Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqining ob’ekti va sub’ekti


Download 1.58 Mb.
bet2/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
2-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqining ob’ekti va sub’ekti
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida: «Er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir», – deb ko‘rsatilishi tabiiy resurslarning davlat va xalq mulki ekanligini bildiradi. Masalan, erga nisbatan davlat mulki deganda, er ustidan va barcha er fondi toifalaridan hukmronlikni, ya’ni uni tasarruf qilish huquqini faqat davlat amalga oshirishini tushunish kerak.
Davlat er egasi sifatida tug‘iladigan hamma masalalarni hal eta oladi, ya’ni uni foydalanish uchun beradi, qaytarib oladi, erdan foydalanish maqsadlarini belgilaydi, er tuzish ishlarini amalga oshiradi va hokazo.
Er – umummilliy boylik deganda esa undan shu hududda yashaydigan xalq manfaatini ko‘zlab foydalanish tushuniladi.
Xalq bevosita erning egasi hisoblanmaydi, ya’ni er xalqning mulki hisoblanmaydi. U bu huquqni ma’lum davlat organlari orqali amalga oshiradi. Erga nisbatan mulk huquqini xalq o‘zicha amalga oshira olmaydi. SHuning uchun ham, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining sub’ekti – asosan davlatdir. Demak, davlat qonun asosida tabiat resurslaridan foydalanish (va uni bekor qilish) huquqiga ega bo‘ladi hamda qonun asosida uni boshqa foydalanuvchilarga beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 17-moddasiga asosan, yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga bo‘lgan huquqlari belgilanib, «yuridik shaxslar ushbu kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida er uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin.
Jismoniy shaxslar ushbu kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida er uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin».
O‘zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 18-moddasida «mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar29
suvdan foydalanuvchilar bo‘lishlari mumkin. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar va shaxslar ham suvdan foydalanuvchi bo‘lishlari mumkin»ligi ko‘rsatilgan.
Demak, O‘zbekiston Respublikasida tabiiy resurslardan umumiy va maxsus yo‘sinda foydalaniladi. Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish fuqarolar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun tekinga tabiiy resurslarni ayrim foydalanuvchilarga biriktirmay va hech qanday ruxsatnomalar bermay turib amalga oshiriladi. Tabiatdan maxsus yo‘sinda foydalanish tariqasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va o‘zga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib maxsus ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga beriladi (O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni, 6-modda).
Tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilikning ob’ekti tabiiy resurslar, ya’ni er, suv, o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosi, er osti boyliklari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 8-moddasida ko‘rsatilgan barcha er fondi toifalari, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan yagona davlat suv fondi, «O‘rmon to‘g‘risidagi qonun»ning 5-moddasida ko‘rsatilgan davlat o‘rmon fondi, «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasida ko‘rsatilgan o‘simlik dunyosi ob’ektlari, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan hayvonot dunyosi ob’ektlari, «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan er osti boyliklari davlat fondi va boshqalar tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilikning ob’ekti hisoblanadi.
Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 168-moddasiga asosan, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining sub’ektlari bo‘ladi. Mulk huquqining ob’ekti masalasi ham O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida aniq ko‘rsatilgan. «Er, er osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xomashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek intellektual mulk ob’ektlari mulk bo‘lishi mumkin» (Fuqarolik kodeksi, 169-modda). 30

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling