Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-§. Ekologik ekspertiza va uni huquqiy tartibga solish Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining yana bir funksiyasi ekologik ekspertiza hisoblanadi. Ekologik ekspertizaning maqsadi
Jamoat ekologik nazorati – nodavlat notijorat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, mahalla yig‘inlari, jamg‘armalar)ning atrof-tabiiy muhit holatini hamda ekologik qonunchilikning amaliyotda qo‘llanishini tekshirishi.
Amaldagi ekologik qonunlar talablaridan ma’lumki, ekologik nazoratni olib borishda bir qancha usullardan foydalaniladi: 1) kuzatib borish, ma’lumotlar olish va berish; 2) tekshirish; 53 3) ekologik halokat va xavfning oldini olish; 4) ekologik qonunlar buzilishining oldini olish; 5) tegishli ruxsatnomalar berish, faoliyatni cheklash, to‘xtatish va bekor qilish; 6) tegishli jarimalar solish; 7) sodir etilgan huquqbuzarlik qurollarini musodara qilish. Xullas, ekologiya sohasida davlat nazoratini olib borish barcha tabiat ob’ektlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni hamda ekologik qonun va talablarning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlaydi. 5-§. Ekologik ekspertiza va uni huquqiy tartibga solish Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining yana bir funksiyasi ekologik ekspertiza hisoblanadi. Ekologik ekspertizaning maqsadi – tabiatni muhofaza qilish, odamlar salomatligini saqlash va jamiyatning ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun xo‘jalik yuritishdagi zararli faoliyatlarni oldini olish. Ekologik ekspertizaning asosiy vazifasi – muayyan xo‘jalik ob’ektlarining atrof-tabiiy muhitga va kishilar salomatligiga ta’siri darajasini baholash. O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi1 qonunlari O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik espertizasining huquqiy asosi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi 2000 yil 25 may qonuni 26 moddadan iborat. Mazkur qonunning 1-moddasiga asosan, «ekologik ekspertiza deganda, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi». Ekologik ekspertiza o‘tkazishda aniq maqsad bo‘lishi kerak, amaldagi qonunda ushbu masalaga alohida e’tibor berilgan. Qonunning 3-moddasida ko‘rsatilganidek, ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: – mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishidan oldingi 1 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning axborotnomasi. 2000. № 5–6. 144-m. 54 bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; – rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof-tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash; – atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning etarliligi va asosliligini aniqlash. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddati 30 kundan oshmasligi lozim. Uni o‘tkazish muddati davlat ekologik ekspertizasi ob’ektining murakkabligiga qarab, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi tomonidan ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling