Muhiddinova rumiya komiljon qizining musiqa tarixi fanidan


XX Asrning 50-80-Yillarida Musiqiy hayot


Download 406.37 Kb.
bet5/13
Sana14.05.2023
Hajmi406.37 Kb.
#1460226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Rumiya kurs ishi tarix

XX Asrning 50-80-Yillarida Musiqiy hayot

Ko‘rib chiqilayotgan davr o‘zbek musiqa san’atining deyarli
barcha sohalarda ulkan va jiddiy siljishlar davridir. Aynan mana shu
davrga kelib, O‘zbekiston kompozitorlarining asarlari respublika
miqyosidan tashqarida ham tanila boshlandi. Jumladan: Ikrom
Akbarovning “Shoir qalbi” poemasi va skripka uchun konserti,
M.Burhonovning xor akapellalari, G.Mushelning fortepiano
konsertlari va organ asarlari, A.Kozlovskiyning simfonik poema!ari,
S.Yudakovning “Maysaraning ishi” hamda M.Ashrafiyning “Dilorom” operalari.
O‘zbekiston musiqa san’ati, xususan kompozitorlik ijodiyoti
uchun mazkur davr yuksalish, o‘sish davri hisoblandi. Millatga xos,
mukammal o‘zbekona asarlarni yaratish imkoniga ega bo‘lgan
Ikrom Akbarov, Sobir Boboyev, Doni Zokirov, Xayri Izomov,
Sulaymon Yudakovlar va kelgusi yillarda To‘lqin Qurbonov,
Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Manas Leviyev, Tolibjon Sodiqov kabi o‘zbek milliy kompozitorlari mustaqil ijod yo‘liga chiqa boshladilar. Ular tomonidan yaratilgan asarlarda janrlar xilmaxilligini alohida qayd etish lozim. 50-yillardan boshlab musiqiy janrlar qamrovi kengaya bordi va o‘zbek musiqa san’atiga
“kantata”, “oratoriya”, “jo‘rsiz xor”, “organ musiqasi” hamda “kino
musiqa” kabi yangi janrlar kirib keldi. Mavjud janrlar (opera san’ati,
musiqali drama, cholg‘u musiqa, vokal musiqa, kino musiqa)da esa asarlarda ifoda vositalarining boyitilishi, muallifning musiqiy tilini yorqinroq ifoda etish, mukammallikka intilish kabi jihatlar sezilarli darajada o‘zgarganligini kuzatish mumkin. Shuningdek mazkur davrda O‘zbekistonda Hindiston, Italiya,
Fransiya, Yaponiya, Finlyandiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriya, Mongoliya, Gruziya, Ozarbayjon, Estoniya, Qirg‘iziston, Qozogiston, Tojikiston kabi mamlakatlaming milliy musiqa san’atiga bag‘ishlangan haftaliklar o‘tkazildi. O‘zbekiston san’atining dongdor vakillari ham (“Трибуна Азии”, Самаркандские
международные музыковедческие симпозиумы и фестивали традиционной музыки Востока, 1978 va 1983-yillarda) Xalqaro anjuman, simpozium va festivallarda qatnashgan edilar. An’anaviy, milliy san’atga boigan e’tiboming ortganligini aynan 1972-yilda Toshkent davlat konservatoriyasida “Sharq
musiqasi” kafedrasining ochilishi, 1975-yilda Toshkent shahrida
oikazilgan “Макомы, мугамы и современное композиторское творчество” mavzusidagi ilmiy-nazariy konferensiya, 1979- yilda musiqiy sharqshunoslik masalalariga bag’ishlab oikazilgan kengash, 1980-yilda Xiva shahridagi an’anaviy ijrochilik masalalariga bagishlangan seminar va ko‘plab turli ko‘rik tanlovlar namoyon etdi. Muntazam ravishda ijrochi, musiqashunos, kompozitor talabalar orasida tanlovlar o‘tkazish an’anaga aylandi. Ushbu tanlovda
g‘oliblikni qo’lga kiritgan yosh iste’dod egalari Toshkent davlat
konservatoriyasiga imtiyozli tarzda qabul qilinish imkoniyatiga ega
bo’ldilar. Ushbu davrda O‘zbek davlat filarmoniyasining tarkibi yanada
kengayib, faoliyati mustahkamlana bordi (1978-yilda Muhiddin
Qori Yoqubov nomi beriladi). Uning tarkibida O‘zbekiston davlat
simfonik orkestri (badiiy rahbar va bosh dirijor Z.Haqnazarov),
T.Jalilov nomidagi xalq cholg‘ulari orkestri (bosh dirijor
F.Sodiqov), xor kapellasi (bosh xormeyster A.Hamidov), Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” xalq, raqs ansambli mavjucl edi. 1969-yilda “Bahor” konsert zali ochilib, asosiy akademik konsertlar shu maskanda o‘tkazilishi rasm bo’ldi.

Download 406.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling