Muhiddinova rumiya komiljon qizining musiqa tarixi fanidan


II.BOB. Manas Leviyev hayoti va ijodi


Download 406.37 Kb.
bet7/13
Sana14.05.2023
Hajmi406.37 Kb.
#1460226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Rumiya kurs ishi tarix

II.BOB. Manas Leviyev hayoti va ijodi
Manas (Menashe) Betyanovich Leviyev - kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti. Samarqand musiqa va xoreografiya institutida taʼlim olgan, Leningrad konservatoriyasini tugatgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Manas Leviyev ijodida oʻzbek va tojik xalqlari ohanglari kompozitorlikka xos koʻp ovozlik vositalar bilan uygʻunlashgan. Kuylari nafis va jozibador, garmoniyasi oddiy va shirador boʻlib, deyarli barcha asarlari hayot-baxsh, koʻtarinkilik ruhi bilan sugʻorilgan. Koʻp qirrali ijodida vokal musiqasi asosiy oʻrin tutadi: "Dilistonim, sen mening", "Goʻzal tong", "Sadoi bulbul" kabi romanslari, "Oʻzbek qizi ovozi", "Oʻrik gullaganda" singari qoʻshiqlari va boshqa L. oʻzbek musiqali dramasi va ayniqsa, musiqali komediya janrining rivojiga katta hissa qoʻshgan. "Oltin koʻl" (Uygʻun, 1949, oxirgi tahriri 1958), "Toshbolta oshiq" (H. Gʻulom, 1961), "Toshkentning nozanin malikasi" (H. Muhammad, 1978), "Qizil durrali nozik niholim" (Ch. Aytmatov, H. Gʻulom, 1978) asarlari mazkur janrning barkamol namunalariga aylandi. L.ning "Suhayl va Mexri" (M. Burhonov, Ik. Akbarov bilan hamkorlikda, 1958), "Mahallada duv-duv gap" (1961), "Oʻtgan kunlar (film)" (1969) kabi kinofilmlarga yozgan musiqasi yorqin va ommabop ohang hamda usullari bilan ajralib turadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). Ad.h Jabborov A., Manas Leviyev,
Buyuk kompozitor Manas Leviyev 1912 yil 25 iyulda Namanganda Benmin Morduxayev va Bloriya Leviyevalar oilasida dunyoga keldi. Bo’lajak kompozitorda musiqaga muhabbat uyg’onishida onasi hamda akalari Ruben, Ezro va Yagudalarning hissasi katta bo’ldi. Ayniqsa, onasi professional san’atkor bo’lmasa-da, jozibali ovoz sohibasi edi. Farzandlariga alla, laparlar, o’zbek folklori va mumtoz ko’shiqlaridan aytib berib, san’atga yaqinlik hissini uyg’otgandi. Shu sababli yosh musiqachi sayil va bayramlarda, to’y-hashamlarda hofiz va san’atkorlar ijrolaridan hayratlanib, ularga havas qila boshlaydi. Sakkiz yoshida o’zbek maktabiga qabul qilingach, maktab qoshida tashkil qilingan o’zbek musiqa cholg’ulari ansambliga a’zo bo’lib, qisqa muddat ichida ansamblning yetakchi yakkaxoniga aylanadi.
1922 yilda esa Leviyevlar oilasi Samarqandga ko’chib boradi. U yerda yosh san’atkor o’zbek musiqasining darg’alari Levi Boboxonov, aka-uka Tolmasovlar, Mullaqandovlar, mashhur tanburchi Murdaxay Barayev bilan yaqindan tanishish baxtiga muyassar bo’ladi. Ulardan ijrochilik mahorati, san’at sir-asrorlarini astoydil o’rganadi. Hofizlardan olgan “oq fotihasi” bilan o’z iste’dodini namoyon eta boshlaydi va bastakorlikda samarali izlanishlar olib boradi. Yosh bo’lishiga qaramay, dastlab “Naychilar”, so’ngra Samarqandda mashhur bo’lgan “Sharq” nomli cholg’u dastalarini tashkil qiladi va uzoq yillar davomida bu jamoalarning badiiy rahbari sifatida faoliyat olib boradi.
1930 – 1932 yillarda Samarqand musiqa va xoreografiya tahsil oladi. Kompozitor mazkur dargohda taniqli san’at ustalari A.Umurzoqov, M.Xarratov, D.Ibodov, A.Umarov, A.Ismailov, mashhur nazariyotchi, musiqashunos N.N.Mironovdan saboq oladi. Mumtoz ijrochilik san’atining yetuk ustalari qo’lida tahsil olgan Manas Leviyev milliy ijrochilik an’analarini puxta o’zlashtirish bilangina cheklanmaydi, kompozitor bo’lish maqsadida Leningradga yo’l olib, musiqiy texnikumga o’qishga kiradi. Noyob iste’dodining yorqin ifodasi bo’lgan “Nurxon” nomli ilk simfoniyasi Leningrad Konservatoriyasiga kirish uchun maxsus yo’llanmaga aylandi. Yosh kompozitorning iste’dodi Yevropa musiqa san’atining buyuk namoyandalari D.Shostakovich, M.Gnesin, X.Kushnarevlar e’tiboriga tushdi. Konservatoriyada tahsil olgan davrdayoq u “ Qizil va oq gul”, “Oydin kechalar” kabi bir qator Buxoro xalq qo’shiqlarini notalashtirgan edi. Yosh ijodkorning boshqa qator asarlari ham Leningrad nashriyotida nashr qilinadi.
Ikkinchi jahon urushi yillari kompozitor o’qishini vaqtincha to’xtatishga majbur bo’lib, keyinchalik yana tahsilni davom ettiradi. Toshkentga qaytgach, qizg’in ijod bilan mashg’ul bo’ldi. Xususan, “Sherzod va Guldosh”, “Semurg’“, “Oltin ko’l”, “Yurak ko’shiklari”, “Toshbolta oshiq”, “Toshkentning nozanin malikasi”, “Kimga to’y, kimga aza”, “Omon-Ali, Zamon-Ali” kabi o’ndan ortiq sahna asarlariga musiqalar yaratdi. O’sha paytlarda yaratilgan “Mehr va Suhayl” baleti esa uning eng sara ijod namunalaridan biriga aylandi. Kompozitorning simfonik ijodiyoti xor va orkestr uchun yaratgan kantatalari, poemalari, o’zbek cholg’u orkestri uchun mo’ljallangan uvertyura, turli cholg’ular tarkibi va orkestr uchun bastalagan syuitalarida o’z ifodasini topdi. Manas Leviyevning o’ziga xos musiqiy tili xalqchil, milliy kuy-qo’shiqlar zamirida shakllangan. O’z navbatida, milliylik va o’ta jozibador ohangdorlik, kuylarining yorqin tasviriy jihatlari kompozitorning barcha sahna asarlari, vokal va kinofilmlar uchun yaratgan kuy-qo’shiqlari xalq orasida mashhur bo’lib ketishiga, muxlislar qalbida o’chmas o’rin egallashiga asos bo’ldi.



Download 406.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling