Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilishning shakl va usullari
Download 1.58 Mb.
|
5-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilishning shakl va usullari Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilish har bir ob’ektdan oqilona foydalanishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida «fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar», deb ko‘rsatilishi tabiat resurslaridan foydalanuvchilarni mazkur ob’ektlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilib, ko‘z qorachig‘idek asrashga undaydi. SHuning uchun ham, tabiat resurslariga nisbatan davlat mulkchiligini muhofaza qilish tabiat resurslaridan foydalanuvchi sub’ektlarning mulk huquqini muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lib, korxona, muassasa, tashkilotlarning ushbu holat yuzasidan huquq va majburiyatlarini amalga oshirish, bu borada davlat nazoratini olib borish, hamda nojo‘ya xatti-harakatlar, ya’ni ekologik huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun yuridik javobgarlik belgilash bilan bevosita bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida ko‘rsatilganidek, mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan34 foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Mazkur g‘oya tabiat resurslaridan foydalanuvchilarga nisbatan bir qator mas’uliyatli vazifalar yuklaydi. Masalan, ekologik va agrar qonunlarning mohiyatini tushuntirish, zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalanib tabiatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash, ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyani, ekologik-huquqiy ma’naviyat va madaniyatni oshirish, tabiat ob’ektlaridan foydalanishni nazorat qilish va boshqalar. Ushbu talablarni amalga oshirishda asosan jamoatchilik va mahalla qo‘mitalarining faol ishtiroki katta ahamiyatga ega. SHunday ekan, tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilish asosan sud tartibida va ma’muriy tartibda olib boriladi. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqini sud tartibida himoya qilish er, suv, er osti boyliklari, havo, o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosiga nisbatan egalik huquqi, mulk huquqi, bitim va shartnomalarning qonuniyligi oqibatida etkazilgan moddiy va ma’naviy zarar, tabiat ob’ektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish huquqlarini buzganlik uchun etkazilgan zarar yoki sodir etilgan ekologik jinoyatlarni ko‘rib chiqishda namoyon bo‘ladi. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilish ma’muriy tartibda ham olib borilishi mumkin. Bunda sodir etilgan ekologik huquqbuzarliklar uchun ma’muriy organlar tomonidan ma’muriy jazolar qo‘llanilishi, mansabdor shaxslarning chiqargan tegishli xujjatlari yuqori organ tomonidan bekor qilinishi mumkin. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilish metodi, ma’lum huquq tarmog‘i talabi asosida olib boriladi. Umuman olganda, tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqini, davlat mulkchiligini qonun asosida qo‘riqlash asosan intizomiy-huquqiy, ma’muriy-huquqiy, fuqarolik-huquqiy va jinoyat-huquqiy usullar orqali amalga oshiriladi. Har qaysi usul o‘zining alohida xususiyatiga ega bo‘lib, etkazilgan zarar, uning oqibati, qonunga xilofligi hamda da’vo arizasida ko‘rsatilgan holatlarning qay darajada sodir etilganligi bilan bog‘liq. Xullas, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilish mehnat, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat huquqiy tizimlari bilan bog‘liq bo‘lib, sodir etilgan va etkazilgan zarar uchun jazo choralari yuqoridagi huquq tizimlarida va amaldagi qonunchilikda aniq ko‘rsatilgan. 35 Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling