Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


-§. Xalqaro ekologiya huquqi va uning xususiyatlari


Download 1.58 Mb.
bet59/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
1-§. Xalqaro ekologiya huquqi va uning xususiyatlari Hozirgi paytda atrof-tabiiy muhitni xalqaro ekologik muhofaza qilish eng dolzarb muammodir. Atrof-tabiiy muhitni xalqaro ekologik muhofaza qilish xalqaro ekologiya huquqi bilan tartibga solinadi.
Xalqaro ekologiya huquqi – rivojlanib borayotgan xalqaro huquqning institutlaridan biri bo‘lib, keyinchalik huquq tizimining alohida tarmog‘i bo‘lishi mumkin.
Xalqaro ekologiya huquqi hozirgi xalqaro ekologik qonunchilikning rivojlanishi va amalga oshirilishi munosabati bilan rivojlanib bormoqda. Xalqaro ekologiya huquqi xalqaro miqyosdagi ekologik qonunlarni va barcha xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy normalarni tartibga solib, xalqaro prinsiplarga mos holda tabiatni, atrof muhitni muhofaza qilishga hamda barcha tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishga, dunyo xalqlarga sof, musaffo, boy tabiatni ta’minlashga qaratilgandir.
Xalqaro ekologiya huquqining predmetini xalqaro ekologik munosabatlar, dunyo xalqlari, ya’ni inson va atrof-tabiiy muhit, o‘rtasidagi o‘zaro chambarchas bog‘liqlik tashkil qiladi.
Xalqaro ekologiya huquqining sub’ekti millat va xalqlar, o‘z mustaqilligiga ega bo‘lgan barcha davlatlar, xalqaro tashkilot va birlashmalar, xalqaro ekologik munosabatlarga qatnashuvchi va hal etuvchi barcha yuridik hamda jismoniy shaxslardir.
Xalqaro ekologiya huquqining ob’ekti – dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan, butun xalq, millat va elatning yashashi uchun hayot manbai, ya’ni er, suv, havo (atmosfera) o‘simlik va hayvonot dunyosi, o‘rmon, barcha er osti va usti boyliklari, butun tabiat, ya’ni ona zamin hisoblanadi.
Xalqaro ekologiya huquqining quyidagi xususiyatlari mavjud: birinchidan, xalqaro ekologik-huquqiy munosabatlarni mustahkamlaydi va tartibga soladi; 278
ikkinchidan, mavjud xalqaro ekologik holat, ekologik xavfsizlik va muammolar xalqaro prinsiplar asosida ko‘rib chiqiladi va hal etilishi ta’minlanadi; uchinchidan, qabul qilingan barcha xalqaro ekologik-huquqiy normativ hujjatlar, bitta davlat emas, balki bir necha davlat va xalqlar manfaatidan kelib chiqadi; to‘rtinchidan, xalqaro miqyosda tuzilgan barcha ekologik-huquqiy normalar xalqaro prinsiplarga asosan amalga oshirilishi davlatlar tomonidan ta’minlanadi va hokazo. 2-§. Atrof-tabiiy muhitni xalqaro ekologik-huquqiy muhofaza qilish prinsiplari Ekologiya huquqida, atrof-tabiiy muhitni xalqaro ekologik muhofaza qilishning prinsiplari xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan kelib chiqadi va xalqaro ekologiya huquqiga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur prinsiplarni qo‘llashdan asosiy maqsad, tabiiy muhitni va uning manbalarini saqlash hamda ulardan oqilona foydalanishdir.
Atrof-tabiiy muhitni xalqaro ekologik-huquqiy muhofaza qilish prinsiplari, asosan BMT va uning atrof-muhit bo‘yicha o‘tkazilgan Stokgolm konferensiyasi (1972), Evropada xavfsizlikni ta’minlashning yakuniy hujjati (Xelsinki, 1975) va Umumjahon tabiat xartiyasi hamda Rio-de-Janeyro konferensiyasi (1992) qarorlarida aniq ko‘rsatib berildi.
Endi ushbu prinsiplarga qisqacha to‘xtalamiz. 1. Tabiatni muhofaza qilish va uning mutanosibligini saqlash prinsipi. Bunga asosan, barcha davlatlar tabiat va uning boyliklarini muhofaza qilishlari, hozirgi va kelajak avlod faravonligini ko‘zlab, ekologik tadbirlarni birgalikda amalga oshirishlari lozim. Zero, tabiatni muhofaza qilish ishida barcha davlatlar bir-birlari bilan hamkorlik qilishlari zarur.
Bunday ekologik hamkorlik teng huquqli va o‘zaro manfaat asosidagi shartnomalarga muvofiq amalga oshirilishi shart. 2. O‘z hududida tabiat boyliklariga nisbatan suverenitetlik prinsipi. Ushbu prinsip dastlab BMT Bosh Assambleyasining 1962 yil 14 dekabrda qabul qilgan «Tabiiy boylik manbalari ustidan ajralmas suverenitet» qarorida o‘z ifodasini topgan. U har bir davlat tabiiy boyliklarini o‘z siyosatiga muvofiq erkin tasarruf etish bo‘yicha suveren huquqqa ega ekanligini bildiradi, boshqa davlatlarga esa bu huquqni hurmat qilish majburiyatini yuklaydi. 279
3. Inson ekologik huquqining afzalligi. Bu prinsipga asosan, insonning yashashi uchun qulay ekologik sharoit bo‘lishini ta’minlash, har qanday jarayonda ham insonning ekologik qulay sharoitda yashash omili birinchi o‘rinda turishi lozim. 4. Hamma sohada ekologik nazoratni tashkil etish va amalga oshirish. Amalga oshirilayotgan barcha nazorat ishlari xalqaro huquq qoidalariga mos bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun talabalari asosida o‘tkazilishi lozim. 5. Xalqaro miqyosda ekologik axborotning erkin almashuvi prinsipi. Mazkur holat bo‘yicha, davlat atrof-tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati tabiiy muhitda sodir bo‘layotgan fizikaviy, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq, er usti va er osti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’siri oqibatlarini kuzatib borish, manfaatdor tashkilotlar va aholini atrof-tabiiy muhitda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida joriy va shoshilinch axborot hamda bu muhit holatiga doir taxminlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. 6. Favqulodda ekologik vaziyat holatida davlatlarning bir-birlariga o‘zaro yordam ko‘rsatishi. Davlatlarning o‘zaro kelishuvlari asosida favqulodda ekologik vaziyat va ofat mintaqalarida shu vaziyatni keltirib chiqargan ishlar to‘xtatib qo‘yiladi, atrof-tabiiy muhitga zararli ta’sir etuvchi faoliyat (aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat bundan mustasno) taqiqlanadi, tabiiy muhitni tiklash va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi. 7. Xalqaro ekologik huquqiy kelishmovchiliklar va nizolarni tinch yo‘llar bilan hal etish. Xalqaro miqyosda kelib chiqadigan ekologik-huquqiy nizolar davlatlarning o‘zaro kelishuviga asosan tuzilgan bitim yoki shartnoma asosida tinch yo‘l bilan hal etiladi.
Hozirgi davrda, mazkur prinsiplardan tashqari quyidagi yana bir qator prinsiplar shakllanmoqda: – boshqa davlatlarning ekologik masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlariga aralashmaslik; – ekologik muammolarni hal etishdagi hamkorlik; – tinchlik va ekologik xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; – ekologik muammolarni hal qilishni ko‘p tomonlama kelishuv asosida rivojlantirish; – ekologik baho berish va boshqalar. 3-§. Atrof-tabiiy muhitni xalqaro ekologik-huquqiy280

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling