Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning ichki (milliy) tabiiy boyliklari
- Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy boyliklar
- 4-§. Atrof-tabiiy muhitni xalqaro ekologik-huquqiy muhofaza qilish manbalari
muhofaza qilish ob’ektlari Xalqaro ekologiya huquqida atrof-tabiiy muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish ob’ektlarini o‘rganish juda katta ahamiyatga ega.
Atrof-tabiiy muhitning xalqaro ekologik-huquqiy muhofazasi ob’ektiga er sayyorasi muhiti, jahon ummoni va uning tabiiy boyligi bo‘lgan atmosfera havosi, er atrofi kosmik fazosi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, suv boyliklari, erning genetik fondi va boshqalar kiradi. Xalqaro huquqda xalqaro ekologik-huquqiy nuqtai nazardan dunyoning barcha tabiiy boyliklari asosan ikki turkumga bo‘linadi: 1) davlatning ichki (milliy) tabiiy boyliklari; 2) xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy boyliklar. Davlatning ichki (milliy) tabiiy boyliklari mustaqil davlatlarning bevosita yurisdiksiyasida bo‘ladi. Zero, ularning ekologik-huquqiy holatini belgilashda davlatning ichki ekologik-huquqiy va boshqa normalari katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Hozirgi paytda mustaqil respublikamizning ushbu boyliklarini muhofaza qilishga oid bir qancha davlatlararo bitim va shartnomalar qabul qilinmoqda. Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy boyliklar milliy qonunlarning amal qilish chegaralari doirasidan tashqarida bo‘lib, turli davlatlar hududida bo‘ladi. Ushbu ob’ektlar odatda davlatlar o‘rtasida foydalaniladi. Masalan, ochiq dengiz, kosmos, havo havzasi, Antarktida, dengiz tubi, daryolarning suv resurslari, ko‘chib va uchib yuradigan hayvonot turlari hamda davlatlar o‘rtasidagi chegara doirasidan tashqari holatda foydalaniladigan barcha ob’ektlar shular jumlasidandir. SHuningdek, xalqaro miqyosda dunyo «Qizil kitobi»ga kirgan barcha hayvon va o‘simlik dunyosining turlari ham alohida ob’ektlar bo‘lib, ularni muhofaza qilishda bir necha davlat, ya’ni xalqaro hamkorlik kerak bo‘ladi. Masalan, Antarktida oltinchi qit’a sifatida hech qanday davlat va xalqaro tashkilot yurisdiksiyasiga kirmaydi. Uni muhofaza qilish barcha davlatlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Hozirgi paytda Antarktida qit’asidan foydalanish va muhofaza qilishning asosiy prinsiplari 1959 yilda imzolangan «Antarktida to‘g‘risida»gi shartnomaga asosan tartibga solinadi. Unga asosan, erkin ilmiy-tekshiruv faoliyati olib borish, har qanday harbiy xususiyatga ega bo‘lgan zararli281 tadbirlarni o‘tkazmaslik, tirik mavjudotni qo‘riqlash kabi muammolarni xalqaro miqyosda hal etishga alohida e’tibor berilgan. Xullas, xalqaro tabiiy boyliklarning ekologik muhofazasi va ulardan foydalanishning ekologik-huquqiy holati xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadi. 4-§. Atrof-tabiiy muhitni xalqaro ekologik-huquqiy muhofaza qilish manbalari Xalqaro huquqda atrof-tabiiy muhitni ekologik-huquqiy muhofaza qilish manbalari davlatlarning atrof-tabiiy muhitni ekologik-huquqiy muhofaza qilishga va undan oqilona foydalanishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik faoliyatini erkin amalga oshirishdir. Atrof-tabiiy muhitni xalqaro ekologik-huquqiy muhofaza qilishning manbalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin. birinchi toifadagi manbalarga konvensiya (kelishuv, bitim va shartnoma)lar kiradi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi jahondagi etakchi mamlakatlarning 120 dan ortig‘i bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan. Toshkentda 35 ta mamlakat o‘z elchixonasini ochgan, 19 ta xorijiy davlatning elchilari esa respublikamizda o‘rindoshlik yo‘li bilan ishlab turibdi. O‘zbekistonda 88 ta xorijiy vakolatxona ro‘yxatdan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo va 13 t a hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida ko‘pgina nufuzli davlatlar imzolagan bir qator konvensiyalarga qo‘shilgan, ular bilan ekologik shartnoma va kelishuvlar tuzilgan. Iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha konvensiya (1993 yil 14 may), Biologik xilma-xillikni ta’minlash bo‘yicha konvensiya (1996 yil 7 may), Xavfli chiqindilarning chegaradan olib o‘tilishini nazorat qilish bo‘yicha Bazel konvensiyasi (1996 yil 7 may), Erlarning cho‘lga aylanib qolishiga qarshi kurash bo‘yicha konvensiya (1995 yil 13 oktyabr)lar shular jumlasidandir. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ushbu konvensiyalarda qabul qilingan majburiyatlarni bajarish bo‘yicha bir qator amaliy choralarni ko‘rmoqda. Jumladan, atmosfera havosining ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena konvensiyasi va Monreal protokoli doirasida ozon qatlamini emiradigan moddalar inventarizatsiyasi o‘tkazilib, Milliy harakat dasturi tayyorlanmoqda. Bu dastur asosida282 biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha barcha tadbirlar Markaziy Osiyo respublikalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda esa hukumatimiz BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining konvensiyalariga qo‘shilish borasida ish olib bormoqda. SHuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida Turkiya Respublikasi (1996 yil 8 may) va Xitoy Xalq Respublikasi (1997 yil 11 dekabr) bilan ikki tomonlama hamkorlik bitimlari imzolangan. Bunday bitimlarni boshqa davlatlar bilan tuzish uchun ham tayyorgarlik mavjud. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlatlararo ekologik kengash (DEK)ning faol ishtirokchisi hisoblanadi. DEK tashkil etilganidan beri sakkiz marta sessiya (3-sessiya 1993 yil may oyida Toshkentda) o‘tkazilib, ularda ekologiya sohasida ishtirokchi davlatlar o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, qator bitimlar imzolanib, nizomlar ishlab chiqildi. MDH doirasida ham atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Gruziya davlatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik bitimlari imzolangan. Ikkinchi toifadagi manbalarga BMT Bosh Assambleyasining bir qator rezolyusiya, deklaratsiya va xartiyalari kiradi. Ushbu kategoriyadagi manbalar ichida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tashkil etilgan va chaqirilgan Stokgolm deklaratsiyasi (1972 yil) katta ahamiyatga ega. BMT Bosh Assambleyasi 1980 yil sentyabr oyida qabul qilgan «Barcha davlatlarning hozirgi va kelajak avlod uchun er kurrasini (zaminni) saqlash uchun tarixiy javobgarligi» to‘g‘risidagi rezolyusiyasi muhimdir. Mazkur rezolyusiya dunyo xalqlari va barcha davlatlarning harbiy qurollanishini qisqartirishga va tabiatni muhofaza qilishga oid aniq tadbirlarni belgilaydi. BMT Bosh Assambleyasi 1982 yilda tasdiqlagan «Butunjahon tabiatni muhofaza qilish xartiyasi». Ushbu hujjat 1982 yil 28 oktyabrda BMT Bosh Assambleyasi 37-sessiyasining rezolyusiyasi bilan tasdiqlangan. Xartiyada tabiatni muhofaza qilishga oid 24 ta asosiy prinsip ko‘rsatib berilgan. Mazkur hujjatda ekologik ta’lim va tarbiya masalasiga alohida e’tibor berilgan. 283 Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling