Muhiddinova rumiya komiljon qizining musiqa tarixi fanidan


Download 406.37 Kb.
bet1/13
Sana14.05.2023
Hajmi406.37 Kb.
#1460226
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Rumiya kurs ishi tarix


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
Musiqa ijrochiligi va madaniyat” kafedrasi
5111100 - Musiqa ta‘limi mutaxassisligi bo‘yicha
12-4 muz 20 guruhi talabasi

MUHIDDINOVA RUMIYA KOMILJON QIZINING
MUSIQA TARIXI FANIDAN

MANAS LEVIYEV HAYOTI VA IJODI”


mavzusidagi
KURS ISHI

Ilmiy rahbar: BuxDU “Musiqa ijrochiligi va madaniyat” kafedrasi dotsenti,


P.f.f.d (PhD), Nurullayev Farrux Gaybullayevich
BUXORO-2023


REJA:
KIRISH
I.BOB. O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI TARIXI
1.1 O‘ZBEKISTONDA XX ASR BOSHLARIDA SIYOSIY-IJTIMOIY VA MADANIY MUHIT.
1.2. XX ASRNING 50-80-YILLARIDA MUSIQIY HAYOT
II. MANAS LEVIYEV HAYOTI VA IJODI
2.1 IJOD YO’LIDAGI ILK QADAMLAR
2.2. KOMPOZITOR MANAS LEVIEVNING KINO VA MUSIQALI DRAMA IJODI.
III.BOB. XX ASRDA O’ZBEK MUMTOZ MUSIQASI
2.1 O’ZBEKISTON MUSIQASHUNOSLARI

2.2 “O‘TKAN KUNLAR” KINOSI MASHHUR QILGAN “O‘RTAR” QO‘SHIG‘I HAQIDA


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

KIRISH
Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekanligini anglashi muqarrardir. Bu ummon - moziydan sadolanishi, tarix davomida zamon va makon qonuniyatlari negizida shakllanishi, an’analar kamolotida qadr topishi va qadriyatlarga aylanishi, ijodiyot degan ilohiy ne’mat asosida, jonli ravishda rivojlanib borishi bilan xarakterlanadi. Har bir davr o‘zining musiqiy an’analari bilan izohlanishining ham hikmati shundadir. Musiqaning samoviv yoki ilohiy ekanligi qadimiy manbalarda o‘z aksini topgan. Insoniyat esa o‘z ma’naviyati darajasida o‘zining ma’naviy boyliklarini shakllantirib, davrlar osha rivojlantirib kelgan. Bu jarayonda har soha zamonlar evrilishida charxlanib, mukammallashib, yangidan-yangi ijodiy munosabatlar negizida boyib, o‘z samarasini namoyon etib kelgan. Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo‘lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa ko’lami juda keng, ularni tasavvur ham qilish mushkul. Chunki, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, ma’rifati, estetikasi bo‘lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug'orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan tafakkur yo‘nalishlari, ya’ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkurning individual ijodiy munosabatlarining mahsuli o‘rin olgan. Musiqa san’atining azaliy an’analari Sharq xalqlari madaniyatida shakllanib rivoj topganligi hamda butun bashariyatga ijodiy ta’sir etganligi, fanda o‘z ijobatini topgan. 1991-yilda e’lon qilingan Mustaqillik O’zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi. Qisqa tarixiy davr Ichida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining mutlaqo yangi siyosiy asoslari yaratilishi bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalar rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari belgilab berildi. O’zbekistonda yangi ma’naviy-g’oyaviy yo’nalishlarning shakllanishi o’z navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. Musiqa sohasiga ham e’tibor kuchaytirildi. Manaviyatni rivojlantirish, o’zbek xalqining azaliy qadriyatlarini tiklash kelajak avlodga san’atimizning har bir sohasini to’liq yetkazishga harakat qilindi. Milliy me’rosmizni saqlash va xalqimiz ma’naviyati va ongini rivojlantirish maqsadida mustaqillik yillaridanoq ko’plab ishlar olib borildi. Mazkur kurs ishi milliy san’atimizning yangi tarixiy sharoitdagi taraqqiyotiga bag’ishlanib, O’zbekiston san’atida, badiiy-madaniy hayotida kechgan jarayonlar, yangi ijodiy yo’nalishlar va an’anaviy shakllarning mutanosibligi masalalari yoritiladi.
“Kirish” qismida musiqa sohasiga oid yangiliklar tushunchasiga aniqlik kiritilgan, uning tadqiqot predmeti belgilangan, u ta’sir etuvchi sohalar doirasi ko‘rsatilgan, pedagogik ma’lumotning zaruriyati, pedagog shaxsiyatining muhimligi ta’kidlangan, mazkur qo‘llanmaning qisqacha mazmuni va maqsadi ochib berilgan.
“O’zbek xalq musiqa ijodi tarixi” nomli I bobda musiqa, madaniyat rivojinining qisqacha tarixiy sharhi berilib, ma’naviyat, madaniyat hamda musiqa milliy me’rosimiz haqida ma’lumot berilib, bu sohalar chambarchas bog’liqligi ko’rsatilgan.
“Xulosa” qismida qilingan ishlarga yakun yasalib, xulosalar chiqariladi, musiqa, madaniyatning kelajakdagi rivoji va uni takomillashuvi xususida so‘z yuritiladi.

Download 406.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling