Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet8/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Maxsus tizimga kiruvchi davlat organlari ekologiya sohasidagi tegishli vakolatlariga qarab kompleks, tarmoqlararo va funksional guruhlarga bo‘linadi. 1. Kompleks guruhlarga kiruvchi davlat organlari quyidagilar. a) Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; b) Sog‘liqni saqlash vazirligi; v) Davlat sanitariya nazorati; g) Boshgidromet boshqarmasi; d) Favqulodda vaziyatlar vazirligi; e) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. 2. Tarmoqlararo guruhga quyidagilar kiradi: a) Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi; b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi; v) Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi; g) Ichki ishlar vazirligi; d) Er resurslari davlat qo‘mitasi; 3. Funksional guruhga quyidagilar kiradi: a) Ichki ishlar vazirligi; b) Davlat bojxona qo‘mitasi; v) Davlat soliq qo‘mitasi; g) Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi; d) O‘zdavstandartmetrologiya va sertifikatlashtirish agentligi; 42
e) Davlat veterinariya nazorati; j) Qurilish vazirligi va boshqalar.
YUqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan barcha vazirlik va qo‘mitalar ekologiya sohasida boshqaruv va nazorat ishlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis qarorlarini bajaradilar, shuningdek o‘z nizomlari va boshqa normativ hujjatlarga asosan ish olib boradilar.
3-§. Tabiat boyliklaridan foydalanishni boshqarish va nazorat qilishda davlat kadastri yuritishning huquqiy asoslari va ahamiyati
Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, boshqarish, nazorat qilishda davlat kadastrining ahamiyati kattadir. «Kadastr» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «cadastrum» – tartibga solingan ma’lumotlar yig‘indisi, degan ma’noni anglatadi.
Kadastr – ob’ekt va hodisalarni son, sifat va iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ro‘yxatga olish vazifasini bajaruvchi, tartibga solingan ma’lumotlar yig‘indisi. Unda ob’ekt va hodisalarning tabiiy geografik tavsifi, tasnifi, o‘zgarishi va rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar, o‘rganilganlik darajasi, ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy bahosi va huquqiy tartibi hamda kartografik va statistik ma’lumotlar ilova qilinadi.
Ob’ektlardan foydalanuvchilar, ularni ifloslantiruvchilar ro‘yxati va ob’ektlardan foydalanishning huquqiy tartibi, ularni muhofaza qilish choralari va boshqa ma’lumotlar beriladi.
Amaldagi qonunlarga asosan, tabiiy resurslar kadastri bir necha turlarga bo‘linadi: 1) davlat er kadastri (Er kodeksining 15-moddasi); 2) davlat suv kadastri («Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 109-moddasi); 3) davlat o‘rmon kadastri («O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasi); 4) foydali qazilma konlari, nishonalari va texnogen hosilalar davlat kadastri («Er osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun»ning 42-moddasi); 5) atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish («Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 26-moddasi); 43
6) alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastri («Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasi); 7) o‘simlik dunyosi ob’ektlarini davlat tomonidan hisobga olish va davlat kadastri («O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi» qonunning 26-moddasi); 8) hayvonlarni davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish, hayvonot dunyosi davlat kadastri («Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasi) va boshqalardan iborat.
Barcha turdagi tabiiy resurslar kadastri bir qator prinsiplarga tayanadi, jumladan: 1) davlat boshqaruvi organlari va ularning vakolati ko‘rsatilgan huquqiy normalar hamda boshqa qonunlarga amal qilish; 2) kadastr yuritish (olib borish) tadbirlariga va ularni o‘tkazishda iqtisodiy tejamkorlikka rioya etish; 3) davlat kadastrini olib borishda davlat nazoratini o‘rnatish; 4) kadastr ma’lumotlarini to‘g‘ri yuritmaganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi va boshqalar.
Biz yuqorida nomi zikr etilgan kadastr turlaridan biri bo‘lgan er kadastriga kengroq to‘xtalamiz va uning huquqiy manbai haqida fikr yuritamiz. Ana shunday qonunlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XII sessiyasida (1998 yil 28 avgust) qabul qilingan «Er kadastri to‘g‘risida»gi qonundir1.
Demak, «Er kadastri to‘g‘risida»gi qonunning mohiyatini bilishimiz uchun uning tarixiy va huquqiy ma’nolariga e’tibor berishimiz lozim. «Kadastr» lotincha «cadastrum» so‘zidan olingan bo‘lib – reestr degan ma’noni anglatgan. Davlat kadastr er solig‘i manbaiga doir kitob (reestr) sifatida tushunilgan, keyinchalik esa u davlatning hisobga olish-baholash tadbirlari tuzilishini ifodalaydigan bo‘ldi.
YAna bir fransuzcha ma’nosi – «Cadastre» – «erdan foydalanganlik uchun soliq to‘lash» yoki er to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarning hujjatlarda ifodalangan majmuasi, umuman esa «soliqqa tortilayotgan ashyolar ro‘yxati»ni anglatgan.
1
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi. 1998 № 5–6. 82-m. 44
Har bir mamlakatda kadastr o‘z sharoitlari va an’analariga muvofiq rivojilanadi. SHuning uchun ham jahonda aynan bir xil kadastr tizimini topish qiyin. SHunisi qizikki, mamlakatimiz hududida o‘tgan asrlarda shariatda qabul qilingan «Temir daftar» baayni kadastr tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi kunda er kadastri – erlarning tabiiy ahvoli, xo‘jalik va huquqiy holati to‘g‘risidagi muttasil yangilanib turuvchi ishonchli ma’lumotlar tizimi hisoblanadi. Er kadastrining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: er uchastkalariga oid huquqlarni ro‘yxatga olish, erlarning miqdori va sifatini hisobga olish, erlarni baholash. «Er kadastri to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishidan asosiy maqsad, davlat er kadastrini yuritish, iqtisodiyotni rivojlantirish, er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlarini ta’minlash, erlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilab berishdan iborat. 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 15-moddasida «Davlat kadastri» masalasiga e’tibor berilgan bo‘lsa, qonunning 3-moddasida «Davlat er kadastri» masalasi aniq va batafsil yoritilgan.
Davlat er kadastri, Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanib, u erlarning tabiiy, xo‘jalik, xuquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, er uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, er egalari, erdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iborat.
Davlat er kadastri er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, erlar miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, erlarning qiymat bahosini, shuningdek er kadastriga doir axborot bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini o‘z ichiga oladi.
YAqin kunlargacha aholi punktlarining er kadastri amalda yo‘q edi. 1995 yilda boshlangan ro‘yxatga olish (inventarizatsiya) natijasida shahar erlari kadastriga asos solindi. Hozirgi kunda «O‘zgeodezkadastr»ning 200 dan ortiq kadastr xizmatlari aholi punktlari er kadastrini yaratishga kirishgan.
SHunday ekan, mehnat qiladigan dehqon uchun erning holati, ya’ni tuproqning sifati, erning tekisligi, chegaralari va er uchastkasining huquqiy tartiboti, bahosini bilish juda zarur.
Er uchastkasiga doir shu va boshqa ma’lumotlar er kadastrining asosiy mazmunini tashkil etadi. 45
Bundan tashqari, er uchastkasining har qanday egasi, undan foydalanuvchi yoki uning mulkdori sanalmish dehqon er kadastri: – er egasining er uchastkasiga oid huquqlarini, jumladan erdan foydalanish, er uchastkasining chegaralarini o‘rnatish va ularga rioya etilishini muhofaza qilishini; – er uchastkasi to‘liq yoki qisman olib qo‘yilgan hollarda ziyonlarning qoplanishini ta’minlashini; – erga oid da’volarning odilona hal qilinishi va boshqa huquqiy normalarning bajarilishini ta’minlashini bilmog‘i darkor.
Kadastr ma’lumotlari dehqonga ekin maydonlarining o‘lchamlari va tuzilishini, moddiy xarajatlarni, mahsulot ishlab chiqarish hajmini, uning tannarxini, daromadni, agrotexnika talablarini, o‘g‘itlardan foydalanish tartibini, almashlab ekishni rejalashtirishda yordam beradi. Tuproq bonitetini aniqlash er uchastkasiga solinadigan soliq miqdorini, shuningdek uning narxini baholashga imkon beradi.
Bu, o‘z navbatida, asosli miqdorda kredit olish imkonini yaratadi.
Erlarning tabiiy holati hududni xaritalashtirish, tuproqqa oid agroximik, geobotanik, meliorativ va boshqa maxsus tekshirishlar va izlanishlar, erlarni tabiiy qishloq xo‘jaligi jihatdan rayonlashtirish, tuproq bonitetini o‘rganish orqali amalga oshiriladi. «Davlat er kadastri to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasida tuproq bonitirovkasi masalasiga alohida e’tibor berilgan.
Tuproq bonitirovkasi – qishloq xo‘jaligi ekinlari agrotexnikasi o‘rtacha darajada bo‘lganida, tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beriladigan qiyosiy baho. Tuproq bonitirovkasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarning keyingi qiymat bahosini chiqarish, mulkiy paylarning miqdorini aniqlash, er tuzishni amalga oshirish va erlardan oqilona, samarali foydalanishni rag‘batlantirish uchun asos hisoblanadi.
Tuproq bonitirovkasi tegishli qishloq xo‘jaligi maydonlari uchun yuz balli shkala bo‘yicha o‘tkaziladi. YAxshi xossalarga ega bo‘lgan, unumdor tuproq yuqori ball bilan baholanadi. Tuproq bonitirovkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Tuproq bonitirovkasiga doir ma’lumotlar er bahosiga oid axborotni tashkil etadi. SHuni ta’kidlash joizki, keyingi yillarda respublikamiz viloyatlarida tuproqning hosildorlik boniteti (balli) 100 dan 54 ballgacha tushib ketdi.
Natijada gektar hisobiga olinadigan hosildorlik kamaydi. 46
Mamlakatdagi butun er fondi maqsad-vazifasi va xalq xo‘jaligining tegishli tarmoqlarida foydalanish alomatiga ko‘ra 8 toifaga bo‘linadi: – qishloq xo‘jalik erlari; – o‘rmon fondi erlari; – suv fondi erlari; – sanoat, transport, aloqa va mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan erlar; – alohida muhofazadagi tabiiy hududlarning erlari; – tarixiy me’morchilik va tabiiy obidalarning erlari; – sayru sayohat va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega erlar; – zaxira erlar. Bu toifadagi erlar ulardan foydalanishni boshqarish uslubiyotining mohiyati, er fondi tuzilmasini normalashtirish, ularni huquqiy tartibga solish, ulardan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik samaradorligi jihatidan o‘zaro farqlanadi.
Sifat ko‘rsatkichlari tuproq tiplari va turlari bilan, uning mexanik va kimyoviy tarkibi, sizot suvining chuqurligi, tuproqdagi gumus tarkibi, tuproqning sho‘rlanganlik darajasi, erlarning butalar bilan qoplanganligi, botqoqlashuvi, toshloqligi, ifloslanishi bilan aniqlanadi va ular bir butun holda erlarning sifatini aks ettiradi.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi erlari tuproq boniteti ballariga ko‘ra baholanadi. Aholi punktlari erlarini baholash uchun shahar qurilishi ahamiyatidan kelib chiqqan bonitet ballari qo‘llanilishi lozim.
Er uchastkasining joylashgan o‘rni uning chegaralari bilan belgilanadi. CHegaralarni belgilash kadastr tasvirining muhim bosqichidir. CHegaralarni belgilashda zarur yuridik talablarga jiddiy rioya qilinmog‘i lozim. Masalan, chegaralar o‘rnining huquqiy hujjatlarga (er ajratish to‘g‘risidagi qarorga) muvofiqligini tekshirish; chegaralarni qo‘shni er uchastkalarining egalari bilan kelishib olish; chegara belgilash aktini rasmiylashtirish va h.k. Faqat hamma yuridik talablar bajarilganidan so‘nggina, chegaraning burilish nuqtalari koordinatalarini aniqlash, er uchastkasini xaritalashtirish va kadastr tasviri (s’yomkasi) natijalari bo‘yicha er kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan er uchastkalari va er turlarining maydonlari aniqlanadi. Er uchastkalarining joylashgan o‘rni va o‘lchamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kadastr kitobiga kiritiladi.
Er uchastkalarining joylashgan o‘rni va o‘lchamlari to‘g‘risidagi yuqorida zikr etilgan ma’lumotlardan tashqari, kadastr hujjatlarida er egasi (erdan foydalanuvchi, 47
mulkdor)ning ismi-sharifi, erning mulk shakli, kadastr raqami, er uchastkasiga oid huquqni ro‘yxatga olish sanasi, egalik huquqiga oid hujjatlarning berilish sanasi, er uchastkasidan foydalanish, foydalanishning muddatliligi, erning maqsad-vazifasi, er uchastkasining chegara burilish nuqtalari o‘rni ko‘rsatilgan sxemasi, yondosh er uchastkalarining ta’rifi, servitutlar, er uchastkasidan foydalanishdagi cheklashlar, er uchastkasining holatini tavsiflovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, uning iqtisodiy bahosi ko‘rsatiladi.
Er kadastrini yuritish faqat hozirgi vaqtdagi holatini qayd qilishdangina emas, kadastr ma’lumotlari va axborotlarini uzluksiz yangilab turishdan, boshqacha aytganda, ularni dolzarblashtirishdan ham iboratdir.
Kadastr ma’lumotlari turli xalq xo‘jaligi masalalarini hal qilishda alohida ahamiyatga ega. Xususan, ulardan mamlakat er fondi tuzilmasi va holatini tahlil qilish va baholash, erlardan barcha toifalar va xalq xo‘jaligining tarmoqlari bo‘yicha unumli foydalanishni, shu jumladan, tuproq hosildorligini qayta tiklash va erlarni muhofaza qilishni, er munosabatlarini tartibga solishni, er uchastkalariga oid huquqlarni ro‘yxatga olish va kafolatlashni ta’minlash uchun er solig‘i tizimini, kredit-garov tizimini, er bozorini, er narxini belgilash ishlarini, er tuzishni, erlarni olib qo‘yish hollarida ko‘riladigan ziyonlarni qoplash ishlarini, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining xo‘jalik faoliyatlarini baholashni va boshqalarni rivojlantirishda foydalaniladi.
Er tabiiy resurs hisoblanadi va shuning uchun ham u real narxga ega emas. Lekin er uchastkalari bilan bog‘liq turli ishlarni amalga oshirish (oldi-sotdi, almashuv, garov, soliq solish va boshqalar) ularni baholashni talab qiladi, Er uchastkasini narxlash uning iste’mol xususiyatlarining puldagi ifodasidir. Bozor munosabatlari sharoitida er bahosi, er bozori kon’yunkturasi ta’siri ostida, talab va taklifni, er uchastkasi iste’mol xususiyatlarini nazarda tutgan holdagi mexanizmining faoliyati asosida yuzaga keladi. Er bozori bo‘lmagan hollarda er narxi er uchastkasini o‘zlashtirish (obodonlashtirish)ga sarflangan xarajatlar (qo‘yilgan mablag‘lar)ning yig‘indisi asosida normativ belgilanadi.
Erning normativ bahosini aniqlash er uchastkasining iste’molchilik xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar majmuasini nazarda tutadigan etarli darajadagi zarur ilmiy ta’limotga asoslanmog‘i lozim. Er uchastkalarini ijaraga berishda er uchun to‘lov ijara haqi ko‘rinishida olinadi, uning48
miqdori tomonlarning kelishuviga ko‘ra, ya’ni shartnomada belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 28-moddasiga muvofiq, ijara haqi miqdori er solig‘i stavkasining bir baravaridan kam va uch baravaridan ko‘p bo‘lmasligi kerak, erlardan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda, er solig‘ining bir stavkasi miqdorida o‘rnatilgan.
Er kadastri tarkibiga kirgan ma’lumotlardan erning sifati va bahosiga qarab ijara haqi, er solig‘i va er bilan bog‘liq boshqa to‘lovlarning o‘rtacha miqdorlarini belgilash uchun foydalaniladi.
Barcha toifadagi erlarning qiymat bahosi natura va qiymat ko‘rsatkichlari tizimi yordamida amalga oshiriladi. Erlarning qiymat bahosi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqariladi. Turli maqsadlarga mo‘ljallangan erlardan foydalanish samaradorligi darajasini aniqlash, er uchun to‘lanadigan haq va uning normativ bahosini hisoblab chiqish, erlarni kimoshdi savdosi asosida sotish paytida boshlang‘ich narxini aniqlash, erlarni davlat va jamoa ehtiyojlari uchun olib quyishda yo‘l qo‘yilgan nobudgarchilik va ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun erlarning qiymat bahosi chiqariladi.
Erlarning qiymat bahosiga doir ma’lumotlar er bahosiga oid axborotni tashkil etadi (19-modda).
Kadastr ma’lumotlarining katta hajm va turli xilligi topografik-geodezik va tuproqqa oid katta hajmdagi turli tekshirish va izlanishlar olib borishni taqozo qiladi.
Topografik-geodezik izlanishlar natijasida kadastr rejalari va xaritalari uchun kartografik asos yaratiladi, unga er uchastkalarining chegaralari va boshqa zarur ma’lumotlar kiritiladi. Topografik-geodezik va kartografiya ishlari er kadastrini yuritishni ta’minlash «O‘zgeodezkadastr»ning bo‘linmalari va xizmatlari tomonidan bajariladi.
Keyinchalik tuproq bonitetini aniqlash uchun foydalaniladigan turli sifat tavsiflariga ega bo‘lish tuproq tasvirining vazifasi hisoblanadi. Davlat er qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan institutlari tomonidan aynan shu maqsadlarda agroximik, geobotanik va boshqa tekshirish hamda izlanishlar o‘tkaziladi.
Davlat er kadastrini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyati mahalliy organlari va maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi49
huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi davlat er kadastrini yuritish sohasidagi maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi.
Davlat er kadastrini yuritish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi: – er resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish; – moliyalash va investitsiya sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va masalalarni hal etish; – er resurslarining holati to‘g‘risidagi har yilgi milliy hisobotni tasdiqlash; – er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni va er uchastkalariga oid bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibini belgilash; – topografik-geodezik, kartografiya ishlariga hamda davlat er kadastrini yuritish bilan bog‘liq boshqa ishlarga litsenziya berish tartibini belgilash; – qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Umuman olganda, tuman (shahar) er kadastri daftari erlarni davlat ro‘yxatiga olish, hisobga olish va ularni baholash bo‘yicha asosiy hujjat bo‘lib, er uchastkasining joylashgan o‘rni, qaysi maqsadda foydalanish mo‘ljallanganligi, unga egalik qilish, foydalanish, ijaraga olish huquqlari va er uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, er uchastkasining miqdor va sifati hamda narxi to‘g‘risidagi axborot manbai hisoblanadi. Er kadastri daftarining tuzilishi, mazmuni va uni yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 24 iyulda «O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi1 farmoni e’lon qilindi. Ushbu farmonga ko‘ra, Er resurslari davlat ko‘mitasi zimmasiga O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksi va «Er kadastri to‘g‘risida»gi qonuni talablarini, er va er kadastri bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, er resurslarini boshqarish tizimini hamda kadastr sohasini takomillashtirish, er resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash lozimligi aniq ko‘rsatildi.
Farmonda agrar munosabatlarda kuzatilayotgan izlanishlar o‘z
1
Qarang: Xalq so‘zi. 1998. 24 iyul. 50
aksini topgan bo‘lib, unda er uchastkalariga oid hujjatlarni davlat ro‘yxatiga olish masalalarida er kadastri yuritishni amalga oshiruvchi muassasalarning faoliyati zamon talablariga javob bera oladigan bo‘lishi lozimligi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Er solig‘ini to‘g‘ri hisoblash, erning normativ narxini aniqlash, er bilan bog‘liq moliyaviy faoliyatni va garov munosabatlari bilan bog‘liq yuridik jihatlar qonunda batafsil aks etgan. Bu esa sohadagi ishlarni tartibga solishda katta ahamiyat kasb etadi.
Demak, er kadastri bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni echish hamda «Er kadastri to‘g‘risida»gi qonun talablarini amalga oshirish uchun quyidagilarni ta’minlash maqsadga muvofiqdir: – qabul qilingan agrar va ekologik qonunlar, jumladan Er kodeksi va «Er kadastri to‘g‘risida»gi qonunning mohiyati va mazmunini aholiga kengroq tushuntirish; – er kadastri bilan bog‘liq muammolarning huquqiy tomonlari ilm-fan sohasida kengroq o‘rganilishini yo‘lga qo‘yish; – davlat er kadastri talablarini amalga oshirish uchun maxsus kadrlar, jumladan, ekolog-yuristlar, ekolog-irrigatorlar, ekolog-o‘rmonshunoslar, ekolog-agronomlar tayyorlash; – er kadastrini yuritish texnologiyalari sohasini tubdan qayta qurish; – Er resurslari davlat qo‘mitasi va «O‘zgeodezkadastr» boshqarmasining o‘zaro aloqasini hamda ayrim masalalarda hamfikrlik bilan ish yuritishini ta’minlash lozim.
Xullas, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XII sessiyasida qabul qilingan «Davlat er kadastri to‘g‘risida»gi qonun, Er kodeksi hamda qishloq xo‘jalik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va amalga oshirish maqsadida qabul qilingan «Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlar er-suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning huquqiy asosini yaratdi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling