Muhayyo hakimova semasiologiy a


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 185 Kb.
bet10/12
Sana10.01.2023
Hajmi185 Kb.
#1087187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Semasiologiya lotin

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Hosila ma'nolarning bosh ma'no bilan munosabatiga ko’ra polisemiya qanday turlarga bo’linadi?
2. Radial bog’lanishli polisemiya deb nimaga aytiladi?
3. Zanjirsimon polisemiya deb nimaga aytiladi?
4. Radialg'zanjirsiomn polisemiya deb nimaga aytiladi?
5. Ma'nolarning oppozitsiyasiga ko’ra polisemiyaning qanday turlari ajratiladi?
6. Assotsiativ polisemiyani tushuntiring
7. Assotsiativg'mazmuniy polisemiya deb qanday polisemiyaga aytiladi? Misollar keltiring.


SEMASIOLOGIYaNING TADQIQ METODLARI
11g' Semasiologik metodlarning umumiy tavsifi
Muayyan bir fanning ob'ektini o’rganishning turli usul va yo’llari tadqiq metodlari deyiladi. Metodlar bilish jarayonida insonlar tomonidan kashf qilinadi. Aniq tanlangan va to’g’ri qo’llangan metod o’rganilayotgan hodisaning hususiyat va qonuniyatlarini to’liq ochishga yordam beradi. har qanday fanninng taraqqiyoti unga hos bo’lgan metodlardan to’g’ri va o’rinli foydalanishga bog’liq.
Ilmiy metodlar turlicha tasnif qilinadi. Qo’llanish doirasiga ko’ra fanlararo, ya'ni bir qancha fanlarga tegishli bo’lgan metodlar va muayyan bir fanning o’ziga hos bo’lagn metodlar mavjud. Fanlararo metodga barcha ijtimoiy fanlarda qo’llanuvchi tarihiy, qiyosiy metodlarni misol qilish mumkin. Bir fanning o’ziga tegishli bo’lgan metodga tilshunoslikdagi komponent tahlil usuli namuna bo’la oladi.
O’rganilayotgan ob'ektga yondashish nuqtai nazaridan deduktiv va induktiv metodlar farqlanadi. Deduktiv metodda qoidadan, nazariyadan faktlarga, dalillarga borilsa, indktiv metodda zsa fakt, dalillardan qoidaga, nazariyaga boriladi.
Tadqiq ob'ektning tarkibiy qismlarini o’rganishda analiz va sintez metodlaridan foydalaniladi. Analizda tadqiqotchi o’rganilayotgan ob'ektni tarkibiy qismlarga bo’lib o’rganadi va ob'ektning tuzilishi, strukturasi haqida ma'lumotga zga bo’ladi. Sintez usulida zsa tarkibiy qismlar butunga yig’iladi va qismlar o’rtasidagi munosabat asosida ob'ektning mohiyati, vazifasi aniqlanadi. Tadqiq ob'ektning tarkibiy qismlarini o’rganishda analiz va sintez metodlaridan foydalaniladi. Analitik metodning asosiy maqsadi o’rganish ob'ektini (predmetini) qismlarga ajratib o’rganish bo’lsa, sintetik talqin muayyan bosqich darajasida o’rganilgan qismlarni butunga (ob'ektga) birlashtiradi. Analitik va sintetik metodlarga asoslangan tadqiqotlarni keskin chegaralab bo’lmaydi. Zero qismlar o’rganilayotganda butunga asosolaniladi, butun tadqiqotida qismlar nazarda tutiladi. Shuning uchun analitik bosqich sintetik bosqichni, sintetik bosqich analitik bosqichni doimo taqozo ztadi, lekin bulardan biri muayyan tadqiqotda nisbiy etakchilik qiladi va asosiy maqsad unga qaratiladi . Aslida bilish yo’llari asosida qism va butunning muhim belgilari aniqlanadi hamda tadqiqot ob'ektining mohiyati bosqichmag'bosqich ochilaveradi .
Muayyan bir ob'ekt bir qancha tadqiqotchilar tomonidan turli metodlar bilan yoki bitta tadqiqotchi tomonidan bir vaqtning o’zida nechta metodlar bilan o’rganilishi mumkin. Bundan tashqari, bir ob'ekt turli fanlarda turli nuqtai nazarlardan tadqiq ztilishi mumkin. Til birliklarining mazmun plani o’zida nafaqat atrof borliqni balki u bilan bog’liq bilim, fikr, sezgi hissiyotlarimizni o’zida aks zttirgani sabaabli, tabiiyki, u bir nechta falsafa, mantiq, psihologiya kabi fanlarning ham o’rganish ob'ektidir.
Metodlar yaratilish vaqtiga ko’ra an'anaviy va zamonaviy metodlarga ajratiladi. Tilshunoslikning a'anaviy metodlariga tavsifiy, tarihiy, qiyosiy tarihiy, ztimologik metodlar misol bo’lsa, zamonaviy metodlarni psiholingvistik, komponent tahlil usuli, maydon sifatida o’rganish usuli, ma'noni kodlashtirish kabi tashkil qiladi. Ta'kidlash joizki, yuqoridagi har qaysi metod til birliklarining ma'no hususiyatlarini ochishga hizmat qiladi. Faqat bu metodlarni o’rganish ob'ektini mos ravishda tadqiqotning turli bosqichlarida tug’ri tanlash lozim bo’ladi.
Ba'zida ayrim fanlarda uzoq muddatbir metodning hukmronligi kuzatiladi. 19 asrda deyarli barcha gumanitar fanlarning o’rganilishida tarihiy metod asos bo’ldi. 20 asrga kelib zsa gumanitar fanlarda ko’proq struktur metodlarga tayanildi. Masalan, M.Breal 19 asrda yozilgan “Semasiologiyadan ocherklar” kitobida til birliklari ma'nosini ochishda tarihiy metodga asoslangan bo’lsa, 20 asrdagi semasiologiyaga oid ishlar struktur metodga tayanadi.
Fanda turli metod va nazariyalarning o’zaro kurashi fan uchun samaralidir. Bunda turli metod, g’oya namoyondalari boshqasini kamsitishi zmas, balki biri ikkinchisini to’ldirib borishi lozim. Tarihning o’zi ko’rsatib turibdiki, predmetning barcha hususiyat va qirralarini ochishda bitta metodning o’zi kamlik qiladi. Shuning uchun predmetning hususiyat va mohiyatini ochishda qancha ko’p metodlardan foydalanilsa natija shuncha samarali bo’ladi.
So’nggi yillarda jahon va o’zbek tilshunosligidagi ayrim ilmiy ishlarda o’rganishning zamonaviy usullari tadqiqot metodlaridan biri zmas, balki ishning asosiy maqsadiga zmas, unga olib boruvchi yo’llardan biri bo’lishi zarur.
Til birliklarining mazmun plani murakkab va ko’r jinslidir. Leksemaning ma'nosi bilan gap mazmunini o’rtasida katta farq bo’lgani kabi o’rganish metodi va usullari ham farqli va o’ziga hos bo’lishi lozim. Semantik hodisaning turi, ko’rinishiga qarab bir qancha metodlardan foydalanish kerak.
Semasilogiyada tavsifiy, tarihiy, qiyosiy, komponent tahlil, kabi metodlardan keng foydalaniladi.
Tavsifiy metod. Tavsifiy metod barcha fanlarda keng tarqalgan zng qadimgi metoddir. Ilmiy faktlarni umumlashtirish va ular asosida muayyan qoidalar yaratish ham tavsifiy metodning asosini tashkil qiladi.
Olingan natijalarni aniqlashtirish uni muayyan sistemada tutgan o’rnini belgilash ham barcha tadqiqotlarning asosini tashkil qiladi.
Tavsifiy metod semantik hodisalar tahlilidagi asosiy usullardan biridir. Leksik va frazeologik birliklar ma'nosini lug’atlarda izohlanishi, morfema ma'nosini va gap mazmunining darslik vailmiy adabiyotlarda izohlab berilishi tavsifiy metodga asoslanadi.
Tarihiy metod. Til birliklarining mazmun plani tez o’zgaradi. Chunki unda atrof borliqda va ongimizdagi barcha tarihiy o’zgarishlar aks ztadi. Shuning uchun ham til semantikasini tarihiy metod asosida o’rganish nafaqat lisoniy balki milliy, madaniy, ijtimoiy kiymatga zgadir.
Tarihiy metod bir asr davomida til tadqiqotlarida hukmronlik qildi. Ushbu metod bugungi kungacha o’z salmog’ini yo’qotmadi. Unga asosan semantik o’zgarishlarning qonuniyatlari, prnitsiplari ishlab chiqildi va ishlanmoqda. Tarihiy metodning mohiyati shundaki, muayyan til hodisasining turli tarihiy davrladagi holati qiyoslanadi va undagi o’zgarishlar aniqlanadi. Qiyosan olingan davrlar o’rtasidagi vaqt qancha katta bo’lsa, o’zgarishlar ham shuncha katta bo’ladi. Fonetik, grammatik sathdagi o’zgarishlar uchun uzoq tarihiy vaqt kerak bo’lsa leksik, semantik o’zgarishlar bir avlod sezishi mumkin bo’lgan vaqtda ham seziladi. Bu davr ichida yangi so’zlar hosil buladi, ayrimlari yo’qoladi, ma'nosi sezilarli o’zgarishga uchraydi. Ushbu o’zgarishlar yozma yodgorliklar asosida aniqlanadi va tarihiy, ztimologik lug’atlarda aks zttiriladi.
Leksikg'semantika sohasida tarihiy metod yordamida leksik birliklar semantik strukturasining aniq o’rganilishi, ko’p ma'noli leksemaning bosh va hosila ma'nolarini aniqlash, omonimlarning yuzaga kelish sabablarini bilish, o’z va o’zlashagan so’zlar va ularning uzlashishi vaqtini belgilash mumkin bo’ladi.
Til ijtimoiy hodisa bo’lib, udoimiy rivojlanishda, o’zgarishdadair. Tarihiy metod nafaqat tilning dinamik holatini balki kelgusidagi semantik hodisalar haqida oldindan fikr yuritish, bashorat qilish imkonini beradi.
Qiyosiy metod. Tadqiqot materiallarini qiyoslash fanning turli sohalarida o’rganish ob'ektini yashirin belgi hususiyatlarini aiqlashning zng samarali usullaridan biridir. Zero, qiyoslash jarayonisiz bilish amalga oshmaydi.



Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling