Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


-§. Jahon ummoni – daryo, dengiz va suv boyliklarini xalqaro ekologik-huquqiy muhofaza qilish


Download 1.58 Mb.
bet61/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
5-§. Jahon ummoni – daryo, dengiz va suv boyliklarini xalqaro ekologik-huquqiy muhofaza qilish Xalqaro huquqda jahon ummoni – daryo, dengiz, okean va boshqa suv resurslarini xalqaro ekologik muhofaza qilish katta ahamiyatga ega. CHunki inson va boshqa tirik mavjudotning normal yashashi ko‘payishi uchun suv boyliklari ma’lum mutanosiblikda saqlanishi zarur.
Dengiz muhitini himoya qilish bo‘yicha davlatlarning birgalikdagi harakati qoida tariqasida universal (amalda barcha manfaatdor davlatlar ishtiroki bilan) yoki mintaqaviy darajalarda (aniq dengizlar – Boltiq, O‘rta va boshqa dengizlar bo‘yidan davlatlarning ishtiroki bilan) amalga oshirildi.
Bunday xalqaro hamkorlikning rivojlanishi asosan dengizlarning kema qatnovi oqibatida, kemalar va quruqlikdagi manbalardan chiqindilarni chiqarib tashlash tufayli, dengiz tubi imkoniyatlarini tadqiq qilish va foydalanish natijasida ifloslanishining oldini olishni ko‘zda tutadi.
Dengiz muhitini muhofaza qilishga qaratilgan ko‘plab xalqaro hujjatlar orasida Dengizlar neft bilan ifloslanishining oldini olish to‘g‘risidagi 1954 yilgi London konvensiyasi (1962, 1969 va 1971 yillardagi tuzatishlar bilan), Dengizlarning kemalardan ifloslanishining oldini olish bo‘yicha 1973 yilgi xalqaro konvensiya, Dengizlarning chiqitlar va boshqa materiallar bilan ifloslanishining oldini olish bo‘yicha 1972 yilgi konvensiya singari ko‘p tomonlama xalqaro bitimlar markaziy o‘rinni egallaydi. 1954 yilgi London konvensiyasi (1958 yilda kuchga kirgan) davlatlarning zimmasiga dengiz muhiti ifloslanishining oldini olish bo‘yicha muayyan majburiyatlar yuklovchi dastlabki xalqaro bitim bo‘lgan edi. Konvensiya kemalarning neft va neft-suv aralashmasi to‘kishini taqiqlaydi. Dastlab to‘kish uchun taqiqlanmagan maxsus zonalar belgilangandi, lekin keyinchalik (1969 yilgi tuzatishga muvofiq) juda oz darajadagi istisnoni hisobga olmaganda, jahon ummonining butun akvatoriyasida bunday to‘kish taqiqlab qo‘yildi. Konvensiya ishtirokchi davlatlar zimmasiga portlarda kemalar va tankerlardan neft qoldiqlari va aralashmalarini qabul qilib oluvchi qurilmalar qurish majburiyatini yukladi.
Jahon ummoni suvlarini ifloslanishdan saqlash bilan birga dengizning jonli boyliklarini kamayishdan saqlash va ulardan oqilona foydalanish ham g‘oyat muhim vazifa hisoblanadi. London konvensiyasi dengiz baliqchiligini xalqaro284
huquqiy tartibga solishning asosiy g‘oyasini tashkil etadi. Ochiq dengizda baliq ovlash va tirik jonivorlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 1958 yilgi Jeneva konvensiyasi (1966 yilda kuchga kirgan) ochiq dengizda baliq ovlash erkinligi prinsipini e’lon qildi. SHu bilan birga, davlatlarga jonli resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar ko‘rish va bu yo‘nalishdagi jamoaviy tadbirlarda ishtirok etish majburiyatini yukladi.
Xalqaro huquqning umum tan olgan quyidagi qoidalari bunday masalalar bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlarda aniqlashtiriladi va rivojlantiriladi: – davlatlarning jonli dengiz boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda mintaqaviy hamkorlikni tashkil etish (Atlantika ummonining shimoliy-g‘arbiy qismida baliq ovlash to‘g‘risidagi 1949 yilgi konvensiya, Atlantika ummonining shimoliy-sharqiy qismida baliq ovlash to‘g‘risidagi 1959 yilgi konvensiya, Qora dengizda baliq ovlash to‘g‘risidagi 1959 yilgi bitim, Boltiq dengizida baliq ovlash va jonli resurslarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 1973 yilgi konvensiya va boshqalar); – ovni tartibga solish va dengizdagi jonivorlarning ayrim turlarini muhofaza qilish (Boltiq dengizidagi jonivorlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 1962 yilgi bitim, Kit ovlashni tartibga solish bo‘yicha 1946 yilgi xalqaro konvensiya, Antarktida tyulenlarini saqlash bo‘yicha 1972 yilgi konvensiya) va boshqalar.
CHiqitlar va boshqa materiallar bilan dengizlarni ifloslantirishning oldini olishga bag‘ishlangan 1972 yilgi konvensiya (1975 yili kuchga kirgan) xavfli moddalar va materiallarni jahon ummoniga cho‘ktirib yuborishlarning barchasini tartibga soladi. Konvensiyada ko‘zda tutilganidek, eng xavfli moddalar bunday tartibda cho‘ktirib yoki ko‘mib yuborilmaydi. Bunday moddalarni ko‘mib yoki cho‘ktirib yuborish uchun maxsus ruxsatnoma zarur. Unchalik xavfli bo‘lmagan moddalarni ko‘mish yoki cho‘ktirish uchun esa umumiy ruxsat beriladi. Bunday modda va materiallarning ro‘yxati konvensiya ilovalarida ko‘rsatib berilgan. Xususan, ishlanmagan yoki yonilg‘i neft, og‘ir dizel yonilg‘isi va moyi, yuqori radiaktiv chiqitlar, simob va simob birikmalari, mo‘‘tadil plastmassalar, shuningdek, biologik va urushda foydalanish uchun tayyorlagan kimyoviy materiallarni dengiz va ummonga tashlash butunlay taqiqlanadi.
Dengizlarning kemalardan ifloslanishining oldini olishga qaratilgan 1973 yilgi konvensiya dengiz muhitini kemalardan dengizga tashlanuvchi har qanday moddalar: neft, zaharli suyuq moddalar, oqava suvlar va axlat bilan ifloslanishining barcha285
turlariga chek qo‘yish zaruratidan kelib chiqadi. Uning qoidalari amalda barcha turdagi dengiz kemalariga, shu jumladan havo «yostig‘i» bo‘lgan kemalar, suvosti kemalari, doim bir joyda turuvchi va suzib yuruvchi kichik stansiyalarga taalluqli. Faqat harbiy, harbiy yordam kemalari va hukumat savdo kemalari bundan mustasnodir. Konvensiyaga muvofiq, neft va suyuq zaharli moddalar tashish uchun xizmat qiluvchi barcha tanker va boshqa kemalar vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi va tegishli xalqaro guvohnoma olishi kerak bo‘ladi.
Xalqaro tarzdagi choralar davlatlarning mintaqaviy hamkorligi bilan to‘ldirilmas, u yoki bu dengiz mintaqalarining xususiyatlari hisobga olinmas ekan, jahon ummoni muhitini muhofaza qilish etarli darajada bo‘lmaydi. Keyingi yillarda bir qator mintaqaviy xalqaro bitimlar xuddi mana shu maqsadlarni ko‘zlab tuzildi. Bular: Boltiq dengizi mintaqasi muhitini muhofaza qilish bo‘yicha1974 yilgi konvensiya, O‘rta dengizni ifloslanishdan muhofaza qilish to‘g‘risidagi 1976 yilgi konvensiya, SHimoliy dengizni ifloslanishdan saqlashga qaratilgan bir qator bitimlar, dengiz muhitini ifloslanishdan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi 1978 yilgi Quvayt mintaqaviy konvensiyasi shular jumlasidandir.
Hozirgi paytda bir qancha davlatlar hududi orqali o‘tuvchi daryolar va boshqa suv havzalari davlatlar tomonidan asosan sanoat, dehqonchilik ehtiyojlari uchun foydalanilmoqda. SHu bois ham, bunday daryolar suvidan foydalanishga oid barcha masalalar hamma manfaatdor (qirg‘oqbo‘yi) davlatlarning hamkorligini taqozo etadi. Xalqaro shartnoma amaliyoti xuddi mana shu yo‘ldan borayotir. Xalqaro huquqda hozircha bunday daryolardan kema qatnovi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda foydalanishni tartibga soluvchi prinsiplar va normalarni kodifikatsiyalovchi universal xalqaro konvensiya yo‘q. Bunday foydalanishning barcha turlari (yoki ularning ayrimlari)ni tartibga soluvchi normalar qirg‘oqbo‘yi davlatlar tomonidan turli daryo havzalariga xos bo‘lgan omillarni, tabiiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarni hisobga olgan holda tuziladigan maxsus xalqaro bitimlarda ifodalanadi. Bu bitimlarning asosini suvdan teng huquqli va odilona foydalanish prinsipi tashkil etadi hamda o‘zga davlatlarga suvni ifloslantirish yoki boshqa yo‘l bilan ziyon etkazishdan tiyilish majburiyatini yuklaydi.
Xalqaro ekologiya huquqida Orol muammosi alohida o‘rin tutadi. Binobarin, ekologik vaziyatlar, atrof muhit muhofazasi chegara bilmaydi. Ayniqsa, bizning mintaqadagi davlatlar barcha ekologik muam molarni hamkorlikda hal etishlari zarur. CHunki286
ular bir daryodan suv ichadilar, bir havodan nafas oladilar, bir zaminda yashaydilar. SHuning uchun ham atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik respublikamiz tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Xalqaro hamkorlik esa, asosan Orol havzasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash, o‘simlik va hayvonot dunyosi genetik fondini saqlab qolish, er, suv, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish doirasida olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqida: «Orol muammosi Markaziy Osiyo hududi doirasidan chiqib ketdi va jahonshumul ahamiyat kasb etmoqda. Uning salbiy oqibatlari bugungi kunda iqlim sharoiti, biologik muvozanatning o‘zgarishida, aholi salomatligi va bo‘lg‘usi avlod genefondiga ta’sirida ko‘rinishi mumkin»1, – deb juda to‘g‘ri ta’kidlagan edi.
Hozirgi paytda Orol muammosi nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo oldida turgan eng dolzarb ekologik muammodir.
SHuning uchun bu masalani hal qilishda Markaziy Osiyo davlatlari, boshqa xorijiy davlatlar, keng jamoatchilik, turli tashkilotlar birgalikda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. SHu masala yuzasidan 1993 yilda Toshkent va Qizilo‘rda, 1994 yilda Nukus shaharlaridagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida Orol dengizini qutqarish xalqaro fondini hamda Orol dengizi va orolbo‘yi mintaqasi muammolari bo‘yicha davlatlararo Kengash tuzish haqida qaror qabul qilindi. SHuning uchun ham Orol va orolbo‘yi muammolarini hal qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. AQSH, YAponiya, GDR, Fransiya va boshqa rivojlangan davlatlar, Birlashgan Millatlar tashkiloti, Jahon banki va boshqa turli davlat va nodavlat xalqaro tashkilotlar bu asr muammosini ijobiy hal qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, jahon ummoni – daryo, dengiz va suv boyliklarini xalqaro ekologik-huquqiy muhofaza qilish barcha xalq, millat va elat hamda davlatlarning o‘zaro hamqorligini mustahkamlashni taqozo qiladi.
1
Karimov I. A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. T. 9. T., 2001. 110-b. 287

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling