Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


-§. Ekologik-huquqiy madaniyat va tafakkurni shakllantirish


Download 1.58 Mb.
bet56/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63
2-§. Ekologik-huquqiy madaniyat va tafakkurni shakllantirish Ekologik-huquqiy madaniyat umumiy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, axloqiy, estetik, huquqiy va boshqa g‘oyaviy-tarbiyaviy jarayonlarda iqtisodiy-ekologik asos ta’sirida shakllanadi.
Huquqiy ekologik madaniyat deganda, biz insonning doimo rivojlanib boruvchi ekologik-huquqiy faoliyati va tabiatni huquqiy muhofaza qilish tajribasini tushunamiz. Huquqiy ekologik madaniyat O‘zbekiston fuqarosi qiyofasining elementi deb qaralsa, unga «tabiatni muhofaza qilish huquqlarini bilish va hurmat qilish», «ekologik huquq talablariga rioya qilish» va «qonun buzilishiga murosasizlik» tushunchalarini kiritish mumkin.
Demak, insonning madaniy rivojlanish darajasi tizimida eng muhimi umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgani ekologik madaniyatdir. SHunday ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida: «Har qanday xalqni – xalq, millatni – millat qiladigan, uning yo‘li va maqsadlarini aniq-ravshan, charog‘on etadigan mafkura – milliy g‘oyani shakllantirishning asosiy sharti – odamlarning tafakkuri, dunyoqarashining voqelikka nisbatan ta’sirini inobatga olishdir. SHu ma’noda milliy g‘oya, milliy ong tuyg‘usining mohiyatini to‘g‘ri anglash, uni tarbiya qilish, uni bugungi kunning eng zarur vazifalaridan biri sifatida e’tirof etish, bu xususda bahsu munozaralar olib borish, fikr almashish, ochiq-oydin gapirish, ijtimoiy taraqqiyotimiz uchun katta naf keltiradi»1, – deb aytgan so‘zlari, barcha sohalar qatori, mazkur masalaga ham bevosita tegishlidir.
Huquqiy ekologik madaniyat elementlari dastlab oilada, bog‘chada va umumta’lim maktablarida hosil bo‘ladi. Ilmiy asoslangan huquqiy ekologik bilimlar va amaliy ko‘nikmalar esa oliy ta’lim olish jarayonida ijtimoiy-siyosiy, huquqiy-ekologik, tabiiy va psixologo-pedagogik fanlarning o‘qitilishi tufayli namoyon bo‘la di. Huquqiy ekologik bilimlarning ilmiy asoslari seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari jarayonida beriladi.
1
Karimov I. A. O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz//Biz o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. T., 1999. 298-b. 265
Huquqiy ekologik amaliy ko‘nikmalar esa talabalarning o‘quv dala mashg‘ulotlarida, ekskursiyalarida, kurs va diplom ishlarini bajarish jarayonlarida, fan to‘garaklari mashg‘ulotlarida, ijtimoiy foydali mehnat jarayonida shakllanadi.
Huquqiy ekologik qonun-qoidalar talablarini mensimaslik, huquqiy ekologiya prinsiplarini inkor etish, ekologik qonunlarni chetlab o‘tishga urinish «o‘zbekona madaniyat» tushunchasi bilan sig‘isha olmaydi.
Ayniqsa, o‘quvchilarni huquqiy ekologik madaniyatli qilib tarbiyalashda o‘qituvchining o‘rni katta. CHunki u o‘quvchilarning maktabdagi eng yaqin kishisi bo‘lganligi sababli, uning huquqiy ekologik madaniyati bolalarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
YOshlarninig huquqiy ekologik madaniyati ko‘proq dala mashg‘ulotlari va tabiat ekskursiyalarida shakllanadi. Negaki o‘quvchi yoshlar olgan nazariy ekologik bilimlarini amalda sinab ko‘radilar, shuningdek, o‘zlari o‘qiyotgan, ishlayotgan joylarda fuqarolar ekologik qonunlarga qanday amal qilayotganliklarining bevosita shohidi bo‘ladilar.
Agar huquqiy ekologik madaniyatga fuqarolarning xulqi sifatida qaralsa, unda fuqarolarning ekologik qonunlarni bilishi, hurmat qilishi, huquqiy ekologik normalar talablariga rioya qilishi va ekologik qonunlarni buzuvchi xatti-harakatlarga murosasizligi kabi odat elementlari tushuniladi.
SHuni ham ta’kidlash lozimki, agar fuqarolar mehribon va xushmuomala, bilimdon hamda mansabdor shaxs bo‘lsalar-u, ammo ekologik qonun talablariga hurmatsizlik qilsalar, uni bajarmasalar, buzsalar bunday odamlarni yuqori ekologik madaniyatli kishilar deb bo‘lmaydi.
YUqori ekologik madaniyatli kishilarni tabiat boyliklari haqidagi ta’limotdan, qonunlardan keng foydalanib huquqiy ekologik ta’lim va tarbiyani mustahkamlash orqali shakllantiramiz.
Hozirgi sharoitda fuqarolarning, ayniqsa yoshlarimizning, ekologik-huquqiy tafakkurlarini oshirish katta ahamiyatga ega.
Umuman olganda, ekologik-huquqiy tafakkur (insonning) yoshlarning aql-zakovat xususiyati, ekologik-huquqiy qarashlari va tasavvurlarini aks ettirish, ekologik qonun va talablar mohiyatini bilish, ularni o‘zlashtirish, ekologik tushunchalar, tasavvurlar, ekologik-huquqiy nazariyalar, ekologik qonunlarni hayotiy muammolarga tatbiq etish va tegishli tarzda hayotida o‘z yo‘nalishini topish, ekologik-huquqiy faoliyatni savodli266
tushunish hamda uni to‘g‘ri hal etish holatida ham maydonga chiqadi1.
SHunday qilib, ekologik-huquqiy tafakkurning rivojlanishi yakka shaxslar va ko‘pchilik ekologik-huquqiy ongining shakllanishi bilan bog‘liqdir.
Ekologik-huquqiy tafakkur fuqarolarning ekologik-huqukiy voqelikni bevosita aks ettiruvchi va ularning mazkur rivojlanishi paytida jamiyatning ekologik, iqtisodiy, huquqiy hayoti hodisalariga munosabatini ifodalaydigan ekologik-huqukiy g‘oyalari, qarashlari, tasavvurlari majmuidir.
Ekologik-huquqiy tarbiya bilan birgalikda ekologik-huquqiy ta’lim ham shunday ongni shakllantirishda muhim vosita sifatida tan olinadi.
Demak, hozirgi paytda yoshlarni: – zamonaviy ekologik-huquqiy fan darajasida fikrlashga va uning yutuqlarini amaliyotda samarali qo‘llashga; – hayotiy iqtisodiy muammolarni hal etish va tadbirkorlik faoliyatini yuritishda barcha ekologik qonunlar va talablarga rioya qilishga; – yaxshi yashash va kelajak avlodni asrashda ekologik va huquqiy-iqtisodiy qonunlarni bekamu ko‘st bajarishga; – davlatimizning ekologik siyosati va iqtisodiy qudratini yanada mustahkamlashga; – ekologik va agrar qonunlarimizning bajarilishi hamda amalga oshirilishini ta’minlashga o‘rgatish zarur.
YOshlarimizda bunday ekologik-huquqiy tafakkurning shakllanishi ekologik bilimlarning mustahkamlanishi uchun shart-sharoit yaratadi. SHuni ta’kidlash joizki, ekologik-huquqiy tafakkur ekologik-huquqiy bilimlarga asoslanadi, ular esa, o‘z navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda, ekologik siyosat va dunyoqarashlarda haqiqiy jarayonlarni aks ettirishi kerak.
Ekologik-huquqiy ma’naviyat va tafakkurni shakllantirish, ekologik-huquqiy fanlarni o‘qitish o‘qituvchilarga ham bog‘liq.
Ba’zi pedagoglar «o‘quvchilarni murakkab ekologik vaziyatlar bilan tanishtirib, ulardan ekologik-huquqiy qonunlarni bilishlarini talab qilish maqsadga muvofiq emas, busiz ham o‘quvchi va talabalardan ko‘p narsa tilab qilinadi» deb hisoblaydilar. Natijada, o‘quvchi-yoshlarga ekologik vaziyatlarni, halokatlarni va talablarni bilish zarurdek ko‘rinsa-da, ammo
1
Qarang: Xolmo‘minov J. T. YOshlarda ekologik-huquqiy taffakurni shakllantirishning ayrim jihatlari. // Xo‘jalik va huquq. 1999. № 11– 12. 26–28-b. 267
ular qabul qilingan ekologik qonunlarni bilish unchalik muhim emas, degan tasavvur paydo bo‘ladi.
Tajribalarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, maktab, litsey, kollejlarda tahsil olayotgan deyarli har bir o‘quvchi ekologik-huquqiy bilimlar berilishini, ekologik mavzularga qiziqishini, ammo maktab, litsey, kollejlardagi o‘quv dasturlari ularni qanoatlantirmayotganligini ta’kidlamoqdalar.
YOshlarning 50 % ekologik-huquqiy bilimlarni o‘zbek tilidagi kitoblar, darsliklardan, 32 % gazeta va jurnallardan, 18 % esa radio va televideniyadan olishlarini ta’kidlaganlar.
Ko‘rinib turibdiki, bozor munosabatlariga o‘tayotgan demokratik huquqiy jamiyat ekologik-huquqiy tafakkurining maqbul modeli o‘z-o‘zidan shakllanadi deb kutib o‘tirmaydi.
Demak, bunday yondashuv ekologik-huquqiy tafakkurga jiddiy tarzda to‘g‘anoq bo‘lishi mumkin.
SHuning uchun ham hozirgi sharoitda, birinchi navbatda, zamonaviy ishlab chiqarishning barcha xodimlariga hamda barcha yoshlarimizga chuqur ekologik-huquqiy bilimlarga va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga asoslangan yuksak darajadagi ekologik-huquqiy ma’naviyat va madaniyatni hosil qilish talabi qo‘yilmoqda.
YOshlar bilan ishlashning ekologik-huquqiy shakl va usullarini chuqur o‘rganishga alohida e’tibor berish zarur.
Xullas, ana shunday tadbirlar yoshlarimizni zamonaviy ekologik-huquqiy tafakkurni shakllantirishga, o‘quvchi-yoshlarga ekologik-huquqiy tafakkurning mohiyati va mazmunini yanada kengroq tushuntirishga, kelajak hayotimiz uchun mas’uliyat bilan yashashga undaydi. 3-§. Ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyani olib borish Biz shu paytgacha ekologik tarbiyaga tabiatga bo‘lgan munosabatimiz singari bir tomonlama yondashib keldik, ya’ni o‘quvchilarni tabiat va undan foydalanish to‘g‘risidagi bilimlar bilan qurollantirdig-u, uni asrash va undan oqilona foydalanish haqida lom-mim demadik. Aytganlarning ovozi ham tabiat ustidan qozonilayotgan g‘alabalarimiz sharafiga yangrayotgan «ura, ura»lar sadosi ostida bilinmay ketdi. Endi bu nuqtai nazardan butunlay voz kechish davri keldi. Ikkinchi tomondan, bugungi ekologik muammolar o‘z vaqtida hal etilmas ekan, insoniyatni halokat kutishi tabiiy. Biz bu yo‘lda endigina qadam qo‘yapmiz, uni davom ettirish esa yoshlarimiz zimmasiga tushadi. Olimlarimiz kelgusida ekologik sharoitning yanada268
murakkablashuvini ta’kidlamoqdalar. Bu yoshlardan ko‘proq bilim, mas’uliyat va kuch-g‘ayrat talab qiladi. SHu bois o‘quvchilar kelajakda ularni qanday ekologik xavf kutayotganini bilishlari, ularni to‘g‘ri va oqilona bartaraf etish uchun maktab partasidayoq bosh qotirishlari lozim. SHundagina ular uzoqni ko‘zlab fikr yuritishni va ishlashni o‘rganadilar.
Ba’zan o‘quvchi va talabalarda shunday savol tug‘ilishi mumkin. Nima uchun fuqarolar tabiat boyliklaridan ochiqdan-ochiq, xo‘jasizlarcha foydalanadilar (masalan, kuppa-kunduz kuni archa yoki pista daraxtini kesish, nodir jonivorlarni qonunga xilof tarzda ovlash hollari ko‘plab uchrasa-da, hech kim e’tibor bermaydi)?
Aytish mumkinki, hozirgi paytda uchrab turadigan tabiiy resurslardan noo‘rin foydalanish, ularni ifloslantirish, ko‘plab isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish kabi salbiy hodisalar ilm-fan yutuqlaridan etarlicha foydalana olmay, ko‘plab tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlarning buzilishi, ularga amal qilmaslik, ekologik o‘zgarishlarni oldindan aniqlab, aytib bera olmaslik va mutaxasis kadrlarning «huquqiy ekologiya asoslaridan» etarlicha bilimga ega emasliklari natijasida ro‘y berayotir.
Bularning hammasi maktab va oliy o‘quv yurtlarida etarlicha huquqiy ekologik bilim berilmayotganligining oqibatidir. SHu sababli huquqiy tarbiyaning xilma-xil shakl va usullaridan keng foydalanib, aniq maqsadni ko‘zlab uyushqoqlik bilan ish olib borish muhimdir. Bizningcha, huquqiy ekologik ta’lim va tarbiya bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, turli element, talab hamda xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Huquqiy ekologik ta’limga quyidagilar kiradi: 1) yoshlarni tabiat go‘zalliklaridan estetik zavq olish va uni sevish ruhida tarbiyalash; 2) tabiat va jamiyat o‘rtasidagi murakkab huquqiy munosabatlar hamda inson faoliyatining tabiatga ta’siri oqibatidagi huquqiy bilimlarni o‘rgatish; 3) yoshlarning huquqiy ekologik madaniyatini oshirish va mustahkamlash. Huquqiy ekologik tarbiya esa, fuqarolarga maxsus huquqiy ekologik ta’lim va tarbiya berib, ularda bu sohada tegishli malaka hosil qilish (har bir fuqaro qonun doirasida tabiatga qanday munosabatda bo‘lishni yaxshi tushunib olishi, tabiat boyliklaridan zarar etkazmagan holda oqilona foydalanishi, doimo ularni ko‘paytirib, tiklanishini ta’minlab borishlari, ayniqsa oila, brigada, kollektiv ijarasi va fermerlik sharoitida tabiat boyliklaridan unumli foydalanishni yanada kengaytirib, ekologik fojiali269
oqibatlarning oldini olishda ularning javobgarligini oshirish zarur).
Ekologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilishni ta’minlash (insonning tabiatga ta’siri qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish va qonun talablari darajasida ish tutish lozimligi); 4) ekologik-huquqiy madaniyatni oshirish va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalash (tabiat qo‘ynida, yashil yaylovlarda, o‘rmon, ko‘llarda, tarixiy tabiiy yodgorliklar qo‘ynida bo‘lganda ularga zarar etkazmaslik, buning uchun tegishli huquqiy javobgarlik mavjud ekanligini tushuntirish va uning oldini olish kifoya); 5) yoshlarda ekologik tafakkur va ekologik ong masalasini shakllantirish. Mana shunday ong va tafakkurga ega bo‘lgan kishi tabiatga nisbatan fuqarolik mas’uliyatini sezib, tabiatdagi ekologik madaniyat namunalarini, tabiatga muhabbat alomatlarini ko‘rsata oladi.
Sud, prokuratura, militsiya va balog‘atga etmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi inspeksiya xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim va tarbiya berish jarayonida oilaning (jumladan, ota-ona bilan bola o‘rtasidagi ijobiy huquqiy munosabatlar), maktabning o‘rni (dars jarayonida va darsdan tashqari hollarda) haqida turli xil uchrashuvlar, huquqiy ekologik mavzularda ma’ruzalar, savol-javoblar tashkil etish foydali. Masalan, «Ekologik tarbiya va qonun», «Inson va ekologik vaziyat», «Qonun va ekologiya», «Tabiatni qo‘riqlang» kabi mavzularda suhbatlar o‘tkazish, har bir sinf va auditoriyalarda «huqukiy ekologiya burchagi»ni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
SHu bilan birga, bizningcha, huquqiy ekologik ta’lim va tarbiya muammolarini muvaffaqiyatli hal etish uchun uning mohiyatini anglaydigan, tabiat boyliklarini huquqiy jihatdan muhofaza qiladigan etuk kadrlar, ya’ni huquqshunos-ekolog, lesnik-ekolog, ekolog-militsiya, bioekolog, (biolog-ekolog), geoekolog (geograf-ekolog), vodnik-ekolog, injener-ekolog, medik-ekolog, arxitektor-ekolog va boshqalar tayyorlash, balki sud-ekolog, advokat-ekologlar kabi mutaxassisliklarni joriy etish foydalidir.
SHu boisdan hamma o‘quv yurtlarida «Ekologiya huquqi» kursining o‘qitilishini keng rivojlantirish, o‘qituvchilarning bu sohadagi malakalarini hozirgi davr talabi asosida muttasil oshirib borish zarur.
Xullas, huquqiy ekologik tarbiya ma’naviyat bilan chambarchas bog‘liqdir. SHuning uchun ona sayyoramiz taqdiriga befarq qaramasligimiz, bolalarni yoshlikdan tabiatni asrab-avaylashga o‘rgatishimiz lozim. O‘tish davrida iqtisodiyotning270
xususiylashtirilishi ekologik holat uchun barcha fuqarolarning mas’uliyatlarini oshirishning zarur sharti bo‘lib, xalq xo‘jaligi ekologik jihatdan toza, chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyasiga asoslanishi, buning uchun esa ekologik-huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish o‘rinlidir.
YAna shuni unutmaslik kerakki, ekologik tarbiyani nafaqat tabiatshunoslik darslarida, balki har bir darsda berish darkor chunki yosh avlodni har tomonlama kamolga etkazishda ekologik tarbiyaning imkoniyatlari keng.
SHunday qilib, ekologik-huquqiy tarbiya berish bilan biz o‘quvchilarni tabiat va uning qonunlari to‘g‘risidagi, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tarixi va kelajagi haqidagi zarur nazariy bilimlar bilan qurollantiramiz (aqliy tarbiya), uning go‘zalligidan zavqlana olishga va asrashga o‘rgatamiz (estetik tarbiya). SHuningdek, ular tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘ladilar (iqtisodiy tarbiya), atrof muhitni ozoda holda saqlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirib (gigienik tarbiya), tabiat muhofazasi haqidagi qonunlarni o‘rganadilar (huqukiy tarbiya), jamiyatda yurish-turish qoidalarini egallaydilar (axloqiy tarbiya), ijtimoiy foydali mehnatda qatnashadilar (mehnat tarbiyasi), sayr va ekskursiyalarda bo‘ladilar (jismoniy tarbiya).
Buning uchun esa yoshlarga huquqiy ekologik ta’lim va tarbiya berish jarayonida ularni zamonaviy ekologik (fizikaviy, kimyoviy, biologik, tibbiy va boshqa) bilimlar bilan qurollantirish, huquqiy-ekologik madaniyat va tafakkur egasi sifatida shakllantirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida quyidagi tashvishli gaplarni aytgani bejiz emas: «Dunyodagi ko‘pgina mintaqalar kabi Markaziy Osiyo ham g‘oyat katta miqyosdagi ekologik ofatlarga duch kelyapti. Eng avvalo, bu Orol dengizi fojiasiga taalluqli. Keyingi yillarda uning hajmi uch baravardan ko‘proq qisqardi, maydoni ikki barvar kamaydi, qirg‘oq 80 kilometrga chekindi, suvning minerallashuv darajasi to‘rt baravarga oshdi. Haydaladigan ikki mln. gektar erni qum bosdi, chang-to‘zonlar bo‘roni 300 kilometr va undan ko‘proq masofaga etib boradigan bo‘ldi. Mana shularning hammasi mintaqadagi «sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda»1.
1

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling