Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. Ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiya va uning vazifalari
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni huquqiy muhofaza qilishning ahamiyati nimada? 2. Davlat qo‘riqxonalarini muhofaza qilish va ularning huquqiy tartibi haqida so‘zlab bering. 3. Davlat milliy tabiat bog‘lari nima va ular qay tariqa huquqiy muhofaza qilinada? 4. Davlat buyurtma qo‘riqxonalari va uning huquqiy tartibi haqida gapirib bering. 5. Davlat tabiat yodgorliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilish nima? 6. Alohida muhofaza etiladigan o‘zga tabiiy hududlarga nimalar kiradi va ularning huquqiy tartibi qanday? 7. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun qanday yuridik javobgarlik mavjud? 8. Ichki ishlar organlarining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilishdagi o‘rni va vazifalarini gapirib bering.261
XIII BOB EKOLOGIK-HUQUQIY TA’LIM VA TARBIYA 1-§. Ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiya va uning vazifalari Tabiat insonning ham moddiy, ham ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lgan asosiy manbadir. SHuning uchun ham komil ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, tabiat ya’ni biosferani saqlab qolish va uni o‘zgartirish muammosi ko‘p jihatdan inson faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu muammoni ijobiy hal etishda, ya’ni tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilishda, aholining ekologik-huquqiy savodxonligi, ta’lim va tarbiya jarayoni ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan bir davrda barcha fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning, ekologik-huquqiy savodxonligini oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash to‘g‘risida»gi1 1997 yil 25 iyun farmoni hamda «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» katta ahamiyatga ega. Huquqiy-demokratik davlat sari tashlangan har bir qadam ekologik ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri olib borish hamda uni tashkil etishning samarsi bilan ham bevosita bog‘liq. SHu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1998 yil 29 may qarori nihoyatda katta ahamiyatga ega. O‘quv tizimining barcha bosqichlarida ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga qo‘yilgan yangi talab Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da 1 Xalq so‘zi, 1997. 26 iyun262 Demak, Er kodeksi «Tabiatni muhofaza qilish», «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida», «Suv va suvdan foydalanish», «Er osti boyliklari», «Atmosfera havosini muhofaza qilish», «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish», «O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish», «Ekologik ekspertiza», «CHaqindilar to‘g‘risida» va «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunlarni tushuntirish va o‘rgatish bilan ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya sifatini hamda ta’sirini kuchaytirish mumkin. aniq ko‘rsatildi hamda bu borada bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, yuqorida qo‘yilgan barcha talablar yoshlarimiz o‘rtasida ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyani zamon talabi asosida olib borishda kengroq mushohada yuritishni taqozo etadi. Prezidentimiz I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida: «YOshlar bilan ishlash masalalari alohida e’tiborni talab qiladi. Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamishga yodda tutishimiz kerak»,1 – deb juda to‘g‘ri ta’kidlagan edi. Qo‘yilgan ushbu dolzarb vazifa hozirgi kunda olib borilayotgan va kelajakda davom ettirilishi lozim bo‘lgan ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyaga bevosita tegishlidir. Ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyaning asosiy xususiyati shundaki, unda ekologik va huquqiy ta’lim-tarbiya uyg‘un holda olib boriladi. Jumladan, Prezidentimiz I. A. Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»2 asarining alohida bir bobi «Xavfsizlikka tahdid» – deb nomlanib, unda ekologik muammolarning barcha holatlari ko‘rsatilgan. Ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyani kuchaytirishda Oliy Majlis sessiyalarida qabul qilingan ekologik qonunlarni tushuntirib borish maqsadga muvoffikdir. 1 Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., 1999. 2–3-b. 2 Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., 1997. 110–133-b. 263 Mamlakatimiz o‘z mustaqilligi va ekologik siyosatini mustahkamlab berayotgan bugungi kunda ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyaning quyidagi vazifalari: birinchidan, mamlakatimizning siyosiy va ekologik hayotida sodir bo‘layotgan ekologik-huquqiy jarayonlarni tahlil qilish va xorijiy mamlakatlar bilan taqqoslash; ikkinchidan, ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya jarayonini barcha maktab, gimnaziya, litsey, kollejlarda, institut, universitet hamda akademiyalarda milliy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik va geografik xususiyatlar ko‘rsatilgan holda o‘qitish; uchinchidan, mamlakatimizda ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya olib borish jarayonlarini rivojlantirishning yangi mexanizmini, zamonaviy uslubini yaratish va qo‘llash hamda uni amalga oshirishni ta’minlash; to‘rtinchidan, barcha fuqarolarning, ayniqsa yoshlarimizning, ekologik-huquqiy ma’naviyati va madaniyatini, ekologik-huquqiy ongi va faoliyatini oshirish, mamlakatimizdagi ekologik muammolarni hal etishda faol qatnashishlarini ta’minlash; beshinchidan, mamlakatimizda ekologik muammolarni hal etishning xalqaro standartlarga javob bera oladigan qulay yo‘llarini belgilash; oltinchidan, jahonda va mintaqamizda sodir bo‘layotgan turli ekologik inqroz va o‘zgarishlarga siyosiy, huquqiy va ekologik hushyorlik bilan qarash g‘oyalarini shakllantirish; ettinchidan, ekologik barqarorlik, millatlararo totuvlik, ekologik ziddiyatlarning oldini olish va tinch-totuv yashashning huquqiy me’yorini ta’minlash; sakkizinchidan, xorijiy mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallash uchun huquqiy ta’lim va tarbiya olib borishning ilmiy salohiyatini yaratishni yoshlarimizning ongi va qalblariga singdirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish lozim. Xullas, insoniyatning normal yashashi va turmush faoliyatini ta’minlash uchun tabiatning barcha manbalarini ekologik jihatdan saqlash, huquqiy jihatdan muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish lozim bo‘ladi. Ushbu talablarning amalga oshishi esa odamlarning ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoni hamda ekologik-huquqiy ongi, savodxonligi, ma’naviyat va madaniyati bilan bog‘liq. 264 Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling