Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.58 Mb.
bet13/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining ahamiyati nimada va uning vazifalari qanday? 2. Davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlarini sanab bering. 3. Ekologik nazorat nima va u qanday tartibda olib boriladi? 4. Ekologik ekspertiza nima va uni o‘tkazishning huquqiy tartibi qanday? 5. Ichki ishlar organlari faoliyatida ekologik muammolarni nazorat qilishning xususiyatlari nimalardan iborat? 61
IV BOB
EKOLOGIK HUQUQBUZARLIK UCHUN JAVOBGARLIK
1-§. Ekologik huquqbuzarlik va uning xususiyatlari Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik huquqiy javobgarlik institutining bir qismi bo‘lib, uning mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini bilib olish katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida va boshqa huquqiy adabiyotlarda1 ushbu masalaga alohida e’tibor berilgan.
Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar yuridik javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi. Ekologiya sohasidagi huquqbuzarlikka nisbatan qo‘llaniladigan yuridik javobgarlikka bir qator xususiyatlar xos. Xususan, uning asosiy maqsadi va mohiyati ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar, ekologik va agrar qonunlarning buzilishiga qarshi kurash hamda ekologik qonunchilik va huquqiy tartibotni ta’minlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 47-moddasiga asosan: – «Tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarini buzishda, shu jumladan korxonalar, inshootlar, transport vositalari va boshqa ob’ektlarni rejalashtirish, qurish, rekonstruksiyalash, ulardan foydalanish yoki ularni tugatish chog‘ida, ekologiya nuqtai nazaridan xavfli mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda hududning belgilab qo‘yilgan ekologiya sig‘imini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda; – tabiiy boyliklardan o‘zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda; – tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun, atrof-tabiiy muhitga zararli moddalar chiqarganlik va oqizganlik, qattiq chiqindilar joylashtirganlik, bu muhitni ifloslantirganlik va
1
Qarang: Bogolyubov S. A. Ekologicheskoe pravo. M., 1999. S. 208–235; Xolmo‘minov J. T. Ekologiya huquqi. CHizmalar albomi. T., 2002. 200-b. 62
unga zararli ta’sir ko‘rsatishning boshqa turlari uchun belgilangan haqni to‘lashdan bosh tortganlikda; – tabiatni muhofaza qilish ob’ektlarini qurish rejalarini, tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda; – atrof-tabiiy muhitni tiklash, unga bo‘ladigan zararli ta’sir oqibatlarini bartaraf etish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini ko‘rmaganlikda; – tabiatni muhofaza qilsh ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan idoralarning ko‘rsatmalarini bajarmaganlikda; – alohida muhofaza qilinadigan hududlar va ob’ektlarning huquqiy tartibotini buzganlikda; – atrof-tabiiy muhitga zararli ta’sirni hisobga olish qoidalarini buzganlikda; – ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini, kimyolashtirish vositalarini, shuningdek radiaktiv va zararli kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish va ko‘mib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda; – atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning ob’ektlarga borishiga, ayrim shaxslar va tabiatni muhofaza qilish jamoat tashkilotlariga esa o‘z huquq va vazifalarini ro‘yobga chiqarishlariga to‘sqinlik qilganlikda; – atrof-tabiiy muhitning holati va uning resurslaridan foydalanish to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘g‘ri axborot berishdan bosh tortganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga binoan intizomiy, ma’muriy, jinoiy va boshqa yo‘sindagi javobgarlikka tortiladilar».
Xullas, ekologiya sohasidagi huquqbuzarlik – aybdorning qonunga xilof xatti-harakati yoki harakatsizligi oqibatida O‘zbekiston Respublikasining ekologik tizimiga yoki ekologiya sohasiga etkazilgan zarar, ekologik sohani mustahkamlash yoki rivojlantirishga tajovuz qilish, ekologik talablarni o‘z vaqtida amalga oshirishga putur etkazish hamda ekologiya sohasidagi qonun va talablarni buzishda namoyon bo‘ladi.
Ta’kidlash o‘rinliki, ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarlik sub’ektning huquqiy normalarga qarshi qilgan xatti-harakati bilan qasddan yoki ehtiyotsizlikdan, tabiat ob’ektlariga – er, suv, er osti boyliklari, atmosfera, o‘rmon, hayvonot va o‘simliklar dunyosiga hamda inson salomatligi va63
yashash muhiti uchun xavfli bo‘lgan harakat yoki harakatsizlik oqibatida namoyon bo‘ladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling