5-§. Ichki ishlar organlarining ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya isharini olib borishdagi vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi to‘g‘risida»gi qarori, Vazirlar Mahkamasining «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlari ichki ishlar organlarining oldiga huquqiy, jumladan ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyani olib borishda bir qator vazifalarni yuklaydi.
Aholi o‘rtasida ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya olib borish haqidagi talab ichki ishlar organlarining barcha bo‘linmalariga ham tegishli. Ayniqsa DYHXX xodimlari, sanitariya militsiyasi, profilaktika nozirlari, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash xizmati, militsiya boshlig‘ining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha yordamchisi va boshqa tarkiblari ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiya ishlarini olib boradilar.
SHunisi e’tiborliki, hozirgi paytda yoshlarga maktab, litsey va kollejlarda tashkil etilgan «maktab militsiyasi»ning ta’siri katta bo‘lyapti.
Xullas, ichki ishlar organlarining aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlarga ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiya berish jarayonida: – tabiat boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish va ulardan oqilona foydalanish; – ekologik qonunlarni xalqimizga kengroq tushuntirish; – ekologik-huquqiy bilimlarni yanada kengaytirish uchun maktab, litsey va kollejlarda darslar tashkil qilish; – «Ekologiya va qonun», «Toza havo», «Tabiatni asraylik», «Ona zamin va biz», «YOshlar va qonun» kabi uchrashuvlar o‘tkazish; – aholining, ayniqsa yoshlarning ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyasiga alohida e’tibor berishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bir qator tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Ekologik-huquqiy ta’lim nima va uning vazifalariga nimalar kiradi? 276
2. Ekologik-huquqiy tarbiya va uning xususiyatlari haqida so‘zlab bering. 3. Ekologik-huquqiy tafakkurni shakllantirish yo‘llari qanday? 4. Ekologik-huquqiy ma’naviyat va madaniyat nima? 5. Ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyani chambarchas olib borish yo‘llari qanday? 6. Ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya berishda oila qanday o‘rin tutadi? 7. Ichki ishlar organlarining yoshlarga ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya berishdagi vazifalari nimalardan iborat?277
XIV BOB
ATROF-TABIIY MUHITNI XALQARO EKOLOGIK-HUQUQIY
MUHOFAZA QILISH
Do'stlaringiz bilan baham: |