Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.58 Mb.
bet6/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Tabiatdan foydalanish va tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 2. Tabiat boyliklariga nisbatan mulk huquqining ob’ekti va sub’ektlarini sanab bering. 3. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqining bekor bo‘lish holatlarini tushuntiring. 4. Erga nisbatan mulk huquqi va uni tartibga solish qanday kechadi? 5. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqining huquqiy asoslari qaysi huquqiy hujjatlarda belgilangan? 6. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi buzilishining yuridik oqibatlari nimalarga olib keladi? 36
III BOB
EKOLOGIYA SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA
NAZORATINING EKOLOGIK-HUQUQIY HOLATI
1-§. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi, uning prinsiplari, shakl va funksiyalari
Bozor iqtisodiyoti tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni talab qiladi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi hamda nazoratini tashkil etish, kuchaytirish va olib borish mustaqil davlatimiz ekologik siyosatining asosini tashkil etadi. «Ekologiya huquqi» fanida ekologiya sohasida davlat boshqaruvi alohida institut hisoblanadi va u o‘z xususiyatiga ega bo‘lgan bir qator prinsiplari, shakllari va funksiyalari bilan farqlanib turadi.
YUridik adabiyot tahlili shuni ko‘rsatadiki, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi masalasi alohida ish ob’ekti1 sifatida keng o‘rganilgan va yangi qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunda ham o‘z aksini topgan.
Mustaqillik davrida chop etilgan bir qator ilmiy ishlar, maqolalar va darsliklar ekologiya sohasida davlat boshqaruvi muammosini o‘zida mujassamlashtirdi2. Mazkur ishlar ekologiya sohasida mavjud xususiyatlarni o‘zida namoyon etgan, chunki sobiq Ittifoq davrida ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ushbu sohaga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatgan edi. Endilikda ma’muriy-buyruqbozlik mazkur sohada yo‘qotildi. Hozirgi sharoitda mulk
1
Qarang: SHemshuchenko YU. S. Gosudarstvennoe upravlenie oxranoy okrujayuщey sredы v SSSR: Avtoref. dis. ... d-ra yurid. nauk. Kiev, 1978; Jo‘raev YU. A. Pravo i upravlenie v oblasti ispolzovaniya i oxranы prirodnoy sredы Respubliki Uzbekistan: Avtoref. dis. ... d-ra yurid. nauk. M., 1996.
2
Qarang: Baydeldinov D. L. Pravovoy mexanizm gosudarstvennogo upravleniya v oblasti ekologii. Almatы, 1998. S. 98; Bogolyubov S. A.
Ekologicheskoe pravo. M., 1999. S. 448; Xolmuminov J. T. Ekologo-pravovыe problemы ispolzovaniya i oxranы oroshaemыx zemel v Respublike O‘zbekistan. T., 1996. S. 37–67; Xolmo‘minov J. T. Ekologiya va qonun. T., 2000. 352-b. 37
shakllarining ko‘pligi inobatga olinib, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi amalga oshirilmoqda.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi – davlatning ijroiya-taqsimlash va ijroiya-boshqaruv faoliyati bo‘lib, tabiat va inson o‘rtasidagi mavjud muvozanatni saqlashga qaratilgan. U tabiat resurslaridan foydalanuvchi sub’ektlar huquq va majburiyatlarini o‘z vaqtida amalga oshirishlari, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi bilan bevosita bog‘liqdir.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining ob’ekti insonning yashash uchun qulay atrof-tabiiy muhitga ega bo‘lish borasidagi faoliyati va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishdir.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvidan maqsad tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza etish bilan bog‘liq tadbirlarning bajarilishini ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi va ekologik qonunlarga qat’iy rioya etish, inson hayoti uchun qulay ekologik muhit yaratish, mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish hamda barcha tabiat boyliklarini kelajak avlod uchun hamda mustaqil davlatmiz ravnaqi uchun ko‘z qorachig‘idek saqlashdan iborat bo‘lishi kerak.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini ta’minlash bir qator prinsiplarga amal qilishni taqozo etadi. Bular: – inson hayoti va sog‘lig‘ini ta’minlash maqsadida tabiat ob’ektlarini saqlash va tiklab borish; – tabiat resurslariga nisbatan davlat mulkchiligi; – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida ekologik muammolarni hal qilishga davlatning alohida e’tibor berishi; – ekologiya sohasida davlat boshqaruvini olib borish, tashkil etish va bajarish jarayonida turli samarali iqtisodiy metodlardan foydalanish lozimligi; – ekologik muammolarni hal qilishda keng jamoatchilik, fuqarolar, jamoat tashkilotlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlarini jalb qilish; – demokratik sentralizm va qonuniylik; – kelajak avlod oldida ekologik muammolarni hal etishdagi javobgarlik va boshqalar.
Bulardan tashqari, ushbu soha qonuniylik, rejalashtirish va bo‘ysunish kabi umumiy prinsiplarni ham o‘z ichiga oladi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi uch shaklda amalga oshiriladi: 38
1) huquq ijodkorligi – bunda ekologiya sohasini boshqarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish mumkin bo‘ladi; 2) huquqni tatbiq etish – davlat tomonidan aniq tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilingan normativ hujjatlarni boshqarish jarayonida qo‘llashni ta’minlash; 3) huquqni muhofaza qilish – davlatning ekologiya sohasini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun tegishli javobgarliklar belgilashi orqali amalga oshiriladi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishning alohida metodlari ham mavjud bo‘lib, bunda ko‘p mulkchilik va sub’ektlarning ushbu sohadagi xususiyatlari inobatga olinadi.
Masalan, ko‘rsatmaning majburiyligi, chiqarilgan buyruqlarning davlat organlari tomonidan bajarilishi, davlat tomonidan ruxsat berilishi (ekologik ekspertiza uchun) va boshqalar.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish jarayoni davlat boshqaruvini mustahkamlovchi bir qator funksiyalarga tayanadi. 1) atrof-tabiiy muhit sifatining normativlari va standartlari; 2) ekologik monitoringning mavjudligi; 3) tabiat resurslariga nisbatan ekologik kadastrning yuritilishi; 4) ekologik ekspertizaning o‘tkazilishi; 5) ekologik nazoratni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish; 6) ekologik to‘lov va soliqlarni undirish; 7) ekologiya sohasidagi qonunlarni buzganlik uchun aniq javobgarliklar mavjudligi.
Mazkur funksiyalar keyingi paragraf va boblarda aniq va kengroq tahlil qilinadi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling