Muhayyo hakimova semasiologiy a


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 185 Kb.
bet6/12
Sana10.01.2023
Hajmi185 Kb.
#1087187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Semasiologiya lotin

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Tushuncha qanday kategoriya?
2. Voqelik va u haqidagi tushuncha munosabatini tushuntiring.
3. Tushunchadan ma'no hosil bo’lishi jarayonini tushuntiring.
4. Tushshunchaning hajmi nima va uning ma'no bilan munosabati qanday?
5. Tushunchaning mundarijasi nima va uning ma'no bilan munosbati qanday?
6. Tushuncha va leksik ma'noning umumiy, o’hshash tomonlarini ayting.
7. Tushuncha va leksik ma'noning farqli, o’ziga hos tomonlari nimalardan iborat?
6. Leksik ma'noning qirralari
Leksik ma'no murakkab, ko’p qirrrali shu bilan birga, bir butun yahlit o'ektdir. Mazkur yahlit butunlik doirasida leksik ma'noning quyidagi qirralari ajratiladi:
1) Leksik ma'no nolisoniy voqelikning mahsus lisoniy umumlashgan in'ikosidir;
2) Leksik ma'no konkret muayyan bir voqelikning, narsaning nomi, ifodalanishidir;
3) Ma'no leksik birlikning komponenti (tarkibiy qismi) sifatida til sistemasining struktur zlementidir;
4) Leksik ma'no so’zlovchining so’zga munosabatini va aksincha so’zning so’zlovchiga munosabatini ifodalovchi birlikdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib leksik ma'noning quyidagi birg'biriga bog’liq bo’lgan turlari ajratiladi: signifikativ ma'no, denotativ ma'no, struktur ma'no, zmotiv ma'no.
Signifikativ ma'no yoki «sof lisoniy» ma'no obektiv voqelikning mahsus lisoniy in'ikosi, leksik birlikning asosiy semantik mundarijasidir. Bunday ma'no yuqorida ta'kidlaganimizdek, belgining (nomning) boshqa bir leksik birlikdan farqlanish uchun tushunchadan muayyan belgilarning tanlab olishi hisobiga yuzaga chiqadi. Mazkur ma'no ko’pincha so’z ma'nosi deb yuritiladi va lug’atlarda izoh sifatida beriladi. Masalan, so’zining signifikativ ma'nosi O’zbek tilining izohli lug’atida shunday beriladi: «go’dakni uhlatishda yakkahon usulida aytiladigan qo’shiq» Signifikativ ma'no «bu leksik birlik qanday ma'no anglatadi?» degan savolga javob beradi.
Struktur ma'no leksik birlikning til sistemasida tutgan o’rnini belgilovchi formal tavsifidir. Siruktur ma'no ba'zan ichki lisoniy ma'no deb ham yuritiladi . Uning asosida belgilarning birg'biriga munosabati yotadi. Struktur ma'noning ikki hil turi mavjud: sintagmatik struktur ma'no va paradigmatik struktur ma'no.
Sintagmatik struktur ma'no leksik birliklarning ketmag'ket birikib kela olishini, valentligini ifodalaydi. Valentlik leksik birlikning asosiy struktur hususiyatlaridan biri bo’lib, uning boshqa birliklar bilan ketmag'ket bog’lana olishining potentsial imkoniyatidir. U mazkur birlik qatnashuvchi barcha qurshovlarni (distributsiya,
Valentlik avvalo, mazmuniy bog’lanishga asoslanib, bog’lanayotgan ikki til birligi o’rtasida umumiy semantik komponentning bo’lishi lozim. Masalan, daraht gulladi birikmasida «o’simlik» umumiy semantik komponentdir: daraht – «tana qo’yib, shoh va novdalar chiqarib, tomir otib o’sadigan ko’p yillik o’simlik»; gulladi – «o’simlikning gul ochishi».
Leksik birliklarning ichki mohiyati ularning qo’llanishida, qurshovida namoyon bo’lishini nazarda tutsak, leksik birliklarning semantik tahlilida sintagmatik struktur ma'nosini, valentligini aniqlash muhim ahamiyat kasb ztadi. Bu haqida «leksik ma'noning sintagmatik munosabati» bahsiga qarang.
Paradigmatik struktur ma'no o’hshashligi asosida o’zaro bog’liq va oppozitsiyada bo’lgan bir jinsli leksik birliklarning muayyan guruh (paradigma) hosil qiluvchi, ketmag'ket bo’lmagan munosabatini ifodalaydi. Paradigmatik ma'no leksik birlikning guruhdagi (paradigmadagi) boshqa leksik birliklar munosabatini aks zttiruvchi ichki hususiyatidir. Pardigmatik ma'no o’hshash leksik birliklarni o’zaro qaramag'qarshi qo’yish asosida ularning til sistemasida tutgan o’rnini ko’rsatib beradi. Struktur ma'noning buri turini F. de Sossyur valeur(znachimost), ya'ni farqlovchi ma'no deb nomlagan. Leksik paradigmalarga sinonimik qatorlar (bosinqiramoq, alahlamoq, alahsiramoq), antonimik juftliklar (katta g' kichik), leksikg'semantik guruhlar (masalan, ro’zg’or buyumlari nomlari), mazmuniy maydonlar (vaqt, makon, shahs nomlari) misol bo’la oladi.
Har bir leksik birlik o’zining mazmuniy mundarijasiga, valentligiga zga bo’lishi bilan birga, til sistemasida o’ziga hos paradigmatik ma'noga ham zga bo’ladi. Masalan, o’zbek tilida hafta leksemasining signifikativ ma'nosi «dushanbadan yakshanbagacha bo’lgan etti kechag'kunduzni o’z ichiga olgan vaqt»ni bildirsa, paradigmatik ma'nosi uning til sistemasidagi o’rni vaqt o’lchovi otlari paradigmasida sutka va oy leksemalari orasida zkanligini bildiradi: sekund g' minut g' soat g' sutka g' hafta g' oy g' fasl g' yil g' asr.
Paradigmatik ma'no matnda, nutqda bevosita kuzatishda berilmaydi. U leksik birliklarning qarshilantirish orqali mahsus lingvistik tahlillar asosida aniqlanadi. Aslida, leksik birliklar ifodalagan tushunchalar inson ongida guruhlar (paradigmalar) shaklida mavjud bo’lib, ular leksik birliklarning sintagmatik munosabati uchun potentsial tanlanish imkoniyatidir. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, diydor, oraz, uzor, ruhsor paradigmasi a'zolari sintagmatik bog’lanishlar uchun potentsial tanlanish imkoniyatidir. Yuz leksemasi zmotsionalg'zkspressivlik jihatidan neytral bo’lgani uchun u miqdoran ko’plab bog’lanishlar hosil qilishi mumkin. Ya'ni, yuz leksemasi zmotsional neytral, salbiy va ijobiy so’zlar bilan birika oladi: yuzini yuvdi, gul yuzli, yuzi burishdi kabi. Zmotsionalg'zkspressiv neytral bo’lmagan paradigma a'zolari zsa bu jihatdan neytral bo’lgan leksemalarga nisbatan kam bog’lanishlar hosil qiladi. Masalan, salbiy zmotsional ottenkaga zga bo’lgan bashara leksemasi zsa salbiylik bo’yog’i mavjud bo’lgan (ayrim hollarda neytral: basharangni yuv) leksemalar bilan bog’lanish uchun paradigmadan tanlab olinadi: basharasi tirishdi, basharasi rasvo kabi. Ijobiy ottenkali leksemalar ham huddi shunday zmotsionallik jihatdan ijobiy va ayrim hollarda neytral leksemalar bilan bog’lanish uchun tanlanadi: chehrasi yorishdi, oy chehrali kabi. Lekin ijobiy konnotativ ma'noli leksema salbiy konnotativ ma'noli leksema bilan bog’lanish uchun tanlanmaydi: Go’zal turqli jonona, orazi bujmaydi kabi.
Zmotiv (konnotativ, zmotsionalg'zkspressiv) ma'no leksik birliklar ma'nosining baholash, zmotsional, zkspressiv, uslubiy komponentini tashkil qiladi. U, asosan, uslubiy bo’yoqli so’zlar yordamida ifodalanadi. Zmotiv ma'no uslubiy bo’yoqli so’zlar yordamida so’zlovchining ifodalanayotgan narsag'hodisalarga bo’lgan munosabatini ko’rsatadi. So’zlovchi tomonidan qo’llangan uslubiy bo’yoqli so’zlar o’z navbatida tinglovchiga ham zmotsional ta'sir ko’rsatadi.
Zmotiv ma'no tilshunoslikda pragmatik ma'no, konnotativ ma'no kabi terminlar bilan ham aytiladi.
Signifikativ ma'nosi bir hil bo’lgan leksik birliklarni, ya'ni sinonimlarni qarshilantirganimizda, zmotiv ma'nolar sezilarli darajada namoyon bo’ladi. Masalan, oriq, ozg’in, qiltiriq, dirdov, ipiltiriq, ramaqijon sinonimik qatoridagi barcha leksemalar bitta umumiy «hajmi (yog’ qatlami) me'yordan kam» signifikativ ma'noga zga. Lekin qator zlementlari zmotiv ma'noga zgaligi bilan farqlanadi. Oriq, ozg’in leksemalari faqat signifikativ ma'noga zga bo’lib, zmotivlik nuqtai nazardan neytral bo’lsa, qiltiriq, dirdov, ipiltiriq, ramaqijon leksemalari zsa ham signifikativ, ham zmotiv ma'noga zga. Qiltiriq, dirdov, ipiltiriq, ramaqijon leksemalarida ushbu belgiga bo’lgan salbiy munosabat aks ztib turibdi.
Leksema kuchli zmotiv ma'noga zga bo’lganda signifikativ ma'no biroz kuchsizlanadi. Yuqorida ko’rilgan yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, diydor, oraz, uzor, ruhsor sinonimik qatoriga diqqat qilsak. Ushbu paradigmatik qatordagi sinonimlarning barchasi «inson boshining old qismi» signifikativ ma'noni ifodalashini aytib o’tgan zdik. Turq leksemasi kontekstda qo’llanganda signifikativ ma'nosining hiralashishini kuzatish mumkin: «g'Kirgizmang oldimga. Turqini ko’rmay, u nobakkorni». Mazkur matnda turq leksemasi kuchli salbiy zmotiv ma'no ifodalashi bilan birga, «kishi boshining old qismi» ma'nosini zmas, balki butun boshli odamni ham ifodalamoqda. Taqqoslang: uni ko’rmay – turqini ko’rmay.
Yuqoridagi yuz, bet…sinonimik qatorining yana bir zlementi jamol leksemasi kuchli ijobiy zmotiv ma'noga zga. Quyidagi matnga z'tibor qiling: Sen ma'rifat, obodlikning yorqin timsoli, Kundan kunga yashnamoqda ko’rking, jamoling. (G’ayratiy) Mazkur matnda jamol leksemasining signifikativ ma'nosi hiralashib, kuchli ijobiy zmotiv ma'nosi ta'sirida «husn», «ko’rk» ma'nosini ifodalamoqda.
Denotativ ma'no leksik birlikning o’zi nomlayotgan voqelikdagi narsa bilan munosabatini ko’rsatadi. Denotativ ma'no aniq narsani (denotatni), muayyan hodisani bildiradi va «bu so’z nimani ifodalaydi?», degan savolga javob beradi.
Ma'noda ifodalanayotgan narsa denotat deyiladi. Ob'ektiv voqelik (denotat) tilda so’zning leksik ma'nosi bilan, so’z birikmasi, gap va matn orqali ham ifodalanishi mumkin. So’z birikmasida, gapda, hatto matnda ifodalanayotgan narsag'hodisalar ham keng ma'noda denotat deyiladi. Masalan, «yilning kuzdan keyin, bahordan oldin keladigan sovuq fasli» qish leksemasi bilan, «zng sovuq fasl» kabi so’z birikmasi bilan, «Qish…» ko’rinishidagi atov gap, «Bu qorbobo yasash mumkin bo’lgan fasldir.» kabi gaplar va qishning tavsifini beruvchi matnlar ma'nolari orqali ham ifodalanishi mumkin. Ushbu turli sath birliklari bitta denotatni (qish faslini) ifodalamoqda.
Lug’aviy birliklarda ifodalangan denotatlar real mavjud bo’lishi yoki to’qima bo’lishi mumkin. Denotat va referent terminlari ana shu farqlilikni ajratish uchun hizmat qiladi. «Denotat» keng ma'nodagi umumiy termin bo’lib, u real mavjud va mavjud bo’lmagan barcha denotatlar uchun qo’llansa, «referent» termini zsa faqat real mavjud bo’lgan denotatlar uchun qo’llanadi. Real mavjud bo’lmagan denotatlar ham jamiyat tomonidan anglanishi, qabul qilinishi mumkinki, natijada ular leksik tarkibda salmoqli o’rin zgallaydi. Bunga misol qilib halq og’zaki ijodi asarlari qahramonlarini keltirish mumkin: parizod, dev, semurg’, ayoz bobo, qorqiz kabi.
Demak, leksik ma'noning o’zaro bog’liq quyidagi qirralari mavjud zkan:
signifikativ ma'no
struktur ma'nor
Leksik ma'no zmotiv (pragmatik) ma'no
denotativ ma'no

Bundan, bitta leksik ma'no to’rtta qismga bo’linadi degan fikr kelib chiqmasligi lozim. Leksik ma'noning ushbu signifikativ, struktur, zmotiv, denotativ qirralari o’zaro jips bog’langan bo’lib, bitta yahlit hodisani, yahlit ob'ektni (leksik ma'noni) turli nuqtai nazarlardan tavsiflaydi. Signifikativ ma'no g' voqelikning mahsus lisoniy in'ikosi bo’lsa, struktur ma'no uning til sistemasidagi o’rnini belgilaydi, zmotiv ma'no ifodalanayotgan narsaga zmotsionalg'zkspressiv munosabatni bildiradi, denotativ ma'no zsa lug’aviy birlikning aniq narsa va hodisa bilan shartlanganligini ko’rsatadi.



Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling