilarning ongimizda aks ztishidir. Lekin aytib o’tish joizki, daraht haqidagi tushunchalarimiz birg'birimiznikidan farq qilishi tabiiy. Botanik olim, talaba yoki 5 yoshli bolaning daraht haqidagi tushuchalari albatta farqli bo’ladi. O’rtacha saviyadagi insonning daraht haqidagi tushunchasi shunday bo’lishi mumkin: tanali, ildizli, shohli, bargli, ko’p yillik, mevali erda o’suvchi o’simlik. Ushbu tushuncha o’rtacha saviyadagi til zgasiga tushunarli bo’lgan ihcham, siqiq holatga keltiriladi va unga nom biriktiriladi. Ihcham holatga keltirilgan va ma'lum nomga zga tushuncha leksik ma'noga aylanadi. Yuqoridagi tushunchamiz d a r a h t tovushlaridan iborat nomga zga va leksik ma'nosi quyidagichadir: tanali, shohli, ildizli, ko’p yillik daraht. Daraht tushunchasi leksik ma'noga aylanar, nomga biriktirilar zkan, u zndi tafakkur birligidag til birligi hisoblanadi va til sistemasida o’ziga hos o’ringa zga bo’ladi. Daraht leksemasi o’simliklar nomlari
Fanda leksik ma'no va tushuncha munosabati munozarali masalalardan biridir. V.Gumboldt, Z.Sepir, B.Uorf, L.Vaysgerber ishlarida leksik ma'noni aniqlashda tushuncha umuman z'tibordan soqit qilinadi . Ularning fikricha, ongda voqelikning tasvirlanishi til qurilishi bilan belgilanadi. Ya'ni, ma'no til strukturasi bilan aniqlanadi va u o’z navbatida voqelikni anglashni ham belgilab beradi.
Ba'zi tilshunoslar tushuncha va ma'noni boshqag'boshqa hodisa sifatida qat'iy chegaralasalar, ba'zilari zsa har ikkisini ham bitta hodisa deb tan oladilar.
Tushuncha va leksik ma'no har ikkisi ham alohida ikki hil hodisami, bir hodisaning ikki tomonimi bundan qat'i nazar, ularning o’ziga hos umumiy va farqli, birg'biriga bog’liq va bog’lanmagan tomonlari mavjud. Tushuncha ham, leksik ma'no ham voqelikning in'ikos shakllaridir. Har ikkisi voqelik bilan shartlangan bo’ladi. Tushuncha voqelikning (umumlashgan) in'ikosi hisoblansa, leksik ma'no tushunchaning ya'ni in'ikosning in'ikosidir.
Tushuncha ham, leksik ma'no ham umumlashtiruvchi kategoriyadir.
Dastlab insonlar ongida sezgi organlari (zshitish, kyrish, ta'm, paypaslash, hidlash) bilan his qilinishi mumkin bylgan aniq narsag'hodisalar aks zta boshlagan. Inson ongining rivojlanishi bilan unda aqliy idrok yordamida anglanadigan va real mavjud bylmagan narsag'hodisalarni tasavvur qilish qobiliyati shakllana bordi.
Sezgi a'zolarimiz yordamida bevosita his qilishdan tushuncha tubdan farq qiladi. Tushunchada ob'ektiv voqelik umumlashgan hoda aks ztadi. Olamdagi turlig'tuman, birg'birini takrorlamaydigan narsag'hodisalar ongimizda yhshash tomonlari asosida muayyan guruhlarga biriktiriladi. I.M.Sechenovning fikriga kyra, agar odamga har bir narsag'hodisaning barcha belgilarini zslab qolishiga tyg’ri kelganda, uning miyasida har bir narsaning minglab alohida tasavvurlari saqlanar zdi. Natijada, anglash jarayoni juda qiyin kechardi, rivojlanmas zdi. Lekin, insonda tasavvurning yhshashlik asosida qayd qilinishi (tushuncha) mavjud bylib, u yordamida barcha yhshash narsalar umumlashtiriladi. Ya'ni, inson yz davrida terakning minglab turli shakllarini kyrgan bylsag'da , unda terak haqida bitta umumiy tushuncha mavjud bo’ladi.
Har qanday tushunchada ikki asosiy jihat hajm va mundarija mavjud byladi. Tushuncha hajmi g' ongimizda umumlashgan holda aks ztayotgan narsag'hodisalarning sinfi; tushuncha mundarijasi zsa ushbu narsag'hodisalarga hos belgilarning yig’indisidir.
Leksik ma'no asosan tushuncha mundarijasiga bog’liq. Tushuncha mundarijasi murakkab strukturaga zga bylib, u birg'biriga bog’liq bylgan bir qancha belgilardan iborat. Masalan, suv tushunchasining strukturasi shartli ravishda quyidagi belgilardan tashkil topishi mumkin: 1) suyuq modda, 2) rangsiz, 3) hidsiz, 4)100° da qaynaydigan, 5) 0° da muzlaydigan, 6) hayotning asosini tashkil qiluvchi. Suv syzining ma'nosini shunday aniqlash mumkin: «rangsiz, hidsiz, vodorod va kislorod birikuvidan iborat suyuqlik».
Ushbu leksik ma'no ham tushuncha mundarijasi kabi ma'no belgilaridan g' semalardan iborat strukturaga zga (ma'no semalari tushuncha mundarijasidan olinadi):
Yana misol tariqasida uchmoq tushunchasini kyrib ytamiz. Mazkur tushuncha mundarijasi umuman olganda quyidagi belgilardan iborat: 1) harakat, 2) erdan yuqorida bajariladigan, 3) fazodagi joyini yzgartirish maqsadida. Tushuncha mundarijasi strukturasi va ma'no strukturasini qiyoslaymiz: uchmoq sememasining semalari: «harakat», «erdan yuqorida bajariladigan», «fazodagi joyini yzgartiradi».
Tushunchaning hajmi va mundarijasi o’zaro shartlangan bo’lib, tushuncha hajmi qancha keng bo’lsa, tushuncha mundarijasi shuncha kichik bo’ladi. Masalan, fasl tushunchasining hajmi qish tushunchasining hajmidan kengdir. Chunki fasl tushunchasi hajmini qish, bahor, yoz, kuz kabilar tashkil qiladi. Lekin qish tushunchasining mundarijasi fasl tushunchasining mundarijasidan kattadir. Fasl tushunchasi mundarijasini quyidagi belgilar tashkil qilishi mumkin: 1) yilning ma'lum qismi, 2) 3 oydan iborat, 3) tabiatdagi o’zgarishlar bilan bog’liq. Zndi qish tushunchasining mundarijasini aniqlasak, unda quyidagi belgilarni ko’rish mumkin: 1) yilning ma'lum qismi, 2) 3 oydan iborat, 3) tabiatdagi o’zgarishlar bilan bog’liq, 4) sovuq, 5) kuzdan keyin keladigan, 6) bahordan oldin keladigan.
Yuqoridagi shartlilik leksik ma'noda ham kuzatiladiki, so’z qancha umumiy narsag'hodisalarni nomlasa, uning semantik komponentlari shuncha kam bo’ladi va aksincha. Masalan:
Odam g' ongli, nutqqa zga jonzot;
Ayol g' farzand tug’ish qobiliyatiga zga odam (ongli, nutqqa zga jonzot)
Qizcha g' voyaga etmagan ayol (farzand tug’ish qobiliyatiga zga ongli, nutqqa zga jonzot).
Tushunchaning leksik ma'no uchun harakterli hususiyatlaridan biri uning o’zgaruvchan zkanligidir. Muayyan predmet haqidagi yuzaki tushunchalarimiz vaqt o’tishi bilan chuqurlashib, takomillashib borishi mumkin. Odatiy tushunchalarimiz muayyan soha vakillari tomonidan chuqur ilmiy tahlil qilinishi va ularda mukammal, ilmiy tushunchalar hosil bo’lishi mumkin. Masalan, o’rtacha til zgasining suv haqidagi tushunchasi bilan gidrolog olimning ilmiy tushunchasi o’rtasida albatta farq bo’ladi. Muayyan narsag'hodisa haqidagi tushuncha turli odamlarda ularning ilmiy saviyasi, yashash tarzi, kasbi, hayotiy malakasi va albatta, vaqt nuqtai nazaridan turlicha bo’lishi mumkin. Tushuncha leksik ma'noga nisbatan o’zgaruvchi kategoriya bo’lsag'da, uning o’zgarishi leksik ma'noga ham ta'sir qilmay qo’ymaydi. Leksik ma'noning chegarasi ham juda qat'iy bo’lmasdan, biroz zrkinlikka zga. Ushbu zrkinlikni tushunchada bo’lgani kabi ma'noda ham til zgasining ilmiy saviyasi, yashash tarzi, kasbi, hayotiy malakasi va davr belgilaydi. Masalan, o’zbek tilining izohli, sinonimlar, omonimlar lug’atlaridagi so’zning ma'nosiga z'tibor qilsak. Yoki 1980 yilda va 2005 yilda nashr qilingan lug’atlardagi ma'nolar o’rtasida ham farqliklar kuzatiladi. Ya'ni yozish kerak. Yoki saviyasi, yoshi, dunyoqarashi, hayotiy malakasi, kasbi turlicha bo’lgan kishilarni to’plab ma'lum bir so’zlarning ma'nosi haqida so’rovnoma o’tkazilsa, tabiiyki, farqliklar kuzatiladi.
Leksik ma'noni shakllanishida tushunchaning o’rni qancha katta bo’lmasin, mazkur hodisalarning o’ziga hos farqliklari ham mavjuddir.
Avvalo, tushuncha va leksik ma'no boshqag'boshqa sistema zlementlari: tushuncha g' mantiq kategoriyasi, ma'no zsa til kategoriyasidir.
Tushuncha ham, leksik ma'no ham voqelikning in'ikos zttiruvchi shakllardir. Lekin tushuncha predmetning barcha belgilarini aks zttirgani uchun uning mundarijasi leksik ma'nodan kengroqdir. So’z ma'nosida zsa predmetga hos barcha belgilar zmas, balki ushbu so’zni tanish, uni semantik jihatdan o’ziga yaqin so’zdan ajratib olish, nutqda faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan zng oz miqdordagi tushuncha belgilarigina mavjud bo’ladi. Bu bilan ma'no tushunchadan kambag’al degan fikr kelib chiqmasligi lozim. Ma'no tushunchaning ihcham, o’rtacha saviyadagi til zgasiga tushunarli ko’rinishidir. Bahor so’zining ma'nosini ochishda unga ma'no jihatdan yaqin masalan, yozdan farqlovchi belgilari nazarda tutiladi. Masalan, bahor so’zining ma'nosi izohli lug’atda shunday beriladi: «Yildagi to’rt faslning biri, qishdan keyingi, yozdan oldingi fasl». Bahor tushunchasi zsa juda keng bo’lishi, u yana muzlar zriydi, havo iliy boshlaydi, qushlar issiq o’lkalardan uchib keladi, soylar to’lib oqadi, yomg’ir ko’p yog’adi, darahtlar kurtak otadi, lolalar ochiladi, sumalak pishiriladi, hoting'qizlar va Navro’z bayrami nishonlanadi kabi bir qator tushuncha belgilariga zga bo’lishi va tabiatshunoslikka oid mutahisslik lug’atlarida 2g'3 sahifani band qilishi mumkin.
Tushuncha belgiga, shaklga zga bo’lmaydi, leksik ma'no zsa nomga, belgiga biriktirilgan bo’ladi. Ushbu omil asosiy farqlardan biri bo’lib, tushuncha va ma'noni aynan bir hodisa deb hisoblovchi olimlar ham buni z'tiborda tutadilar. Ma'no tushunchaning o’zi bo’lib, unda tushunchaga hos barcha narsalar: mundarija, struktura, sistemaviy munosabatlar, voqelikning in'ikosi saqlanadi. Lekin ma'no belgi bilan bog’langan tushunchadir. Ma'noga ushbu belgi bilan bog’liq boshqa hususiyatlar qo’shiladi.
Tushunchadan farqli o’laroq leksik ma'noda nomlanayotgan narsaga so’zlovchining sub'ektiv munosabati ham mavjud bo’ladi. Jumladan, «ovoz chiqarmay ko’z, lab harakati bilan kulgi ifoda qilmoq» tushunchasi mavjud va bu tushuncha sub'ektiv munosabatlardan holi. Ushbu tushuncha asosida shakllangan leksik ma'nolar zsa sub'ektiv munosabatlarga zga bo’la oladi: irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq.
Tushuncha fikrlash jarayonining natijasi sifatida insonga nisbatan belgilanadi va asosan umummilliy hususiyatga zga bo’ladi. Leksik ma'noga hos umumlashtirish zsa har bir tilning o’zi doirasida voqe bo’ladi . Leksik ma'nodagi umumlashtirishning har bir tilga hos, milliylik harakterga zga zkanligi polisemiya hodisasida yaqqolroq ko’rinadi.
Ammo, tushunchani milliy harakterga zga zmas deb ham bo’lmaydi. Ayrim narsa va hodisalar haqida muayyan millatning o’ziga hos tushunchalari bo’lishi tabiiy. Masalan, andisha, oila, poklik haqidagi tushunchalarimiz boshqa millatlarnikidan ma'lum miqdorda farq qilishi tabiiy. Buni yana boshqa tillarda andisha so’zining ma'nosini beruvchi muqobil so’zning yo’qligi ham isbotlay oladi. Leksik ma'noning yo’qligi andisha haqidagi tushunchaning yo’qligidan darak beradi. Huddi shunday holatlar boshqa tillar misolida ham kuzatilishi mumkin. Har bir halqning o’ziga hos yashash tarzi va ma'naviy dunyosi ularning fikrlash jarayonlariga, olam haqidagi tushunchalariga va tushunchalarning ma'noga aylanish jarayoniga ta'sir qilishi tabiiy. Bundan kelib chiqib, tushuncha ham, leksik ma'no ham ma'lum darajada milliy harakterga zga bo’la oladi deyishimiz mumkin.
Demak, voqelikdagi narsag'hodisalar ma'no va tushunchaning asosini hosil qiladi. Narsag'hodisalar umumlashgan holda inson ongida aks ztadiki, unga sub'ektning bilimi, dunyoqarashi, saviyasi, kasbi, hayotiy ko’nikmalari qo’shilib tushunchani tashkil ztar zkan. Tushunchaning muayyan nomga biriktirilgan, ihcham, o’rtacha til zgasiga tushunarli, sub'ektiv munosabatlarni ko’rsata oladigan, milliylik harakteri mavjud, til sistemasida o’ziga hos o’ringa zga, paradigmatik va sintagmatik munosabatlarga kirisha oladigan ko’rinishi zsa leksik ma'nodir.

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling