Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqining mazmuni va mohiyati
Download 1.58 Mb.
|
3-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqining mazmuni va mohiyati
Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqining mazmuni asosan uchta elementdan: tabiat resurslariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish huquqidan iborat. Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-moddasida mustahkamlangan. Unga asosan, «mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat. Mulk huquqi muddatsizdir». Masalan, O‘zbekiston Respublikasining «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, o‘rmondan foydalanuvchilar o‘rmonni tasarruf qilish huquqiga ega emas. Zero, bu huquq faqat o‘rmonning egasi bo‘lgan davlatda saqlanib qoladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘rmondan foydalanuvchi sub’ektlar o‘rmonning mulk huquqi asosidagi egasi hisoblanmaydilar va uni tasarruf qilish huquqiga ega emaslar. Ushbu holatdan xulosa qilib aytish mumkinki, «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasiga asosan, o‘rmondan foydalanuvchi sub’ektlar faqat o‘rmonga egalik qilish va undan foydalanish huquqiga egadirlar. Tabiat resurslaridan foydalanuvchi sub’ektlarning tabiat resurslaridan foydalanishga oid munosabatlarida tabiiy resurslarga egalik huquqi katta ahamiyatga ega. Bu huquq orqali tabiiy resurslardan foydalanuvchi sub’ektlar o‘zlarini tabiiy resursning «xo‘jayini» sifatida his etadilar. Mazkur huquq tufayli tabiiy resurslardan foydalanuvchilar qonunda belgilangan tartibda undan mustaqil tarzda foydalanishlari mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 17-moddasida yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga bo‘lgan huquqlari aniq ko‘rsatilgan. Ushbu qonunning 20-moddasida «Er uchastkalariga doimiy va muddatli (vaqtincha) egalik qilish hamda ulardan doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi» ham aniq o‘z aksini topgan. Tabiiy resurslardan foydalanish huquqining mazmuni haqida fikr yuritilganda, mazkur huquqning cheklanishi, tugatilishi masalalari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ana shunday holatlar «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasida, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 34-moddasida, «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunning 40-moddasida, Er kodeksining 42-moddalarida qonuniy ifodasini topgan. 31 Tabiiy resurslardan foydalanish huquqi mazmunining o‘zgarishi foydalanishda bo‘lgan tabiat ob’ektlarining bir toifadan ikkinchi toifaga o‘tishi, ayrim maydonlardan foydalanish rejimining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Zotan, tabiiy resurslardan foydalanish huquqi to‘g‘risida gap borganda, bu huquqni bekor qilish yoki to‘xtatib qo‘yish masalasi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, suvdan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 37-moddasida, er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish tartibi Er kodeksining 36-moddasida va boshqa qonunlarda o‘z aksini topgan. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqining mazmuni tabiat ob’ektlaridan foydalanuvchi sub’ektlarning huquq va majburiyatlari bilan ham chambarchas bog‘liq. Ularning o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi anglab etishlari hamda ularga rioya qilishlari tabiat resurslaridan oqilona foydalanilishi, ularning muhofaza etilishi, ekologik qonunchilik talablarining bajarilishi, belgilangan talablarning buzilmasligiga xizmat qiladi. Amaldagi bir qator qonunlarda, jumladan: Er kodeksining 39–42-moddalarida – er egasi, erdan foydalanuvchi, ijarachi va er uchastkasi egasining huquq va majburiyatlari, «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasida – o‘rmondan doimiy foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, 22-moddasida – o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari aniq ko‘rsatilgan. Xullas, yuqoridagi barcha holatlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish uchun asosiy huquqiy manba bo‘ladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling